Toshkent viloyati hokimligi
14.1K subscribers
37.3K photos
5.12K videos
48 files
20.8K links
Download Telegram
#Hamkorlik

Rossiya federatsiyasida boʻlib turgan Zoyir Mirzayev kecha Moskva viloyatidagi qadoq va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “GlobalPak” korxonasida boʻldi.

Tadbirkor Furqat Yusupjonov tomonidan taʼsis etilgan korxona bugun oʻz yoʻnalishida Rossiya bozorida yetakchilar qatoriga kirgan.

Oʻzbek tadbirkorlari tomonidan ochilgan mazkur korxonada 70 ta ish oʻrni yaratilgan. Bu yerda oʻzbek migrantlari mehnat qiladi.

Zoyir Mirzayev shu yerning oʻzida “Kvantum logistik” korxonasi faoliyati bilan tanishdi va yuk mashinalarini Rossiya bozoriga ortiqcha qiyinchiliksiz kirib kelishi borasida muzokara oʻtkazdi.

Zoyir Mirzayev korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qilib, ularning yashash shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi haqida axborot


Ayni paytda Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Erkin Muhiddinov boshqa lavozimga o‘tgani uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Zoyir Mirzayev tumanda ayni damda yigʻilib qolgan tizimli muammolar, mavjud kamchiliklar va oʻz navbatida, yuksak potensial hamda istiqbolli loyihalar xususida tanqidiy-tahliliy nutq soʻzlamoqda.

- “Mahalla yettiligi”ning faol ishlashi, ularning jonkuyarligi, fidoyiligi koʻp muammolarni oldini oladi. Afsuski, Ohangaronda bu borada jiddiy oqsoqlik bor, - dedi Zoyir Mirzayev.

Sessiya ishi davom etmoqda.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Erkin Muhiddinov bunga qadar Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Doniyor Madirimov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi

Madirimov Doniyor Mamatsaliyevich
1979-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999-yili O'zbekiston Milliy universiteti, 2019-yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

D.Madirimov faoliyati davomida Toshkent shahar Statistika boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasida bo'lim boshlig'i, Shayxontohur tumani hokimining o'rinbosari, Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo iqtisodiy boshqarmasi boshlig'i, Sirdaryo viloyati hokimining o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig'i singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo'yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Chirchiq shahrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida harbiy-kasbiy tayyorgarlik boʻyicha xalqaro olimpiada tadbiri oʻtkaziladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur xalqaro olimpiada tadbirini oʻtkazish xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 52 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat!
#bildirish

⚡️Toshkent viloyatida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Toshkent viloyati hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, avtomobil yoʻllarida harakat xavfizligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 17-may kunidagi tegishli farmoyishi asosida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Barcha harakat ishtirokchilarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Abdurasul Abdullayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev Abdurasul Abdullayev bilan samimiy xayrlashib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


🔘 Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi raisligida navbatdagi hokimlik soati oʻtkazildi.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi rahbarligida o'tgan yig'ilishda dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🔘 Chirchiq shahri. Harbiylar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro olimpiadaga start berildi.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. 16-sonli umumta'lim maktabida “Ma’rifat ulashib” shiori ostidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔘 Bo'ka tumani. Hokimlik soati yig'ilishida ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.

🔘 Angren shahri. Xorijdagi migrantlar bilan onlayn muloqot o'tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.

🔘 Piskent tumani. Tuman hokimligi hamda bir qancha tashkilotlar hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Parkent tumanida "IT shaharcha"si qurilishiga start berildi

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat!

Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

➡️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➡️ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➡️ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➡️ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Diqqat: Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Yangiyo`lda quyosh panelleri ishlab chiqaruvchi yirik korxona ishga tushadi

Yangiyo‘l tumani "Qo‘shtepa" MFY hududida Xitoy Xalq Respublikasi korxonasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish" loyihasi amalga oshirilmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar dasturi doirasida loyiha qiymati 20 million dollar investitsiya kiritilib, Italiya davlatining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Yil davomida 367 ming 540 dona zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarilish quvvatiga ega.

Korxona 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishiriladi, natijada 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Hozirgi kunda korxonaning qurilish ishlari olib borilmoqdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM