📚Toshloq AKM 📖 📚
140 subscribers
16.9K photos
1.46K videos
19 files
1.99K links
📕Farg'ona viloyati Toshloq tumani "Axborot-kutubxona markazi"📔

Rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz ⤵️⤵️⤵️

Instagram.com/toshloq_akm

Facebook.com/Toshloq_AKM

http://youtube.com/@toshloqakm-2019

Twitter.com/toshloq_takm
Download Telegram
#kitobxonlik_haftaligi_2025
#tortinchi_kun
#kitob_tavsiya

Kitobxonlik haftaligi doirasida kutubxonaga tashrif buyurgan oʻquvchilarga Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan quyidagi kitoblar mutolaa uchun tavsiya qilindi.

Katta yoshdagi kitobxonlarga, Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Xaldunning "MUQADDIMA" kitobi, Robert Chaldinining "TA'SIR PSIXOLOGIYASI" kitobi

Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun esa Erkin Malikning "CHUMOLILAR SALTANATI" kitobi, Qobiljon Shermatovning "BUVIMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT" kitobi, "BOLALIKNING QOʻLIDAN TUTIB" kitoblarni mutolaa qilish tavsiya qilindi.
#kitobxonlik_haftaligi
#ziyo_ringida_kutubxonachilar 

Bilimdonlar bahsida – "Ziyo ringi"!


"Ziyo ringi" – Zakovat bahsi avjida!
Ayni damda Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi hamkorligida kutubxonachilarimiz bilim maydonida kuch sinashmoqda!

“Ziyo ringi” intellektual o‘yini qizg‘in muhitda davom etmoqda — bu yerda nafaqat javoblar, balki tezkor fikr, jamoaviy hamjihatlik va zukkolik sinovdan o‘tmoqda.

Savollar sermazmun, raqobat shiddatli, ammo ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi bundan-da kuchli!

Har bir jamoa zafar uchun kurashmoqda — kutubxona ahli zakovatda ham yuksak saviyani namoyish etmoqda!

Ziyo, bilim va zukkolik bilan to‘la bahsni biz bilan kuzatishda davom eting!