TOSHKENT VOHASI
23.5K subscribers
2.1K photos
573 videos
10 files
915 links
Toshkent viloyati hayotiga oid xabarlar.

Qiziqarli, foydali va sifatli kontent.

Aloqa uchun:
🤖BOT👉 @toshkent_vohasi_bot
👮‍♀️ADMIN👉https://t.me/toshkent_vohasi_admin
Download Telegram
#kun_iqtibosi

Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi inson bo‘lmog‘ingdir.

Shams Tabriziy

@toshkent_vohasi
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mitti_hikoya

GULZORDA

Qiz gulzorda turarkan, uning yugurib kelayotganini ko‘rdi.
— Tina! Gulim! Hayotim mazmuni!
Nihoyat u uzoq kutilgan so‘zlarni aytdi.
— O, Tom!
— Tina, gulim!
— O, Tom, men ham seni sevaman!
Tom uning yoniga yetib keldi, tiz cho‘kdi va qizni chetga surdi.
— Oh, gulim! Sen mening eng sevimli gulimni bosib olding!

@toshkent_vohasi
#kun_tarixi

BUGUN G'AFUR G'ULOM TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi.

G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi.

G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan.

G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963).

Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

@toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innankeyinchi

"Shum bola" filmi G'afur G'ulomning shu nomli asariga asosan suratga olinganini yaxshi bilasiz. Filmning ushbu sahnasi qayerda suratga olinganinichi, buni bilasizmi?

@toshkent_vohasi
Qaysi biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Muallax
75%
Muallaq
#kun_iqtibosi

Nega qulog‘imiz ikkita, og‘zimiz bitta? Oz gapirib, ko‘proq tinglash uchun.

Xurshid Doʻstmuhammad

@toshkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi yoʻli – uni barpo etishdir.

Avraam Linkolin

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

TUGʻILGAN KUN

Telefonimga singlimdan SMS keldi. «Akajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko‘ring», deyilgandi unda. Jahlim chiqib, ukamga qo‘ng‘iroq qildim.
– Bitta- yu bitta singlimiz akajonining tug‘ilgan kuni qachonligini bilmas ekan, – dedim. – Meni tabriklab, SMS yuboribdi. yozda tug‘ilganimni yetkazib qo‘y!
Ukam biroz sukut saqlab turdi- da, so‘ng javob berdi:
– Menga ham SMS yuboribdi, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi.
– Nima? Senga ham yuboribdi?.. Nega?
– Tushunmadingizmi? – xo‘rsindi ukam. – Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug‘ilgan kuni ekan!
Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi.

@toshkent_vohasi
#kun_iqtibosi

Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.

Bill Geyts

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

O'lim yoqasidagi ayol eridan so'rabdi:
Men o'lsam qancha vaqt o'tib uylanasiz?
— Qabring qachon qurisa, o'shanda.
— Va’da berasizmi?
— Haa…

Ma’lum vaqtdan keyin ayol vafot etibdi. Er har kuni ayol qabriga borar, ammo qabr hech qurimas ekan. Er bir kuni tunda qabr oldiga borsa, ayolning ukasi qabrga suv solayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini so'rasa:
"Opam har kuni qabrimga suv quygin" deb vasiyat qilganlar, — deb javob beribdi...

@toshkent_vohasi
#soʻzlovchi_surat

"Boshqa ilojim yo‘q" — bu bahona yoki kuchsiz insonlarning so‘zidir.

Toki tirik ekansan hamisha iloji bor!

@toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#viloyatda_nima_gap

CHIRCHIQ SHAHRIDA MA'NAVIYAT XIYOBONI TASHKIL ETILDI

Kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida, viloyatdagi tuman va shaharlar hokimlari, jamoat faollari hamda OAV vakillari ishtirokida xiyobon foydalanishga topshirildi.

@toshkent_vohasi
PARKENTLIK NAZOKAT 2024-YILNING ENG YAXSHI HAMSHIRASI!

🏆"Yilning eng yaxshi hamshirasi" tanlovining Respublika bosqichida viloyatimiz qizi birinchi o‘rinni egalladi.

Mirsa'diyeva Nazokat Mirdavlat qizi Parkent tumani tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi hamshirsi. U mazkur tanlovda viloyatimiz nomidan ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shu bilan birga Toshkent tibbiyot akademiyasida grant asosida o'qish uchun imtiyozga ega bo'ldi.

💉30 yildan buyon an’anaviy o‘tkazib kelinadigan "Yilning eng yaxshi hamshirasi" tanlovida birinchi marta Toshkent viloyati vakili g‘olib bo‘ldi.

Nazokat Mirsa'diyeva hamda uning yaqin insonlarini, qolaversa butun viloyatimiz ahlini ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz!

@toshkent_vohasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Prezident tashabbusi bilan yer berilib oilamga qaytdim"

Musofirni noni qattiq. Ro‘zg‘or yukuni yelkasiga ilib ko‘p yillar xorijda mehnat qilgan farg‘onalik dehqon hikoyasi


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
77%
Hisobot
23%
Xisobot
#kun_iqtibosi

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.

Mahmudxoʻja Behbudiy

@toshkent_vohasi
#mitti_hikoya

Sayyoh Portugaliyadan Rossiyaga jo‘nab ketayotganida kuzatuvchilardan biri unga qaltis savol berdi:

Otang, bobong hamda bobokaloning dengizda cho‘kib o‘lganligini bila turib, kemaga o‘tirishdan qo‘rqmaysanmi?
Kechirasan, o‘zingning ajdodlaring qay yo‘sinda olamdan o‘tishgan? — so‘radi sayyoh o‘z navbatida.
Issiq to‘shaklarida, tinchgina, — mag‘rur javob qaytardi suhbatdoshi.
Unday bo‘lsa, aytchi, azizim, — dedi mashhur sayyoh suhbatdoshiga, — o‘zing har kecha to‘shakka kirib yotishga qanday jur’at qilasan?

@toshkent_vohasi
#soʻzlovchi_surat

Bugun kitob o'qi. Ertaga uning yog'dusida yashaysan.

@toshkent_vohasi