TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.42K subscribers
1.39K photos
295 videos
106 files
863 links
Murojaatlar uchun sahifa
http://toshstat.uz/statements
Страница для подачи обращений: http://toshstat.uz/ru/statements

Web-site: www.toshstat.uz
Facebook: fb.com/UZSTAT011
Twitter: twitter.com/uzstataxborot
Download Telegram
“O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi”,

– dedi Prezidentimiz.

Bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahri Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi e’lon qilindi.

“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.

Facebook|Instagram|X
Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.

Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️1 Korxona yillik statistika hisobotini quyidagi sub'ektlar taqdim etadi

Batafsil: videoda

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
📜 Тарихий маълумот

1871 йилга қадар Бухоро амирлиги ҳудудидаги Зарафшон водийси ирригация тизими акс этган махсус хариталар мавжуд бўлган.

Уларда қишлоқ хўжалиги ерларини суғориш учун хизмат қилган асосий сув манбалари — дарёлар, ирмоқлар, кўллар, каналлар, анҳорлар ва ариқлар батафсил кўрсатилган.

📚 Манба: Бухоро Амири Қушбегисининг Бухоро хонлиги ирригация харитаси маълумотлари
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Глава нашего государства провел открытый диалог с молодежью.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
KUN TARIXI
Bugun 25-fevral haftaning Chorshanbasi, Ramazon oyining 7-kuni


Bu kun:
Islandiyada ayollar kuni.
Tailandda milliy radio kuni.
Dominikan Respublikasida mustaqillik kuni.
Surinam inqilob kuni.
Quvaytda milliy bayram.

Voqealar:
1221- yil- Marv shahri Mo‘g‘illar tomonidan egallandi.
1791- yil- AQSH da milliy bank tashkil topdi.
1964-yil- Muhammad Ali jahon chempioni bo‘ldi.
1993-yil- O‘zbekiston va Malta Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatildi.
1994- yil- Jahon AA tashkil topdi.

Tavalludlar:
1661-yil- Ahmed II -Usmonlilar hukumdori.
1707-yil- Goldoni Kardo -Italyan dramaturgi.
1891-yil- Korovin Yevgeniy- botanik olim.
1913-yil- Po‘lat Rasulov- kinooperator.
1964-yil- Sobir O‘nar- yozuvchi.
1997-yil- Ana Mena Rojas- Ispaniyalik aktrisa. qo‘shiqchi.

Bizning sahifalarimiz
👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch bo‘lgan yoshlarimiz uchun yangi imkoniyat eshiklari ochib berilgan kun

День, когда перед нашей молодежью, являющейся экономической, социальной и политической силой, распахнулись новые двери возможностей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🛫 Январь ойида 1,7 мингдан зиёд ўзбекистонликлар Қатарга борган

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь ойида жами 1 741 нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда Қатарга сафар қилган.

📊 Уларнинг сафар мақсадлари бўйича тақсимланиши қуйидагича:

саёҳат – 1 619 нафар;

қариндошларни йўқлаш – 95 нафар;

ўқиш – 22 нафар;

хизмат юзасидан – 4 нафар;

даволаниш – 1 нафар.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 2025 йилда Ўзбекистонда 152,1 трлн сўмлик озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарилган

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда йирик корхоналар томонидан 152,1 трлн сўмлик озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарилган.

📊 Бу кўрсаткич 2024 йилга нисбатан 9,7 фоизга ошган.


📊 Ҳудудлар кесимида озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқариш ҳажми қуйидагича:

Қорақалпоғистон Респ. – 6,6 трлн сўм

Андижон вилояти – 9,6 трлн сўм

Бухоро вилояти – 11,3 трлн сўм

Жиззах вилояти – 3,3 трлн сўм

Қашқадарё вилояти – 10,2 трлн сўм

Навоий вилояти – 7,9 трлн сўм

Наманган вилояти – 8,5 трлн сўм

Самарқанд вилояти – 19,5 трлн сўм

Сурхондарё вилояти – 3,2 трлн сўм

Сирдарё вилояти – 5,4 трлн сўм

Тошкент вилояти – 21,5 трлн сўм

Фарғона вилояти – 11,6 трлн сўм

Хоразм вилояти – 6 трлн сўм

Тошкент шаҳри – 27,6 трлн сўм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
🇺🇿🇬🇧 Ўзбекистонда Буюк Британия капитали иштирокидаги корхоналар сони ортиб бормоқда

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 февраль ҳолатига Ўзбекистонда Буюк Британия капитали иштирокида жами 251 та корхоналар фаолият юритмоқда.

📊 Улардан 122 таси қўшма ва 129 таси хорижий корхоналардир.


🇺🇿 Буюк Британия капитали иштирокида фаолият юритаётган корхоналар сони ҳудудлар кесимида қуйидагича:

Тошкент шаҳри – 190 та

Тошкент вилояти – 15 та

Самарқанд вилояти – 8 та

Сирдарё вилояти – 8 та

Жиззах вилояти – 6 та

Бухоро вилояти – 5 та

Қашқадарё вилояти – 4 та

Сурхондарё вилояти – 4 та

Андижон вилояти – 3 та

Фарғона вилояти – 3 та

Қорақалпоғистон Республикаси – 2 та

Наманган вилояти – 1 та

Навоий вилояти – 1 та

Хоразм вилояти – 1 та
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishning 2-bosqichi

☝️Yunusobod tumani 1-Otchopar MFY dagi jarayonlar ushbu videolavhada

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
📜 Тарихий статистика

1886 йилда Тошкент шаҳрининг Осиё қисмида жами 8 турдаги 534 та завод ва фабрика фаолият юритган.

📊 Улар:

Бўёқ заводлари — 51 та, йилига 2550 пуд.

Тери заводлари — 70 та, йилига 17 500 та тери.

Шам ва совун ишлаб чиқариш заводлари — 18 та, йилига 9000 пуд.

Ғишт заводлари — 35 та, йилига 1 750 000 дона.

Тегирмонлар — 98 та, йилига 49 000 ботмон.

Чилангарлик заводлари — 56 та, йилига 28 000 ботмон.

Тўқимачилик фабрикалари — 194 та, йилига 29 100 дона.

Кулолчилик фабрикалари — 12 та, йилига 36 000 дона.

Ушбу корхоналар Тошкентнинг Шайхонтоҳур, Себзор, Кўкча ва Бешёғоч даҳаларида жойлашган бўлган.

Манба: 1886 йилги Тошкент шаҳрида жойлашган завод ва фабрикалар ҳақида статистик маълумотлар.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUN TARIXI
Bugun 26-fevral haftaning Payshanbasi, Ramazon oyining 8-kuni


Bu kun:
AQSH -Milliy pista kuni.
Tailand -Kooperativlar kuni.
Quvayt -Ozodlik kuni.
Fransiya -Mikrob atamasi fanga kirdi.

Voqealar:
1815-yil: Elba oroliga badarg‘a qilingan Napoleon I oroldan qochgan.
1888-yil: Buxoroga birinchi poyezd keldi.
1919-yil: AQShning Arizona shtatida Grand Kanyon Milliy Parkiga asos solingan.
1936-yil: Germaniyada mashhur „Volkswagen“ zavodi ishga tushirilgan.
1992-yil: O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkilotiga a’zo bo‘lgan.
1995-yil: Tojikistonda ilk parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan.

Tavalludlar:
1361-yil: Germaniya qiroli- Vensel tug‘ilgan.
1829-yil: Jinsi shim kashfiyotchisi- Livay Strauss tug‘ilgan.
1938-yil: Qiziqchi- Muiddin Darveshov tug‘ilgan.
1954-yil: Turkiya Prezidenti -Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tavallud topgan.
1956-yil: Shoir- Mirza Kenjabek tavallud topgan.
1984-yil: Turk aktrisasi- Beren Saat tavallud topgan.

Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
👍1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Донли экинлар етиштириш ҳажми 2025 йилда 10,1 млн тоннадан ошди

🏢 Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларга кўра, 2025 йилда республикадаги барча тоифадаги хўжаликлар томонидан 10 112 087 тонна дон ва дуккакли дон экинлари етиштирилган.,

📊 Бу кўрсаткич 2024 йилга нисбатан 13 фоизга ўсган.


🇺🇿 Ҳудудлар кесимида етиштирилган дон ва дуккакли дон экинлари ҳажми қуйидагича:

Қорақалпоғистон Республикаси – 393 256 тонна

Андижон вилояти – 788 663 тонна

Бухоро вилояти – 761 690 тонна

Жиззах вилояти – 892 369 тонна

Қашқадарё вилояти – 954 617 тонна

Навоий вилояти – 308 258 тонна

Наманган вилояти – 831 942 тонна

Самарқанд вилояти – 1 016 447 тонна

Сурхондарё вилояти – 888 322 тонна

Сирдарё вилояти – 635 304 тонна

Тошкент вилояти – 769 613 тонна

Фарғона вилояти – 1 147 009 тонна

Хоразм вилояти – 724 217 тонна
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Safarning keng ko‘lamli dasturidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish o‘rin olgan.

Ertaga davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сурхандарьинскую область.

В рамках насыщенной программы поездки предусмотрено ознакомление с созидательной работой, проводимой в регионе, реализацией проектов в промышленности, сельском и водном хозяйстве, строительстве, социальной и других сферах, а также запуск новых объектов.

Завтра глава нашего государства проведет совещание по приоритетным задачам комплексного развития Сурхандарьинской области.

Facebook|Instagram|X
YUNUSOBODLIKLARNING UMUMMILLIY TADBIRDAGI FAOLLIGI

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 1- Otchopar mahallasi ahli ham faol qatnashmoqda. Mahalla yettiligi a’zolari uyma-uy yurib, o‘tmay qolgan fuqarolar, onlayn bosqichida yuzaga kelgan xató va kamchiliklarni bartaraf etishyapdi.

Bizning 1-Otchopar mahallasining fuqarolari jonbozlik bilan onlayn bosqichida ishtirok etishdi. Qariyib 70% fuqarolarimiz bu jarayonda ro‘yxatdan to‘liq o‘tdi. Hozirgi kunda qolgan aholimizni ham bular, nafaqadagilar, nogironligi bor va yakka-yolg‘iz fuqarolarimizni ro‘yxatdan o‘tkazayapmiz. Bu jarayonni yanada jadallashtirish uchun volontyorlarni ham jalb qilganmiz. Yana sanoqli kun qoldi ro‘yxatga olishni belgilangan vaqtda to‘liq yakunlaymiz deydi- mahallaning yoshlar yetakchisi Hurmatoy Sultonnazirova.


Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichi 2026-yil, 28-fevralgacha davom etadi.

Bizning sahifalarimiz
👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook