Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.34K subscribers
3.68K photos
1.25K videos
8 files
2.72K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_gerbining_30_yilligi
#huquqiy_tadbir

🔰 Joriy yilning 1-iyul kuni, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzuida seminar tashkil etildi.

🔰Seminarda Toshkent Davlat Yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mutaxassisi, katta o'qituvchi Anvarova Dildora Anvarovna tomonidan, milliy ramzimiz bo`lgan davlat gerbining ahamiyati va huquqiy asoslari to`g`risida ma`lumotlar berildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#VELOMARAFON

💠 Joriy yilning 4-iyul, haftaning dushanba kuni soat 18:00 da "Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida, "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlarni sportga jalb qilish maqsadida, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yosh xodimlar o`rtasida velomarafon o`tkaziladi.🚴🏻‍♂️

📍Velomarafonda qatnashish yoki kuzatish istagida bo`lganlarni Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 manzilida kutib qolamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#Қарор_ва_ижро

Жамоат транспорти тизими: Одамларнинг мушкулини осон, узоғини яқин қилишга қаратилган саъй-ҳаркатлар


Батафсил 👇

“Янги Ўзбекистон” газетасининг 2022 йил 2 июль № 131 (653) сонида


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тошкент_шаҳри

Тошкент шаҳри жамоат транспорти тармоғини кенгайтириш бўйича амалга оширилаётган лойиҳалар ҳусусида Тошкент шаҳар транспорт бошқармаси бўлим бошлиғи Аҳролхўжа Тошхўжаев билан суҳбат.

©️ “Янги Ўзбекистон” газетаси


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2022-yil 27-iyundan 3-iyul holatiga

💠 Transport sohasi va yo`l xo`jaligi tizimida “Konstitutsion islohotlar” mavzusida videokonferentsaloqa orqali muhokama-munosabat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

💠"Transport siyosati va shahar insfratuzilmasining rivojlanishi: Seul shahri misolida" mavzuida onlayn seminar tashkil etildi.

💠 72-sonli avtobus yo`nalishining o`rta va orqa eshiklari ishlamayotganligi aks etgan fotosuratlar yuzasidan rasmiy ma`lumot.

💠 Xarid qilingan 20 dona zamonaviy "SAZ LE-60" rusumli avtobuslar 85-, 59-, 74-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi.

💠 Xarid qilingan navbatdagi yangi, zamonaviy "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning 10 donasi 22- va 97-sonli avtobus yo‘nalishlariga biriktirildi.

💠 Jamoat transportida yo`lovchilarni tashishda va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashda o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar.

💠 Jamiyat tizimida faoliyat olib boruvchi yosh xodimlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kompyuter savodxonligini yana-da oshirish maqsadida, "Kibersport" sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

💠O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan, Jamiyat xodimlari uchun "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzuida seminar tashkil etildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Бугун сизлар билан республикамиздаги ҳудудий газеталарда чоп этилган мақолалар шарҳи билан танишамиз

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Коррупцияга қарши курашиш ва суд ҳуқуқ масалалари ҳамда Демократик институтлар, нодавлат ташкилотлар ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари қўмиталарининг қўшма мажлиси ўтказилди.

📑 Унда Конституциявий қонун лойиҳасига келиб тушаётган таклифлар муҳокама қилинди.

🎥 Батафсил репортажда...

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#INFOGRAFIKA

Elektron transport kartalari uchun tariflarni joriy yilning 1-iyun sanasidan 30-iyun holatiga sotilishi bo‘yicha
MAʼLUMOTLAR!

🟥N (Nafaqa) - 6 892 ta
🟥NM
(Nafaqa metro) - 1 059 ta

🟨Т
(Talaba) - 11 905 ta
🟨ТМ
(Talaba metro) - 32 113 ta

🟩O'
(O‘quvchi) - 2 318 ta
🟩O'М
(O‘quvchi metro) - 2 991 ta

🟦AV
(Avtobus) - 6 044 ta
🟦AVМ
(Avtobus metro) - 3 483 ta

🧮Jami sotilgan elektron transport kartalar uchun tariflari soni: 66 805

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON ⚡️⚡️

🔷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-35-son farmoniga binoan, 2022-yil 9-iyul kuni Respublikamizda “Qurbon Hayiti” ishlanmaydigan bayram kuni va 11-, 12-iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etilganligini maʼlum qilamiz:

🔸 2022-yil 9-iyul,shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔸 2022-yil 10-iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔸 2022-yil 11-iyul, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔸 2022-yil 12-iyul, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
🔸 2022-yil 16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
📣DIQQAT EʼLON ! 📣

🚌🌙Toshkent shahrida 2022-yil 9-iyul kuni Qurbon Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

🚌 Avtobuslarning ro`yhati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#INFOGRAFIKA

📊Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni
(1-30 iyun holatiga ko‘ra)

📈Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131- sonli yo‘nalish - 256 979
2. 58 - sonli yo‘nalish - 191 113
3. 93 - sonli yo‘nalish - 176 664

📉Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 141- sonli yo‘nalish - 2 460
2. 196- sonli yo‘nalish - 2 978
3. 113 - sonli yo‘nalish - 6 430

🚍Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 096 507
2. Isuzu - 2 404 920
3. Man - 1 774 454
4. Saz LE 60 - 1 224 675
5. Yutong (Elektrobus) - 289 427

🧮131 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 789 983

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Давлатимиз раҳбари аввал айтганидек, жойлардан тушган асосланган таклифлар ва ечимлар бўйича доимий тарзда халқимизнинг фойдасига хизмат қиладиган қарорлар қабул қилиб борилади.

Бугун Президентимизнинг тегишли қарори билан автотранспорт воситаларини бошқаришда ва йўналишсиз такси фаолиятини амалга оширишда қўшимча қулайликлар яратилди:

1. 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб автомобилларни бошқариш ҳуқуқини берувчи ишончномаларни Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали электрон шаклда расмийлаштириш имконияти яратилади. Бунда:

- автомобилни бошқариш ҳуқуқини берувчи электрон шаклдаги ишончнома расмийлаштирилганда, уни нотариал тасдиқлаш талаб этилмайди;

- электрон ишончнома расмийлаштирилганда давлат божи унинг амал қилиш муддатидан келиб чиққан ҳолда - 1 ойгача бўлган муддатга 90 минг сўм, 6 ойгача бўлган муддатга 450 минг сўм, 3 йилгача бўлган муддатга 900 минг сўм миқдорида ундирилади;

- электрон ишончнома давлат йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати ходимлари томонидан фақатгина планшет орқали текширилади.

2. Юридик шахслар ҳайдовчиларининг икки йилда бир марта мажбурий малакасини ошириш талаби бекор қилинади.

3.
Фуқаро томонидан ўзининг автомобилини йўловчи ташиш лицензиясига эга бўлган юридик шахсларга ижарага берилганда нотариал идоралар томонидан тасдиқлаш талаби бекор қилинмоқда. Ижара шартномаси солиқ органларида электрон ҳисобга қўйилади.

4. 2022 йил 1 сентябрдан 2024 йил охирига қадар йўловчиларни енгил автотранспорт воситаларида ташиш фаолияти ўзини ўзи банд қилган шахслар шуғулланиши мумкин бўлган фаолият турлари рўйхатига киритилмоқда. Бунда:

– лицензия варақасини беришда автомобилнинг 10 йиллик эксплуатация даврига қўйилган талаб бекор қилинади;

– мажбурий тиббий ва техник кўрик муддати 1 йилда 1 марта қилиб белгиланади;

– ўзини ўзи банд қилган ташувчилардан, шу жумладан юридик шахслардан лицензия варақаси берилганлиги учун давлат божи миқдори 300 минг сўм этиб белгиланади.

Facebook|Instagram|Twitter
#podkast 👨🏻‍🦽🚌

🕒 Bugun 8-iyul, soat 15:00da Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi hamda "Toshshahartransxizmat" AJ hamkorligida "Nogironligi bo`lgan shaxslarning shahar avtobuslaridan foydalanish imkoniyatlari qanday?" mavzuida ovozli chat tashkil etilmoqda.

🎙Bunda Jamiyatning Yo‘lovchi tashishlarni tashkil etish, yo‘nalish tarmog‘ini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Saida Raximbabayeva mavzu yuzasidan savollaringizga javob beradilar.

Savollaringizni mazkur havoladagi 👉 https://t.me/sharoitplus/1561 izohlarda qoldirishingiz mumkin!

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havolaga kirib voicechat qo‘ng'iroqchani bosib qo‘ying!⬇️
https://t.me/sharoitplus

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Arafa_muborak

Rosululloh ﷺ aytdilar: "Duoning eng yahshisi arafa kunida qilingan duodir. Men va mendan ilgari o‘tgan payg‘ambarlar duoda aytgan eng yaxshi so‘zlari:

"Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shay‘in qodiyr"

Maʼnosi: Allohdan o‘zga (barhaq) iloh yo‘q. U yolg‘iz, sheriksiz. Mulk ham, hamd ham Uniki va U barcha narsaga qodir.

(📔Termiziy rivoyati)

🌙Shunday ulug‘ lahzalarda, “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi Yaratgandan xonadonigizga tinchlik, ofiyat, oilaviy totuvlik hamda barcha duolaringiz ijobatini tilab qoladi.

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin! 😊

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#Qurbon_Hayiti_2022

🌙Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!

“Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi barchangizni kirib kelgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy hotirjamlik, ishlaringizda omad va zafarlar hamda ikki dunyo baxt-saodatini tilaymiz.

Ushbu qutlug` kunda qilgan barcha hayrli ezgu amallaringizni Yaratganning o‘zi qabul aylasin.

🌙Kunlarning ulug‘i QURBON HAYITI barchangizga muborak bo‘lsin!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter