Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
47K photos
6.51K videos
50 files
24.7K links
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs

Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat

Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil

Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz

Ishonch telefon:(71) 200 88 11

Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
Download Telegram
#yashil_makon

Ohangaron tumanida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati  boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari olib borildi. Hududlar chiqindilardan tozalandi.

Atrof-muhitni asrash va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan ushbu ezgu tashabbusda ko‘ngilli yoshlar ham ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

Targ‘ibotchilar "karvon"i hududlarga yo‘l oldi
.

Rejaga muvofiq, ushbu targ‘ibot tadbirlari 17-aprelga qadar davom etib, viloyatdagi 883 ta mahalla, 875 ta maktab, 57 ta texnikum, 14 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 200 ga yaqin yirik korxona va tashkilotlarni qamrab olishi maqsad qilingan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Buxorodagi uchrashuvi ikki xalq o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, azaliy qardoshlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Встреча Президентов Узбекистана и Казахстана в Бухаре стала ярким воплощением крепкой дружбы, многовековых уз братства, укрепляющихся отношений стратегического партнерства и союзничества между нашими народами.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#targ‘ibot

Islohotlar mazmuni — joylarda keng targ‘ib etilmoqda

Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O‘rta Chirchiq tumanida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Targ‘ibotchilar tuman Davlat xizmatlari markazida tashkilot xodimlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdilar. Unda viloyatda, umuman mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona va xalqchil siyosat, aholi bilan ishlashda yangi yondashuvlar va islohotlar mazmuni batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ular asosida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. 


Ayniqsa, yoshlar yetakchilarining faolligi va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Ularning bir guruhi targ‘ibot faoliyatiga faol jalb etilgani tadbirning amaliy natijasi sifatida baholandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Bekobod tajribasi: pilla va tomorqa orqali daromadli xonadonlar

Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Xurshid Qoraboyev Bekobod tumanidagi “Mallaboy” mahallasida pillachilik va tomorqa uyg‘unligi asosida yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bugungi kunda mahallada 200 quti pilla boqilmoqda. Jarayon izchil davom etmoqda va umumiy hisobda 1000 qutigacha yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa hududda pillachilikni tizimli yo‘lga qo‘yish, xonadonlar kesimida barqaror daromad manbaini shakllantirishga xizmat qiladi. Ahamiyatlisi, parvarishning muayyan bosqichidan so‘ng pillalar 5 ta markazlashgan pillaxonaga ko‘chiriladi

Jarayon davomida vazir 60 quti pilla parvarish qilinayotgan xonadonda bo‘lib, ipak qurti parvarishi bo‘yicha yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan ishlar va kutilayotgan natijalar yuzasidan xonadon egalari bilan muloqot qildi. Ushbu faoliyatda mehnat, tajriba va mas’uliyat uyg‘unligi yaqqol ko‘zga tashlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, mazkur xonadonda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish ham namuna sifatida e’tirof etildi. Atigi 2 sotix maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida baqlajon yetishtirilayotgani oilaviy daromadni oshirishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM