TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.41K subscribers
1.39K photos
296 videos
106 files
863 links
Murojaatlar uchun sahifa
http://toshstat.uz/statements
Страница для подачи обращений: http://toshstat.uz/ru/statements

Web-site: www.toshstat.uz
Facebook: fb.com/UZSTAT011
Twitter: twitter.com/uzstataxborot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev kiberjinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению эффективности борьбы с киберпреступлениями и организованной преступностью, а также предупреждения правонарушений, совершаемых с использованием информационных технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #ichkiishlar #kiberxavfsizlik

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
KUN TARIXI
Bugun 13-mart haftaning Jumasi, Ramazon oyining 23-kuni


Bu kun:
Buyuk Britaniya – Chekish taqiqlangan kun.  
Tailand –  Fillar kuni.
Liberiya – Bezatish kuni.
AQSh – Kokosli tort kuni.
Grenada – Inqilob kuni.

Voqealar:
1781 – yil-Uilyam Xerschel -Uran sayyorasini kashf etdi.
1877 – yil-Quloqchin (наушники) patentlandi.
1917 – yil-“Izvestiya” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
1921 – yil-Mongoliya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
1974
– yil-Parijda Sharl de Goll nomidagi aeroport ochildi.
2013 – yil-Fransisk 266-Rim Papasi etib saylandi.

Tavalludlar:
1741 – yil-Iosif II– Germaniya qiroli tavallud topdi.
1888 – yil-Anton Makarenko – pedagog va yozuvchi.
1911 – yil-Ronald Xabard– amerikalik fantast yozuvchi va faylasuf.
1926 –yil- Doğan Avcıoğlu– turk jurnalisti.
1944 – yil-Igor Kio–sirk artisti.
1995 –yil- Anna Vyaxireva – rossiyalik gandbolchi, Olimpiya chempioni.

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
📊 Аҳолиси сони энг кам бўлган туман ва шаҳарлар ТОП-10 талиги

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 январь ҳолатига Ўзбекистоннинг доимий аҳолиси сони 38 236 704 кишини ташкил этган.

📊 Аҳолиси сони энг кам бўлган ТОП-10 туман-шаҳарлар рўйхати қуйидагича:

Ғозғон шаҳри — 9,5 минг нафар;

Томди тумани — 15,2 минг нафар;

Ширин шаҳри — 19,4 минг нафар;

Қоровулбозор тумани — 20,7 минг нафар;

Бўзатов тумани — 21,8 минг нафар;

Янгиобод тумани — 30,5 минг нафар;

Мўйноқ тумани — 34,1 минг нафар;

Конимех тумани — 36,9 минг нафар;

Тахтакўпир тумани — 38,9 минг нафар;

Учқудуқ тумани — 39,9 минг нафар.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BOSHQARMADA TASHKILIY YIGʻILISH OʻTKAZILDI
Bugun 13- mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida navbatdagi tahliliy-tashkiliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma boshligʻi X.Narziyev soʻzga chiqib, 1-korhona hisoboti qamrovini oshirish, barcha tarmoqlarda hisobotlarni o'z muddatida sifatli taqdim etish va konsalting xizmatini yanada jolantirish zarurligini alohida ta'kidladi.
Yigʻilishda tashkiliy ya’ni, boshqarma boʻlimi boshliqlarining rotatsiya masalasi ham koʻrib chiqildi. Xizmatlar va savdo sohasi statistikasi bo'limi boshligʻi Kamoliddin Jalilov va Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo'limi boshligʻi Jasurbek Abdullayev, Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi boshligʻi Gulshod Orinboyeva hamda Narx statistikasi bo'limi boshlig'i Shovkat Xaynazarovlar o'zaro o'rin almashganligi ma’lum qilindi.

Yigʻilish yakunida kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🎙🎙🎙

Тошкент шаҳрида 2026–2030 йилларга мўлжалланган Статистикани ривожлантириш миллий стратегияси лойиҳасига бағишланган очиқ мулоқот бўлиб ўтмоқда.

