Toshkent viloyati hokimligi xuzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.
85 subscribers
4.12K photos
246 videos
1.59K links
Toshkent viloyati hokimligi xuzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.
Download Telegram
#obodonlashtirish Yangiyo`l tumani hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
🔷 Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining ishchi-xodimlari tomonidan hududlar obodonlashtirilib, tartibga keltirilmoqda.
Shuningdek, Gulbahor mahallasi Sh. Rashidov ko`chasi hududlarni maishiy chiqindilardan tozalash hamda, gul ko`chatlarini sug`orish islari olib borilmoqda.
https://t.me/toshvilobodon
#obodonlashtirish ⚡️Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar hududlarda obodonlashtirish, ko‘chalar atrofini turli maishiy chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. https://t.me/toshvilobodon
Forwarded from ТOSHKENT VILOYATI
#семинар
#Янгийўл_тумани

Жорий йилги баҳор мавсумининг ёғингарчиликларга бой тарзда ўтиши кўп кузатилаяпти. Шу боис, ноқулай об-ҳаво шароитида сел, сув тошқинлари ёки шу каби фавқулодда ҳолатлар рўй берганда ҳушёрликни қўлдан бой бермаслик зарур.

🔎Ўзбекистон Республикаси Фавқулотда вазиятлар вазирлигининг Янгийўл тумани бўлими, туман уй-жой коммунал бўлими,« Навбаҳор» маҳалла фуқаролар йиғини ҳамда ҳудудга техник хизмат кўрсатиб келаётган "Навбаҳор таъмирлаш сервис хизмати" МЧЖ БСК ҳамкорлигида амалий семинар ташкил этилди.
Унда туман сув оқава таъминоти корхонаси, туман тез тиббий ёрдам бўлими, туман газ таъминоти, туман электр таъминоти ходимлари ҳам муносиб иштирок этишди.

Семинар давомида соҳа мутахассислари томонидан йиғилганларга фавқулотда вазиятлар юз берганда фуқароларнинг тўғри ҳаракатланиш ва кўп қаватли уйларда хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш юзасидан зарурий тавсиялар берилди.

t.me/toshvilkommunal
#obodonlashtirish #taraddud “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlash va urush qatnashchilari holidan xabar olish, yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishdek ezgu maqsadlar mujassam.

Nurafshon shahrida ham bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan: shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida shahar ko‘chalari obodonlashtirilib ko‘chatlar va gullar ekilmoqda. https://t.me/toshvilobodon