Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
37.9K photos
5.21K videos
48 files
21K links
Download Telegram
#Rasmiy

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi haqida axborot


Ayni paytda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida Chinoz tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2024-yilda amalga oshirilishi zarur boʻlgan qator dolzarb masalalarga toʻxtaldi.

Eslatib oʻtamiz, Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy

Chinoz tumanida sessiya davom etmoqda. Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzlamoqda:


Tumanda 140 mingdan ziyod aholi bor, shundan 10500 nafari bugun xorijda migrant boʻlib turibdi. Bu vaziyatni zudlik bilan tahlil qilib, vaziyatni oʻnglash kerak;

Viloyatdagi sanoatda Chinozning ulushi atigi bir foizni tashkil qilmoqda. Temir yoʻl, infrastruktura mavjud hudud uchun bu holat yarashmaydi;

Tumanda 18 ta xorijiy korxona bor. Ammo, Chinozning potensialiga nisbatan bu juda kam;

Qishloq xoʻjaligini sanoatlashtirish boʻyicha 5 ta loyiha amalga oshirilgan va bor-yoʻgʻi 108 ta ish oʻrni yaratilgan;

Chinoz tumaniga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 45 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Lekin, aslida potensial bundan ham yuqori edi;

Tumanda investitsiya dasturi doirasida 38 mlrd mablagʻ evaziga 81 kilometr uzulikdagi ichki yoʻl qurildi. Bu koʻrsatkich viloyatdagi boshqa hududlarga nisbatan eng yaxshi koʻrsatkich;

Chinozda chorva va baliqchilik tarmogʻida aniq hisob-kitob yoʻq. Katta-katta yerlarni egallab olganlar bor, biroq atigi bir-ikki fuqaro rasman ishlaydi. Daromadni yashirish holatiga hamma tomoshabin boʻlib oʻtiribdi. Mana shu nuqtada jamoatchilik nazorati kerak;

Mahalla raisi, mahalla yettiligi, sektor rahbari, umuman, barcha darajadagi rahbarlar yoshlarga koʻproq tayanishi, suyanishi kerak. Chinoz bu borada namuna boʻlishini istardim.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy

Salixov Sherzod Abduhakimovich Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi

Sherzod Salixov
1982-yili Toshkent tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2004-yili Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan. 

Sherzod Salixov mehnat faoliyatini Toshkent tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi shirkat xo'jaligida ishchi vazifasida boshlagan.

Shuningdek, faoliyati davomida u “Abduhakim baraka” fermer xo‘jaligi rahbari, Zangiota tumani “Navoiy mirishkor” agrofirmasi rahbari, Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari singari mas’ul vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sherzod Salixov Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий соҳалардаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению приоритетных задач в социальных сферах.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiysohalar #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мактабгача таълим тизимида ҳам барча жараёнлар рақамлаштирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Angren shahri. Bo'lib o'tgan yigʻilishda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish, “Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shakllantirish jarayoni muhokama qilindi.

🔘Toshkent tumani. 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda 1-sektor rahbari o‘rinbosari boshchiligida mahallalarda "Ayollar daftari"ning 5-bosqichini shakllantirish maqsadida, xatlov jarayonlari tahlil qilindi.

🔘Bo'ka tumani. Mahallalarda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan tuman hokimi boshchiligidagi muhokama yigʻilishi o'tkazildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari va viloyat boshqarmasi boshligʻi ishtirokida "Doʻstlik" mahallasida uchrashuv tashkil qilindi.

🔘Nurafshon shahri. Shahar hokimi "Yoshlar shtabi" faoliyatini o'rgandi.

🔘Zangiota tumani. Tumanda
"Onalik va bolalikni muhofaza qilish" mavzusida seminar o'tkazildi.

🔘Ohangaron shahri. "Boʻston" mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi mutasaddilari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Chirchiq shahrida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Barcha zamonaviy qulayliklarga ega mazkur binoda fuqarolarga qanday xizmatlar koʻrsatiladi?

Batafsil videolavhada...

Manzil: Chirchiq shahar 8-kichik nohiya, Chinor MFYda joylashgan 68-uy qarshisida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ direktorining birinchi o‘rinbosari Ozodjon Norboyev ishtirokida brifing oʻtkazildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X