Унда вазирлик ва идоралар, илмий-тадқиқот институтлари, халқаро ташкилотлар вакиллари иштирок этмоқда.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🎙🎙🎙

“2026–2030 йилларга мўлжалланган Статистикани ривожлантириш миллий стратегияси соҳа келажаги учун муҳим пойдевор ҳисобланади.

Бизнинг асосий мақсадимиз — тизимни тўлиқ модернизация қилиш ва давлат қарорларини қабул қилишда юқори сифатли, ишончли расмий маълумотлар билан таъминлаш орқали самарадорликни оширишдир”.


Беҳзод Ҳамраев
Миллий статистика қўмитаси раиси
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🎙🎙🎙

“Ўзбекистоннинг статистика соҳасида амалга ошираётган ислоҳотларини юқори баҳолаймиз.

Ҳозирги босқичда методологияни халқаро стандартларга мослаштириш ва тизимни янада ривожлантириш муҳим аҳамиятга эга. Бу ўз навбатида мамлакатнинг очиқлик кўрсаткичларига ижобий таъсир кўрсатади”.


Анастасия Александрова
Жаҳон банкининг Ўзбекистондаги дастур координатори
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🎙🎙🎙

Янги миллий стратегия статистика тизимини такомиллаштиришда стратегик аҳамият касб этади.

Ушбу ҳужжат замонавий маълумотлар инфратузилмасини яратиш ва рақамли технологияларни жорий этиш орқали маълумотлар билан ишлаш жараёнини янги босқичга олиб чиқишга хизмат қилади.


Маларвижи Вераппан
Жаҳон банкининг маълумотларни ривожлантириш дастури раҳбари
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам вывода системы работы с обращениями населения на новый уровень и углубленного анализа общественного мнения.

Facebook
|Instagram|X
KUN TARIXI
Bugun 14-mart haftaning Shanbasi, Ramazon oyining 24-kuni


Bu kun:
Xalqaro matematika kuni.
Videomagnitafon tug'ilgan kun.
Estoniya – Ona tili kuni.
Tojikiston – Prokuratura xodimlari kuni.
Andorra – Konstitutsiya kuni.

Voqealar:
1730 – Sankt-Peterburg gerbi tasdiqlandi.
1839 – Jon Gershel birinchi marta “fotografiya” atamasini ishlatdi.
1917 – Toshkentda ,,Sho‘royi Islomiya’’ tashkil etildi.
1987 – O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzildi.
2000 – “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etildi.

Tavalludlar
:
1865 – Filoteo Alberini– italyan rejissyori, ixtirochi.
1879 – Albert Eynshteyn– nemis fizigi.
1913 – Georgiy Gulia – abxaz yozuvchisi.
1937 – Barot Boyqobilov– O‘zbekiston xalq shoiri.
1979 – Nikolya Anelka – fransuz futbolchisi.
2008 – Ebbi Rayder Fortson – amerikalik aktrisa.

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🏙 Ўзбекистонда МЧЖлар сони 331 мингдан ошди

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 март ҳолатига Ўзбекистонда 419 мингта тижорат ташкилотлари фаолият юритмоқда.

🏬 Улардан 331,7 мингтаси масъулияти чекланган жамиятлар (МЧЖ) бўлиб, бу умумий корхоналар сонининг 79,1 фоизини ташкил этди.


📊 Ташкилий-ҳуқуқий шакли бўйича корхоналар сони қуйидагича:

Масъулияти чекланган жамиятлар – 331 686 та (79,1 %);

Хусусий корхоналар – 47 028 та (11,2 %);

Оилавий корхоналар – 36 518 та (8,7 %);

Акциядорлик жамияти – 637 та (0,2 %);

Бошқалар – 3 358 та (0,8 %).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HASHAR - ELGA YARASHAR

Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri umumxalq hashari bu yil “Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi” ezgu shiori ostida bo'lib o'tmoqda.

Ushbu ezgu tadbir Toshkent shahar statistika boshqarmasida ham yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Umumxalq xayriya hasharida boshqarmaning barcha xodimlari faol ishtirok etib, bino hududida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar.

Hashar davomida mavjud ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida boshqarmaning xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirildi.

Aytish lozimki, bugun chindan ham hashar saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook