TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.75K subscribers
13.3K photos
1.42K videos
78 files
5.51K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik oqim vakillarining g'oyalari ta'siriga tushib qolmaslik va Jaxolatga qarshi ma'rifat mavzularida tadbir tashkil etildi

🔹Bu borada joriy yilning 7-fevral kuni Mirobod tuman soliq inspeksiyasida Toshkent shahar targ'ibot markazi, Din ishlari bo'yicha qo'mitasi Mirobod tumani vakili, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar Boshqarmasi xodimi va shahar Soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari boshchiligida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

🔸Tadbir davomida mas'ullar tomonidan Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish zarurligi haqida shuningdek, vijdon erkinligi va diniy bag'rikenglik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlarga tushuntirildi. Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati, ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan, toʻgʻri yoʻldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari ushbu tadbirda atroflicha muhokama qilindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Mutaxassislar tomonidan elektron soliq xizmatlari tizimida kuzatilayotgan texnik nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada saytlar odatdagi rejimda ishlashni davom ettiradi.

Barcha soliq toʻlovchilarga yanvar oyi uchun 11-fevralgacha (shu kuni ham) elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Специалистами приняты меры для устранения выявленных технических неполадок в системе электронных налоговых услуг. В скором времени сайты продолжат работу в штатном режиме.

Всем налогоплательщикам предоставляется возможность оформить электронные счета-фактуры за январь по 11 февраля включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Olmazor #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan navbatdagi o'quv seminari


🔹 Olmazor tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan navbatdagi o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib boriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #korrupsiya

🔷 Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔸Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#elon

Elektron soliq xizmatlaridagi qisqa muddatli uzilishlar bartaraf etildi, ular odatdagi rejimda ishlayapti.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyi uchun EHFni 11-fevral kuniga qadar rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha berilgan onlayn-NKM cheklaridagi summalarni tuzatishga ruxsat beriladi.

Yanvar oyi cheklari AOS to‘lovchilar uchun 15-fevralgacha, QQS to‘lovchilar esa 20-fevralgacha tahrir qilishlari mumkin.

Keshbek olingan cheklarni tahrirlashga tadbirkor tomonidan keshbek summasi budjetga to‘lab berilganidan keyin ruxsat beriladi.
______
#объявление

Кратковременные перебои в работе электронных налоговых услуг устранены, они работают в штатном режиме.

Напоминаем, что предоставлена возможность оформить ЭСФ за январь по 11 февраля включительно.

Вместе с тем, разрешается корректировать ошибки в суммах чеков онлайн-ККТ, выданных с 1 января 2023 года до 1 января 2025 года.

Плательщики налога с оборота могут исправлять чеки за январь до 15 февраля, а плательщики НДС - до 20 февраля.

Предприниматели смогут корректировать чеки, за которые потребителями получен кешбэк, после возврата в бюджет выплаченной суммы кешбэка.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

👉 Soliq kodeksi 243 modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

🔹ONKT hamda Marketpleys tizimidagi notoʻgʻri chop etilgan QR kodli cheklarni shu kunning oʻzida “qaytarish” cheki orqali bartaraf qilish mumkinligi hamda bir martalik muddatli “tahrirlash” imkoniyati berildi.

Tuzatish imkoniyati 11-fevral soat 11:00 dan 14-fevral soat 11:00 gacha davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash

2023- va 2024-yillar uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishga ruxsat berildi.

Tuzatish imkoniyati 11-fevral soat 11:00 dan 14-fevral soat 11:00 gacha davom etadi.

O'z cheklaringizni tekshirib, kerakli o'zgartirishlarni amalga oshiring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan o'quv seminari


🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida shaxsiy tarkib xodimlari bilan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib boriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram