Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
47.4K photos
6.54K videos
50 files
24.8K links
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs

Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat

Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil

Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz

Ishonch telefon:(71) 200 88 11

Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
Download Telegram
Nurafshonda yangi “Raqamli innovatsiyalar vodiysi” loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhim muzokaralar o‘tkazildi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashib, 2027–2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik "Digital innovation valley" loyihasini muhokama qildi.

Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent viloyati bo'linmasi boshlig'i X. Yo'ldoshev ham ishtirok etdi.

Loyiha umumiy 35 gektar hududni qamrab olib, unda IT Park, innovatsiyalar markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, zamonaviy laboratoriyalar, konferensiya zallari, ta’lim binolari hamda turar joy infratuzilmasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

🔂Shuningdek, loyiha doirasida qiymati 200 million AQSH dollari bo‘lgan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha milliy markaz tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida:

✔️ 500+ ilmiy va innovatsion loyihalar amalga oshiriladi
✔️ 160+ texnologik prototiplar yaratiladi
✔️100+ startaplar shakllantiriladi
✔️10 mln dollar xususiy investitsiyalar jalb qilinadi
✔️ 40 ta texnologik yechim tijoratlashtiriladi
✔️10 ta startap xalqaro bozorlarga chiqadi


Uchrashuvda tomonlar loyihani dastlabki tashkiliy jarayonlari, joy tanlash va zaruriy kommunikatsiyalar bilan ta'minlanishi, shuningdek loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, hududda zamonaviy innovatsion ekotizim yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#birdamjamiyat

Toshkent viloyatida “Shukronalik tadbirlari” bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent viloyati hududlarida aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda jamiyatda shukronalik va birlik muhitini mustahkamlashni ta’minlash maqsadida viloyatning tuman va shahar mahallalarida keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

🔰 Tadbirlar davomida:
— shukronalik g‘oyalari targ‘ib qilinmoqda,
— milliy an’ana va qadriyatlar ulug‘lanmoqda,
— nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtiroki ta’minlanmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar kelgusida ham davom etadi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

"O‘zsuvtaʼminot" AJ tizimida o‘quvchilar ongiga ichimlik suvining ahamiyatini singdirish, uni hozirdan asrab-avaylashga undash maqsadida Chirchiq shahridagi 25-sonli umumtaʼlim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari bilan muloqot, hamda ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon

❗️Migratsiya va Personallashtirish xizmati yo‘nalishida fuqarolarning murojaatlarini manzilli oʻrganish maqsadida IIV Migratsiya va Personallashtirish departamenti hamda Toshkent viloyati IIBB MvaPB rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

Qabul 11 aprel (shanba) kuni, soat 10:00da Olmaliq shahar IIB binosi (Olmaliq shahar, Ibn Sino ko‘chasi 1-uy)da bo‘lib o‘tadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_intervyu

Toshkent viloyatida islohotlar samaradorligi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar:

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichkhanov intervyusi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Toshkent tumanida 600 o‘rinli bog‘cha foydalanishga topshirildi

Toshkent tumani Ayriota mahallasida bunyod etilgan, “Saodat” nomi berilgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Dastlab 165 o‘rinli qilib loyihalashtirilgan muassasa 5 mlrd. so‘m homiylik mablag‘lari evaziga kengaytirilib, 600 o‘rinli zamonaviy bog‘chaga aylantirildi.

Mazkur taʼlim maskanining ochilish marosimida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. Valiyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E. Karimova,
Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari U. Abdullayeva, Toshkent tumani hokimi S. Ergashev hamda tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, ushbu ezgu maskan ochilishi bilan barchani samimiy tabrikladilar.

Tadbir yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tuman hokimiga "Ta'lim homiysi" ko'krak nishonini topshirdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_intervyu

Toshkent viloyatida islohotlar samaradorligi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar:

Yuqori Chirchiq tumani hokimi Uskenbay Atemov  intervyusi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbarining hududdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari, hamda ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularga atroflicha tushuntirishlar berildi hamda ko‘tarilgan muammolarga yechim topish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, tadbir davomida Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan taqdimot o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_intervyu

Toshkent viloyatida islohotlar samaradorligi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar:

Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov intervyusi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda «Inson» ijtimoiy volontyorlik tizimi shakllanmoqda.

Bo‘stonliq tumanida “Inson” volontyorlar uchun o‘quv jarayonlari tashkil etildi. Ular nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatadi.

Bugungi kunda bu tashabbus shunchaki loyiha emas, balki tizimli ishning bir qismiga aylandi: pilot bosqichda loyiha respublikaning 28 ta hududida (tumanida) sinovdan o‘tkazildi. Uning doirasida 440 nafar volontyorlar tomonidan aholiga jami 2000 soatdan ortiq yordam ko‘rsatildi, bu esa ijtimoiy volontyorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va samaradorligini tasdiqladi.

O‘quv jarayonlari 250 nafar volontyorni qamrab olib, amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bilan ishlash va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

💬 «Ishonchim komil, aynan shunday insonlar orqali jamiyatda yangi g‘amxo‘rlik madaniyati shakllanmoqda. Shu bois biz volontyorlar hamjamiyatini ijtimoiy himoya tizimining muhim qismi sifatida rivojlantirmoqdamiz», — deya ta’kidladi Shahnoza Mirziyoyeva, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

“Inson” volontyorlari islohotlar va aholi hayoti o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prikka aylanmoqda. Bu ijtimoiy himoya tizimini har bir inson uchun yanada yaqinroq qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM