Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.41K subscribers
3.7K photos
1.26K videos
9 files
2.74K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#SAZ_LE_60

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-111-son qaroriga asosan, 2025-yil yakuniga qadar 673 ta elektrobus va 390 ta yangi avtobuslar xarid qilinib jamoat transporti harakatini yangilash belgilangan edi.

🚌 Joriy yilning 19-avgust kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "2-Avtobus saroyi" filialiga yetkazildi. Bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 70 ta olib kelingan bo‘lib, endilikda ularning soni 80 taga yetdi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hashar_elga_yarashar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz bir yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida, "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" degan bosh g'oya asosida, "Toshshahartransxizmat" AJning "Avtobus saroyi" filiallarida obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi to`g`risida xabar bergan edik.

Bugun 20-avgust kuni, "7-Avtobus saroyi" filialida ham katta xashar tashkillashtirilib, filial hududi ko`kalamzorlashtirildi va ta`mirtalab joylar ta`mirlandi, shuningdek, yo'nalishlarda harakatlanadigan avtobuslarning ichki va tashqi qismlarida yuvib tozalash ishlari olib borildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2022-yil 15-avgustdan 21-avgust holatiga

💠Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 15-avgust kunidan boshlab, 130- va 104-sonli avtobus yo`nalishlarining harakatiga o`zgartirish kiritildi.
💠O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida,
* 20-sonli "Ibn Sino 1-mavzesi-Gulobod ko'chasi"
* 52-sonli "Uchuvchilar shaharchasi-Toshkent vokzali"
* 138-sonli "Shifokorlar shaharchasi-Beruniy metrosi"
* 139-sonli "Birlik mavzesi-Chilonzor metrosi" yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
💠 O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz bir yillik bayramiga "Toshshahartransxizmat" AJning "Avtobus saroyi" filiallarida obodonlashtirish kunlari tashkil etildi.
💠 Yo'l qurilish ishlari sababli, 8T, 23, 73, 109, 120, 123,0 188, 42, 5, 32, 47, 81, 103, 126, 56, 84, 11, 100, 18, 44, 68, 89, 115, 28, 29, 35, 64, 65, 46, 53, 91, 17, 43, 196, 27, 146-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati o'zgartirish kiritildi.
💠 "Yandex xarita" mobil ilovasidagi "Transport" sahifasidan foydalanishni va o'z harakatingizni yanada qulaylashtirishni taklif qilamiz.
💠 Poytaxtimizning bir necha ko'chalarida avtotransport vositalarining harakati cheklanganligi munosabati bilan 39 ta avtobus yo'nalishlarning harakati vaqtincha chizma asosida tashkil etildi.
💠"SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi "2-Avtobus saroyi" filialiga yetkazildi.
💠 Mustaqilligining o'ttiz bir yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJning "7-Avtobus saroyi" filiallida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hashar_elga_yarashar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz bir yillik bayrami arafasida "Toshshahartransxizmat" AJning barcha "Avtobus saroyi" filiallari hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Joriy yilning 21-avgust kuni, "18-Avtobus saroyi" filialida ham barcha xodimlar tomonidan hayrli ishga bel bog`lanib, filial hududida katta hashar tashkillashtirildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON! ⚡️⚡️

🔷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-35-son farmoniga binoan, O`zbekiston Respublikasining Mustaqilliginining 31 yillik bayrami munosabati bilan, bayram va dam olish kunlarida jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etilganligini maʼlum qilamiz:

🔸 2022-yil 1-sentyabr, payshanba–O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔸 2022-yil 2-sentyabr, juma – qo`shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔸 2022-yil 3-sentyabr, shanba– odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔸 2022-yil 4-sentyabr, yakshanba –odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#SAZLE60
#49avtobus

🚌Kuni kecha poytaxtimizga olib kelingan 10 dona yangi SAZ LE-60 rusumli avtobuslarning 9 donasi joriy yilning 24-avgust kunidan boshlab, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 49-sonli "TTZ ASHB - Aviasozlar ASHB" avtobus yo‘nalishida harakatlana boshladi. Mazkur yo'nalishning jadvallar soni: Ish kunlariga 9(+2) ta, Shanba kunlariga: 7(+1) ta, Yakshanba kunlariga 6(+1) ta etib belgilanganligini ma’lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
📣DIQQAT E`LON! 📣

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qaroriga asosan jamoat transporti tizimini va yo'nalishlar tarmog'ini maqbullashtirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-avgust kunidan boshlab, 5-sonli "Feruza mavzesi-Gulobod ko'chasi" avtobus yo'nalishining harakati Beruniy ko'chasidan A.Navoiy ko'chasi orqali "Chorsu savdo markazi ASHB"gacha ikki taraflama tashkil etildi hamda yo'nalish nomi 5-sonli "Feruza mavzesi-Chorsu savdo markazi ASHB" avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligini ma'lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

O`zbekiston telekanali, "Yangi O`zbekiston" teleko`rsatuvi | So`nggi yillarda "Toshshahartransxizmat" AJda amalga oshirilgan islohotlar to`g`risida

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#rasmiy_maʼlumot

"SAZ LE-60" rusumli avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 24-avgust kuni soat 16:00 larda, "8-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi Sh.T(1978-yilda tug`ilgan, staji 2008-yildan), "SAZ LE-60" rusumli, davlat raqami 01|982 VJA, saroy raqami 348-bo‘lgan avtobusni 5A-yo`nalishda THAY ko`chasi bo`ylab Bog`ishamol ko`chasi tomonga boshqarib borayotib, oldida yo`lovchi olish uchun keskin to`xtagan "Matiz" rusumli yengil avtomobil bilan to`qnashuv sodir qilgan. Shundan so`ng ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" rusumli yengil avtomobil avtobusning orqa qismiga kelib urilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan va ularga shifoxonada tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

🔹Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
🏢 Ayni vaqtda , “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik
jamiyatining 1-qavat majlislar zalida Toshkent shahar transport boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB YHXB, Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul xodimlari bilan birga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayramiga keng tayyorgarlik ko‘rish, yo‘llarda qatnovni tashkil etish va xavfsizlikni taʼminlash” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

📙Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hashar_elga_yarashar

🇺🇿Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan, yurtimiz bo`ylab umumxalq hashari o`tkazilmoqda.

🌳🌿Joriy yilning 27-avgust kuni, "Toshshahartransxizmat" AJda ham katta hashar tashkillashtirilib, bunda barcha xodimlar faol ishtirok etishdi. Jamiyat binosining ichki va tashqi hududlari tartibga keltirildi, daraxtlar oqlanib, bino atrofida ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site