Forwarded from Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Yakkasaroy tuman hokimligida Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
💢 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
💠 Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov, tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Shamsiyev, O.Rixsiboyev, D.Rasulmuxamedova, shuningdek, tuman tashkilotlari, korxona va muassasalari rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.
👉 Majlisda Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, aholini ro‘yxatga olish jarayonida aniqlik, shaffoflik va tizimlilikni ta’minlash, shu orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
👍 Shuningdek, yig‘ilish davomida mavjud muammolarni tahlil qilish, zarur tashkiliy choralarni belgilash, sohalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mutasaddi rahbarlarga farmon ijrosini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.
👉 Tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan joylarda aholining xabardorligini oshirish, ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini kuchaytirish hamda har bir mas’ul tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Рўйхатга олиш – 2026
Бизда қурилиши ҳали тугалланмаган турар жой мавжуд. Рўйхатга олишда ундаги яшаш хоналари ва турар жой майдони ҳам ҳисобга олинадими?
Йўқ, рўйхатга олиш санасига қадар қурилиши тугалланмаган турар жойлар ва яшаш хоналари рўйхатга олинмайди.
Рўйхатга олишда бино қачон фойдаланишга топширилгани ва унда яшаш қачондан бошланганига эътибор қаратилади. Шу асосда саволнома тўлдирилади.
#саволим_бор
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Улардан 318,3 мингтаси масъулияти чекланган жамиятлар (МЧЖ) бўлиб, бу умумий корхоналар сонининг 78,5 фоизини ташкил этди.
Масъулияти чекланган жамият – 318 313 та (78,5 %);
Хусусий корхоналар – 46 996 та (11,6 %);
Оилавий корхоналар – 36 292 та (8,9 %);
Акциядорлик жамияти – 639 та (0,2 %);
Бошқалар – 3 283 та (0,8 %).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Аҳолидан келган савол ❓❓❓
Менинг бир нечта уйларим бор. Улар ҳақида маълумот беришга мажбурманми?
Менинг бир нечта уйларим бор. Улар ҳақида маълумот беришга мажбурманми?
Forwarded from Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
#O'quv_seminari
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha o'quv seminari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15 dan 31-yanvargacha korxona va tashkilotlar, shuningdek, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan Chilonzor tumani hokimyatida o'quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida tuman statistika bo'limi mutaxassislari tomonidan tizimda ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar va amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilar uchun taqdimotlar o‘tkazildi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Жорий йилнинг 15 декабрь куни Миллий статистика қўмитаси ва Халқаро миграция ташкилоти (IOM) ўртасида учрашув бўлиб ўтди. Йиғилишда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири доирасида ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди.
Учрашув якунида IOM томонидан электрон жиҳозлар — ноутбуклар, планшетлар ва бошқа техник воситалар тақдим этилди. Мазкур жиҳозлар аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирида онлайн рўйхатдан ўтган фуқароларни рағбатлантириш, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари, журналист ва блогерлар ўртасида ўтказиладиган “Энг яхши тарғибот материали” танлови ғолибларини тақдирлаш учун йўналтирилади.
🌐 aholi.stat.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM