Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.36K subscribers
3.7K photos
1.25K videos
8 files
2.73K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#Qurbon_Hayiti_2022

🌙Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!

“Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi barchangizni kirib kelgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy hotirjamlik, ishlaringizda omad va zafarlar hamda ikki dunyo baxt-saodatini tilaymiz.

Ushbu qutlug` kunda qilgan barcha hayrli ezgu amallaringizni Yaratganning o‘zi qabul aylasin.

🌙Kunlarning ulug‘i QURBON HAYITI barchangizga muborak bo‘lsin!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QURBON_HAYITI_2022

🌙 Poytaхtimizning 12 ta tumanida joylashgan 110 ta masjidlarga Qurbon Hayiti namozini o‘qish uchun tashrif buyurgan fuqarolarimizga Qurbon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan maxsus avtobuslar 1300 ga yaqin qatnovlarni amalga oshirib, yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlangan bo‘lib, fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun tashkil etilgan edi.

🌙Kunlarning ulug‘i QURBON HAYITI barchangizga muborak bo‘lsin! 🌙

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#СМИ_О_НАС

🚘🚌🚗Пробки, трамваи и новые платные зоны: Как изменится транспортная система Узбекистана?

Подробнее: nova24.uz/133766

Полное видео: youtu.be/8pr1bqtYePs
📣ЭЪЛОН! Йўловчилар диққатига!

📍 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг
2020 йил 16 мартдаги “Тошкент шаҳар йўловчи транспорти тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 157-сонли қарорига асосан автобус ва йўналишли такси йўналишларининг ўзаро ҳаракат йўналишини такрорлашини камайтириш мақсадида, Тошкент шаҳридаги йўналишлар тармоғини мақбуллаштириш ишлари амалга оширилмоқда.

🚌 2022 йилнинг 11 июль санасидан 50-сонли автобус йўналиши ҳаракати Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек тумани ҳудудига Тошкент вилояти Қибрай туманига қўшилган Амир Темур, Бунёдкор, Боғишамол маҳаллари орқали Чингелди маҳалласига қадар ташкил этилмоқда.

📝Тошк
ент шаҳар транспорт бошқармаси матбуот хизмати.
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON !⚡️⚡️

🚌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son va 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, 50-, 109A- va 86-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati va jadvallari soniga quyidagicha o`zgartirish kiritildi:

🔹 "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 50-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - M.Yusuf ko‘chasi" avtobus yo‘nalishining harakati do‘rmon yo‘li ko‘chasidan T.Malik, Binokor, Milliy bog‘ ko‘chalari orqali "Chingeldi mahallasi" bekatigacha tashkil etilib, yo‘nalish 50-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - Chingeldi mahallasi" avtobus yo‘nalishi deb nomlandi va yo‘nalishdagi jadvallar soni haftaning barcha kunlariga 5(+1) ta etib belgilandi.

🔹"8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 109A-sonli "Chuqursoy temir yo‘l stansiyasi - Chorsu metrosi" avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Qorasaroy, A.Qodiriy, Zarqaynar ko‘chalari orqali "Chorsu metrosi" bekatigacha tashkil etilib, qaytish yo‘nalishi o‘zgartirishsiz qoldirildi.

🔹"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 86-sonli "Sergeli mavzesi 12-daha - Chilonzor buyum bozori" avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha, yo‘nalishdagi jadvallar soni shanba va yakshanba kunlariga 4(+2) tadan etib belgilandi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!

📌“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatida har kuni, soat 09:00dan 15:00ga qadar OCHIQ ESHIKLAR KUNI tashkil etilganligini hamda ishga qabul qilish jarayoni shaffof tarzda o‘tishini taʼminlash maqsadida, Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan nomzodlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Suhbatga keling va shu kunning o‘zida ishga ega bo‘ling!🤝

📍Bizning manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur 1-tor ko‘chasi 6-uy

📞Telefonlar: (93) 505-03-23, (71) 233-03-23

📭Elektron pochta: mirkhalilov.mirodil@mail.ru

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
📢HURMATLI BEKTEMIR TUMANI AHOLISI!


❇️“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan tuman aholisi ichida ishsizlarni ishga jalb qilish va avtobus haydovchisi kasbiga ishga qabul qilish maqsadida ertaga soat 10:00 da sayyor qabul oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📌Ushbu sayyor qabulda Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etishadi.

✔️Qabul davomida fuqarolar oʻzlarining taklif hamda murojaatlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Haydovchilik guvohnomasi va Ishlash orzusi bo’lgan fuqarolarni qabulga taklif etamiz.

📌Manzil: “Musaffo” mahallasi 346-maktab binosi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.me/bektemirhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚧Toshkent shahar Farg`ona yo`li ko`chasini Bektemir shossesi bilan bog`lovchi Toshkent halqa avtomobil yo`li ko`chasidan o`tuvchi yo`l o`tkazgich inshootining ikki tarafidan THAYga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo`l o`tkazgichlarini qurish va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, 6- va 7-metro bekatlari oralig`ida metro poezdlari harakati vaqtinchalik to`xtatildi.

🚌Shu munosabat bilan, yo`lovchilarning jamoat transportiga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan "Rohat 5-metro bekati - Qo`yliq 7-metro bekati" metro bekatlari oralig`ida vaqtinchalik avtobus yo`nalishi tashkil etildi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo`nalishidagi harakat jadvallari soni "ISUZU" rusumli avtobuslar asosida haftaning barcha kunlariga 2 ta, yo`nalishning ish tartibi soat 7:00 dan 20:00 ga qadar etib belgilandi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Мактабгача ёшдаги болали йўловчилар, ҳомиладор аёллар, ногиронлиги бўлган шахслар ва кекса фуқаролар учун автобус салонида, унинг йўловчи сиғимига қараб, 6 та олдинги жойлар ажратилади.

➡️ Ушбу жойларни эгаллаган бошқа йўловчилар уларни мазкур шахслар учун бўшатишлари керак.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Ҳурматли тошкентликлар ва пойтахтимиз меҳмонлари!

🚧 Аҳмад Дониш кўчасида (янги Динамо дўкони) янги ер усти пиёдалар ўтиш йўли қурилиши сабабли, 2022 йилнинг 14 июль куни соат 21:00 дан 15 июль соат 07:00 га қадар шу кўчанинг "Султон" ресторанидан автомобил кўпригигача бўлган қисми транспорт воситалари ҳаракати учун ёпилади.

Ҳайдовчилардан айланма йўллардан фойдаланишларини ва ноқулайликлар учун узр сўраймиз.
———

Уважаемые жители Ташкента и гости столицы!

🚧 В связи со строительством нового наземного пешеходного перехода участок улицы Ахмада Дониша (новый магазин «Динамо») от ресторана «Султан» до автомобильного моста будет закрыт с 21:00 часов 14 июля до 07:00 часов 15 июля 2022 года.

Приносим извинения за неудобства и просим водителей использовать объездные пути.

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌Toshkent shahar Ahmad Donish ko‘chasida (yangi Dinamo do‘koni) yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 14-iyun kuni soat 21:00 dan 15-iyul soat 7:00 ga qadar "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 5, 123-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik quyidagicha chizma asosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Bektemir_tumani

🚌"Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarkibi yangi avtobus va elektrobuslar bilan yangilanayotganligi sababli, mazkur avtobuslarni boshqaruvchi haydovchilarga ham talab ortmoqda.

🔹Shu munosabat bilan, Jamiyat mas`ullari tomonidan poytaxtimizning 12 ta tumanlari kesimida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Bunda poytaxt aholisi ichida ishsizlar sonini kamaytirish va avtobus haydovchisi kasbiga ishga qabul qilish ko`zda tutilgan.

📍Joriy yilning 14-iyul kuni, Bektemir tumanida joylashgan 346-sonli maktabda tuman aholisi bilan navbatdagi sayyor qabul o`tkazildi.

🎥Ushbu lavha shu haqda.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
ШАХС ЎЗИГА ВА ЯҚИН ҚАРИНДОШЛАРИГА ҚАРШИ ГУВОҲЛИК БЕРИШГА МАЖБУРМИ?

