TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.41K subscribers
1.39K photos
296 videos
106 files
863 links
Murojaatlar uchun sahifa
http://toshstat.uz/statements
Страница для подачи обращений: http://toshstat.uz/ru/statements

Web-site: www.toshstat.uz
Facebook: fb.com/UZSTAT011
Twitter: twitter.com/uzstataxborot
Download Telegram
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRINI O‘TKAZISH BO’YICHA AMALIY O‘QITISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 25 nafar mas’ul xodimlari onlayn ro’yxatdan o’tish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT SHAHRIDAGI BARCHA ZAMONAVIY LED EKRANLARDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YHATGA OLISHNI TARG‘IB QILUVCHI VIDEOROLIKLAR NAMOYISH ETILMOQDA.
Yakkasaroy tumanidagi Piramit tower korhonasining Led ekrani.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
TOSHKENT SHAHRIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRINI O‘TKAZISH BO’YICHA AMALIY O‘QITISHLAR DAVOM ETMOQDA.
Anashunday o’quv seminarining navbatdagisi Yakkasaroy tumani statistika bo’limi hamda byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining Toshkent shahar bo’limi tomonidan tashkil etildi.
Seminarda ro‘yxatga olish jarayonida ayrim toifadagi shaxslar haqida ma’lumotlarni to‘plash, ularning shaxsiy ma’lumotlarini qayd etish va so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Bunday o’quvlar poytaxtning barcha tumanlarida davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt (http://toshstat.uz/) 📱 Telegram (http://t.me/toshstat) 📱 Facebook (https://fb.com/UZSTAT011)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Juma tongingiz muborak bo‘lsin 😊👍

• Qalbingiz iymonga
• Hayotingiz quvonchga
• Yuzingiz nurga
• Kuningiz xayrli va solih amallarga to‘la bo‘lsin.
TOSHKENT SHAHRIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRINI O‘TKAZISH BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA.

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi tijorat banklarining filiallarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro’yhatga olishni targ‘ib etuvchi A3 formatdagi plakatlar, LED ekranlarda esa maxsus videoroliklar namoyish etilmoqda.

Xususan, Milliy bankning Uchtepa tuman filialida ham ushbu jarayonlarni ko‘rish mumkin. Qolaversa, jamoat transporti va metro bekatlarida maxsus QR kodlar o’rnatib chiqldi fuqarolar ushbu havola orqali census.stat.uz saytiga kirib, ro‘yhatdan o‘tishlari mumkin.

Bunday targ‘ibot ishlari poytaxtimizning barcha tumanlaridagi aholi gavjum maskanlarda davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 Veb-sayt (http://toshstat.uz/)
📱 Telegram (http://t.me/toshstat)
📱 Facebook (https://fb.com/UZSTAT011)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аҳолини рўйхатга олиш жараёнига қандай тайёргарлик кўрилмоқда?
😊 TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH VA O’QUV SEMINARI

Bugun 19-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Xasan Narziyev raisligida navbatdagi tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarmaning bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari va tuman bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi. Kun tartibida asosiy masala GIS (Geografik Axborot Tizimlari) orqali lokatsiya bo'yicha amaliy ishlarning borishi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig’i B. Boymurodov va boshqarma boshlig’i X. Narziyevlar hisobotlarni taqdim etishda dalolatnomani sifatli tuzish, ma’lumotlar jadvalini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarining savollariga atroflicha javob olishdi. Yig‘ilish yakunida barcha bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va tuman bo‘limi boshliqlariga o‘z vazifasiga vijdonan yondashish, berilgan topshiriqlarni sifatli hamda o‘z vaqtida bajarish lozimligi uqtirildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
💸 Мобиль алоқа хизматлари нархлари йил бошидан буён 9,8 фоизга қимматлашган

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йил ноябрь ойида мобиль алоқа хизматлари нархлари октябрь ойига нисбатан, яъни бир ойда ўртача 0,5 фоизга қимматлашган.

📱 Мазкур турдаги хизматлар нархлари йил бошидан буён 9,8 фоизга ошгани кузатилган.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YHATGA OLISH: GIS LOKATSIYA URISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR HOKIMLIK APPARAT YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida tuman hokimi Bahodir Rixsialiyevich G‘oyibnazarov rahbarligida tanqidiy -tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korxona, tashkilot rahbarlari va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.  Muloqotda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yhatga olish jarayoni oldidan amalga oshirilayotgan ishlar, GIS Lokatsiyani urish, dalolatnoma rasmiylashtirish va maʼlumot jadvallarini to‘g‘ri tayyorlash haqida so‘z bordi.


Shu kunga qadar bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda ish jarayonini yanada jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Bu masala shaxsan tuman hokimining nazoratida ekani qayd etilib, ushbu ishlarni qisqa fursatda yakunlash bo‘yicha masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati