"O'ztemiryo'lmashta'mir" AJ
245 subscribers
2.91K photos
257 videos
79 files
683 links
Этот канал создан для информирования молодых специалистов о проводимых мероприятиях и новостях из жизни завода
Download Telegram
Forwarded from ¤ MuhaMedov ¤
O'zbek xalqining o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsoli bo'lgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

👉Ushbu tarixiy kun munosabati bilan “O'ztemiryo'lmashta'mir” mehnat jamoasi ishtirokida
#Muqaddasdir_vatan_bayrog‘i hamda #Shuxrating_porlasin_toki_bor_jahon
shiori ostida xeshteg o‘tkazildi.

Davlatimiz ramzi bo'lgan bayroq bo'yicha siz bilgan va bilmagan ma'lumotlarni 👉https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_bayrog%CA%BBi - orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining 1-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK mehnat jamoasi hamda soha mutaxassislari ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” , “Ogohlik - davr talabi” mavzularida yig’ilish tashkil etildi. Yig’ilish davomida ishchi-xodimlar, ayniqsa yoshlar o’rtasida buzg’unchi, yot bo’lgan g’oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, oldini olish bo’yicha ma’ruzachilar ma’lumotlar berib o’tdilar.
📣Besh muhim tashabbus olimpiadasi doirasida korxona yoshlari o’rtasida Kibersport💻 musobaqasi tashkil etildi. Qiziqarli va yuqori kayfiyatda o’tgan o’yinlarda korxona miqyosida birinchilikni 🏆🥇Elektr mashina sexi yoshlar jamoasi egalladi, keyingi 🥈-🥉-o’rinlarni esa Elekr apparatlar sexi hamda Zavod boshqarmasi yoshlar jamoalari egalladilar. Ushbu musobaqalarni o’tkazishdan maqsad - korxona yoshlari o’rtasida do’stona munosabatni mustahkamlash🤝, ular o’rtasida zamonaviy komyuter texnologiyalarini targ’ib qilish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishdan iborat