TruDispatch
162 subscribers
67 photos
56 videos
73 links
Tez va sifatli Dispatching hizmati

For Contact: @HR_staff24
Download Telegram
🚛 Muvaffaqiyatli logist bo‘lish uchun 5 ta asosiy ko‘nikma

1️⃣ Tartib-intizom — vaqtni to‘g‘ri boshqarish va ish jarayonlarini nazorat qilish ⏳
2️⃣ Muloqot — mijozlar va haydovchilar bilan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish 🤝
3️⃣ Rejalash — ish va yo‘nalishlarni oldindan puxta tayyorlash 📈
4️⃣ Hisob-kitob — daromad va xarajatlarni to‘g‘ri tahlil qilish 💵
5️⃣ Moslashuvchanlik — kutilmagan vaziyatlarda ham tezda yechim topa olish 🔄

📦 Logistikada muvaffaqiyat — bu faqat tajriba emas, to‘g‘ri ko‘nikmalarni shakllantirishdir!

📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
❤2👍2🔥2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Faqat Ingliz tili emas — boshqa ko’nikmalar ham muhim!

Logistika sohasida til bilish — bu afzallik, lekin yetarli emas.
Professional dispatcher, updater yoki safety bo‘lish uchun quyidagi ko’nikmalar zarur 👇

Communication skills — mijoz va haydovchi bilan aniq muloqot.
Time management — yuk va vaqtni to‘g‘ri boshqarish.
Problem solving — kutilmagan vaziyatlarga tez yechim topish.
Attention to detail — har bir load’ni to‘g‘ri tekshirish.
Analytical skills — yuk olishdan avval, bozorni to’liq tahlil qilish eng muhimi.

Unutmang — your skills = your success in logistics


📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
1👍2❤1🔥1
📊 Accounting — logistikaning yuragi!

Hisobsiz biznesni boshqarib bo‘lmaydi. Moliyani nazorat qilish — foydaning kaliti

💰 Daromadni kuzatish
Har bir yuk ID va haydovchi to‘lovi aniq yoziladi. Shunda qaysi reys foyda keltirayotganini bilasiz.

📉 Xarajatni nazorat qilish
Yoqilg‘i, ta’mir va sug‘urta xarajatlari qayd etiladi. Bu minglab dollar tejash imkonini beradi

📝 Qonuniylik
To‘g‘ri hisob — audit va soliqlarda ishonchli tayyorgarlik.

📈 Kelajakni rejalash
Hisob orqali naqd pul oqimi va investitsiya yo‘nalishlari aniq ko‘rinadi.

👉 Accounting — bu faqat raqamlar emas, balki biznesingiz kelajagi!


📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 TruDispatch va MoveX Logistics jamoalari birgalikda bayramda!

To‘y munosabati bilan bizning jamoa azolari dam olish va bir-birimiz bilan yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida Dachaga yo‘l olishdi. 🌿

Kundalik ish jarayonlaridan biroz chekinib, tabiat bag‘rida o‘tkazilgan bu kun kulgu, samimiylik va iliq suhbatlarga boy bo‘ldi. 💬🔥

Bunday uchrashuvlar nafaqat jamoaviy ruhni mustahkamlaydi, balki har birimizga yangi energiya, motivatsiya va ijobiy kayfiyat beradi. 💪

📸 Quyida o‘sha unutilmas lahzalardan bir necha lavhalar!


📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
🔥13❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Meni logistikada ishlashimni qanday ko‘rishadi?

👨‍👦 Dadam
👬 Do‘stlarim
💼 HR manager
🚛 Team

✨ Aslida esa…

📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
👍5🔥5❤1🕊1
Forwarded from Truvision
Maqsadga erishish uchun xohishning o‘zi yetarli emas

🎙 Hamidjon Odilov bilan bo‘lib o‘tadigan master-klass sizda AQSH logistika bozorida ishlash va buning uchun nimalar kerakligi haqida bilib olasiz.

✅ Bundan tashqari master-klassda siz:
- logistika o‘zi qanday soha?
- bu sohada qancha daromad topish mumkin?
- muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar haqida bilib olasiz.

18 yoshda $1000 topish mumkin emas deb o‘ylaysizmi? Unda ushbu master-klass siz uchun!

📆 23-oktyabr, soat 13:00
📍
Joy: Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti

Joylar soni cheklangan!

🔗 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: TruVision

🎯 Bizni kuzatib boring:
@trudispatch
@truvision_uz

✨ Learn, grow and share.
🔥4🕊2❤1
Oddiy Odamlar va Dispatcherlar Farqlari 🚛

Keling, kundalik hayotimizdagi farqlarni ko'rib chiqamiz!