📌Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартириш ва қўшимчалар тўғрисидаги Конституциявий қонуннинг лойиҳасида шахс ўзига ва ўз яқин қариндошларига қарши гувоҳлик қилишга мажбур эмаслигини кўзда тутувчи норма таклиф этилмоқда.

Мазкур қоида нимани англатади, унинг амал қилиши қандай кафолатлар яратади?

Юридик фанлари доктори, профессор Сурайё Раҳмонова шу ҳақдаги фикрлари билан ўртоқлашади.

Батафсил👉: https://bit.ly/3RgEm9G

@olimlar_minbari
Ташқи сиёсатнинг янги принциплари

🔺Амалдаги Асосий Қонунимизнинг 17-моддасида Ўзбекистоннинг “ташқи сиёсати давлатларнинг суверен тенглиги, куч ишлатмаслик ёки куч билан таҳдид қилмаслик, чегараларнинг дахлсизлиги, низоларни тинч йўл билан ҳал этиш, бошқа давлатларнинг ички ишларига аралашмаслик қоидаларига ва халқаро ҳуқуқнинг умум эътироф этилган бошқа қоидалари ва нормаларига” асосланиши белгиланган.

🌐Лекин халқаро майдондаги жараёнлар, айрим минтақалардаги умумий ҳолат ва давлатлараро муносабатларнинг кескинлашиши ташқи сиёсатда янгича ёндашувларни талаб этмоқда.

Адлия вазирлиги ҳузуридаги Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти ходими.Анвар Эминов умумхалқ муҳокамаси учун эълон қилинган Конституциявий қонун лойиҳасида мазкур модда қандай шаклда ифодалангани ҳақида сўз юритади.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3uvAg3z

@olimlar_minbari
Конституциявий қонун лойиҳаси таълим тизимида қандай  ўзгаришларни назарда тутади?

Конституциявий қонун лойиҳасида илм-фан учун янада кенг имкониятлар эшигини очувчи ҳуқуқларнинг киритилишини кузатиш мумкин.

🔰Киритилаётган ўзгартиришга кўра, «Педагог ходимларнинг касбий фаолиятига аралашишга, шунингдек уларнинг хизмат мажбуриятларини бажаришига монелик қилишга йўл қўйилмайди».

❇️ Педагог ходимларнинг ҳуқуқларини, давлат ҳимоясида эканлиги, фаолиятига аралишишга йўл қўйилмаслигини Конституция даражасида кафолатлашни талаб қилади.

Батафсил 👉
http://bit.ly/3AzLmbI

@olimlar_minbari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haydovchilarni_ishga_qabul_qilish_jarayoni

👨‍✈️🚌"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi avtobuslarni boshqarish ya'ni, haydovchilik kasbiga ishga kirish jarayoni to'g'risida batafsil ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin!

Eslatib o'tamiz haydovchilik kasbida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar quyidagi telefon orqali bog'lanishingizni so'raymiz:
📞
(93) 505-03-23, (71) 233-03-23.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

“Хавфсиз ва равон йўл” умуммиллий дастури тасдиқланди

Президент қарори (ПҚ–316-сон, 12.07.2022 й.) билан 2022–2026 йиллар давомида республика ҳудудида амалга оширилиши мўлжалланган “Хавфсиз ва равон йўл” умуммиллий дастури тасдиқланди.

🔰 Дастур доирасида:

🔸автомобиль йўллари инфратузилмаси комплекс такомиллаштирилади;
🔸автомобиль йўлларида ҳаракатни бошқариш тизими рақамлаштирилади;
🔸жамоат транспорти ривожлантирилади ва рақамлаштирилади.

➡️ Хусусан, Қорақалпоғистондаги шаҳар йўловчи транспортининг 70 та бекатларида йўловчиларга зарур бўлган барча маълумотларни реал вақт режимида электрон тақдим этувчи мониторлар жойлаштирилади.

Тошкент шаҳрида 30 та автоматлаштирилган йўл бўйи пуллик тўхтаб туриш жойлари ташкил этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Toshkent shahar IIBB tavsiya qiladi:
Agar begona shaxs jamoat transportida sizga nisbatan tegajog'lik qilsa nima qilish kerak

🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram 🌐 VK 🌐 OK 🌐 YouTube 🌐 Mover