Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
37.7K photos
5.19K videos
48 files
20.9K links
Download Telegram
⭕️live

Xitoyda bo‘lib turgan Zoyir Mirzayev ayni paytda Dechjou xalq kengashi raisi, partiya kotibi Tyan Veydun bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tayotgan muloqotda Dechjou va Toshkent viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, ayni paytda Toshkent viloyatida Dechjou shahri bilan hamkorlikda ochilgan 50 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_31yilligi #Tadbir

TOSHKENT VILOYATIDA KONSTITUTSIYANING 31 YILLIGI BAYRAMI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI


Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan, "Konstitutsiya xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi" shiori ostidagi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⭕️Live

DECHJOUDAGI MUZOKARALAR YAKUNIGA YETDI

Bugun vakillarimiz Shandun provinsiyasining Dechjou shahrida bir qator samarali muloqotlar o‘tkazdi.

Toshkent viloyati va Dechjou shahri o‘rtasida tuzilgan strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga ko‘ra, 2024-yili Chirchiqda Dechjou texnoparki quriladi. Loyiha mikrochiplar va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 1 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.

Piskent tumani hokimi Nodir Yakubov Shandun provinsiyasining Bochjou shahrida joylashgan Gujing korporatsiyasi bilan muzokara olib bordi va tumanda yetishtirilgan mosh mahsulotini eksport qilishga kelishildi.

Piskent tumani hokimi Nodir Yakubov va Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim qiymati 85 million AQSH dollariga teng bo‘lgan shartnoma tuzishga kelishib olishdi.

Joriy yil dekabr oyining ikkinchi dekadasida Dechjou delegatsiyasi Toshkent viloyatiga ishchi tashrif bilan keladi.

Delegatsiyamiz shuning bilan Dechjoudagi faoliyatini yakunlab, Lin'i shahriga joʻnab ketdi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️LIVE

Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Lin'i shahrida bo‘lib turgan viloyatimiz delegatsiyasi bugun dastlab mahalliy markaziy savdo nuqtasi, oyna ishlab chiqiruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi.

Kun davomida shahar rahbariyati bilan uchrashuv, ishbilarmon doiralar vakillari bilan muzokaralar va Toshkent viloyati tadbirkorlari hamda xitoylik tadbirkorlar ishtirokida biznes forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM