📚Toshloq AKM 📖 📚
140 subscribers
16.9K photos
1.46K videos
19 files
1.99K links
📕Farg'ona viloyati Toshloq tumani "Axborot-kutubxona markazi"📔

Rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz ⤵️⤵️⤵️

Instagram.com/toshloq_akm

Facebook.com/Toshloq_AKM

http://youtube.com/@toshloqakm-2019

Twitter.com/toshloq_takm
Download Telegram
#kitobxonlik_haftaligi

Kitobxonlik haftaligi doirasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markaziga Qirgʻiziston Respublikasining “УТРК БАТКЕН” telekanali ijodiy jamoasi tashrif buyurib kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, “УТРК БАТКЕН” telekanali ijodiy jamoasi Qobiljon Shermatovning kitob taqdimotida ham ishtirok etdilar.
#kitobxonlik_haftaligi

KITOB – KELAJAK POYDEVORI

Texnologiyalar va tezkor ma’lumotlarga boy bugungi dunyoda kitobxonlik har qachongidan ham shaxsiy rivojlanish, ta’lim va madaniyatning asosi bo‘lib qolmoqda. Kitobxonlik nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish usuli, balki fikrlash, tasavvur va axloqiy ko‘rsatmalarni shakllantirish uchun ham eng kuchli vositadir.

Kitob insonning dunyoqarashini kengaytirishga, nutqini boyitishga va tafakkurini rivojlantirishga tizimli ravishda yordam beradi. Hech sir emaski, kitob mutolaasi orqali biz avvalgi xalqlarning, ayniqsa, buyuk ajdodlarimizning boy merosi va tajribalari bilan yaqindan tanishamiz, bu orqali o‘zligimizni anglashga va boshqalarni to‘laqonli tushunishga odatlanamiz. Bu esa bizdagi tahlil qilish qobiliyati va empatiyani rivojlantiradi hamda to‘g‘ri xulosalar chiqarishga, eng asosiysi, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi – ta’kidlash joizki, bular XXI asrdagi eng muhim bo‘lgan fazilatlardir.

O‘qish (kitobxonlik) kelajakdagi muvaffaqiyatlar bilan ham bevosita, ham bilvosita bog‘liqdir. Zero, ko‘p kitob o‘qiydigan odam yangi axborot va ma’lumotlarni oson qabul qiladi, tezroq o‘rganadi, shu bilan bir qatorda, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan harakat qiladi. Aynan shundan kelib chiqib, ushbu raqamli texnologiyalar asrida “o‘qish va tushunish qobiliyati” insonlardagi raqobatbardosh ustunlikka aylanib bormoqda.

Bundan tashqari, o‘qish – dam olish, hissiy stressdan xalos bo‘lish hamda ijobiy fikrlashning eng zo‘r usuli hisoblanadi. Yana bir haqiqat borki, kitob – inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi hamda har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘stdir.

Shu bois kitobxonlikka, adabiyotga bo‘lgan qiziqish-u mehrni bolalikdan uyg‘otish, uyda, maktabda, ishxonada va jamiyatda bu borada barcha birdek mas’uliyatni his qilishi zarur. Axir, kelajak nafaqat texnologiyalar bilan, balki fikrlar, g‘oyalar, qadriyatlar bilan, qolaversa, kitoblar bilan shakllanadi.

Yodda tuting, kitobxonlik shunchaki sevimli mashg‘ulot emas, bu ongli, muvaffaqiyatli va porloq kelajak sari yo‘ldir!

F.Mamajonov,
Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi
#kitobxonlik_haftaligi_2025
#tortinchi_kun
#kitob_tavsiya

Kitobxonlik haftaligi doirasida kutubxonaga tashrif buyurgan oʻquvchilarga Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan quyidagi kitoblar mutolaa uchun tavsiya qilindi.

Katta yoshdagi kitobxonlarga, Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Xaldunning "MUQADDIMA" kitobi, Robert Chaldinining "TA'SIR PSIXOLOGIYASI" kitobi

Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun esa Erkin Malikning "CHUMOLILAR SALTANATI" kitobi, Qobiljon Shermatovning "BUVIMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT" kitobi, "BOLALIKNING QOʻLIDAN TUTIB" kitoblarni mutolaa qilish tavsiya qilindi.