🍽 Ovqatlanish:
• Oddiy Odamlar: Belgilangan vaqtda, tinch ovqatlanadi.
• Dispatcherlar: Vaqt bo'lsa - stolda, yo'q bo'lsa - telefonda!

🎉 Bayramlar
• Oddiy Odamlar: Oilaviy bayram, dam olish.
• Dispatcherlar: Ish davom etadi - haydovchilar va klientlar kutmaydi!

🌙 Soat 23:50dan keyin:
• Oddiy Odamlar: Uxlash yoki serial ko'rish vaqti.
• Dispatcherlar: Kechgi buyurtmalar, yo'l muammolari - hamma narsa nazoratda!

Siz yana qanday farqlarni bilasiz?
Izohlarda yozib qoldiring! 👇

📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamkasblardan so‘radik:
💵 “Ohirgi oyligingiz qayerga ketdi?”

Kimdir: “Kreditga”,
Kimdir: “Telefonimni yangiladim”,
Kimdir esa shunchaki: “Eslamayman…” 🤦‍♂️

Ohirgisi esa sizni hayratda qoldiradi 😄
Siz nima uchun ishlatdingiz ?


📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
🔥5👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 Logistikada xavfsizlik — barcha narsadan ustun.

Bu oddiy qoida emas, balki har bir haydovchi va yukning ishonchli himoyasidir.
Shu maqsadda Safety Department faoliyat yuritadi.

🚛 Biz nima bilan shug‘ullanamiz?

Haydovchilarning hujjatlari, litsenziya va sug‘urtalari doimiy ravishda tekshiriladi.
Agar yo‘lda kutilmagan holat — avariya yoki tekshiruv yuz bersa,
birinchi bo‘lib yordamga chiqadigan jamoa — bu Safety.

🎯 Bizning vazifamiz: ham kompaniya, ham haydovchi uchun xavfsiz muhit yaratish.

🛡️ Safety —
bu shunchaki bo‘lim emas,
bu — kompaniyaning asosiy tayanchi.
Biz haydovchi va yuk xavfsizligini ta’minlaymiz.

Eng muhim vazifa — yo‘lda tinch yurish va sog‘-salomat uyga qaytish.



📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
🔥6🕊4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚛 Dispatcher — logistikaning yuragi!

Dispatcher — kompaniyaga asosiy daromad olib kiruvchi mutaxassis. U AQSh bozoridagi yuklarni topadi, haydovchilarga taqsimlaydi va ularning xavfsiz yetib borishini nazorat qiladi.

💰 Afzalliklari:
O‘zbekiston sharoitida o‘rtacha $2000–$3000 daromad olishadi. Ofisda ham, uyda o‘tirib ham Amerika kompaniyalari bilan ishlash mumkin.

⚠️ Qiyin tomoni:
Mas’uliyat katta — bir vaqtda 7–8 ta haydovchi bilan ishlash stress keltiradi.

Agar siz ham bizning jamoamizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, kommentda “+” qoldiring!


📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
👍5🔥3
YOQILG‘I BU PUL! 💸

Bir haydovchi aytadi:

“Avvallari har kuni yoqilg‘iga 100 dollardan ketardi. Keyin marshrutni o‘zim tekshiradigan bo‘ldim — tirband joylardan qochdim, yo‘llarni oldindan rejaladim. Endi esa har qatnovda kamida 50 dollar tejayman.”

Bu oddiy tuyuladi, lekin natija katta. 🔥

🛣 Marshrutni rejalashtirish — GPS nima desa, o‘sha yo‘l bilan ketish shart emas. Ba’zan qisqaroq yo‘l degani — ko‘proq turgan mashina, tirband bo’lishi mumkin.

💨 Motorni bekor ishlatmaslik. Har bir soatlik “issiq tursin” degan holat 1 gallon yoqilg‘ini yeydi. Kuniga 3-4 soat tursa — o‘zing hisobla, qancha ketadi.

📱 Yoqilg‘i kartalarini ishlatmaslik. Masalan, Pilot, Flying J yoki TA, love'S — 30–50 sent har gallondan arzonroq.

Yoqilg‘ini tejash — bu faqat texnika emas, bu odatiy tartib. Har bir tejangan litr — bu sening cho‘ntagingda qolgan pul. 💪


📩 Bizni kuzatib boring:

💬 Telegram: @trudispatch
📸 Instagram: @trudispatch_
👍3🔥3❤1