"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
374 subscribers
54.1K photos
6.24K videos
168 files
22.2K links
" HET" AJ Toshkent hududiy filiali
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Toshkentda Energetika vazirligi va Jahon banki tomonidan “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Loyiha doirasida 2023–2028-yillarda mamlakat bo‘ylab 800 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, shifoxonalar va poliklinikalar energiya samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilinadi va ta’mirlanadi.

Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar:

Binolarni isitish va sovitish tizimlari modernizatsiya qilinadi;
Fasad izolyatsiyasi, eshik va derazalar almashtiriladi;
Yoritish tizimlari yangilanadi;
Binolarning tom qismlari izolyatsiyalanadi;
Ko‘mir va gaz kabi samarasiz qozonxonalar zamonaviy gaz qozonlari yoki issiqlik nasoslariga almashtiriladi;
Quyosh batareyalari va qozonxonalari o‘rnatiladi
.

👉Batafsil / Батафсил

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Foto va video-radar maʼlumotlari 48 soat ichida yuborilmagan boʻlsa, haydovchi jarimaga tortilmaydi

Yoʻllarda foto va videoradar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishiga oid maʼlumotlar jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish tugatiladi.

Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Davlatimiz rahbari qardosh Qozogʻiston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.

Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, maishiy iste'molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

📌 Shuningdek, tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste'molchi 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

Energetika vazirligi va Jahon banki tomonidan “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi
taqdimoti o‘tkazildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DXX: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 ming AQSH dollarining muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Paynet тўлов хизматини бошқарувчи Uzpaynet компанияси таъсисчиси ўзгарди. Давлат активларини бошқариш агентлиги балансидаги 100 фоиз давлат улуши New Industrial Technologies`га ўтказилди. Давактив хусусийлаштириш жараёни бўйича яна расмий хабар бермади.

https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/24/uzpaynet/

Telegram | Instagram | YouTube
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori ishga tushirildi.

Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni yaratildi.

Shuningdek, maxsus bot orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.

Shu bilan bir qatorda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar tо‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qо‘llanma.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ!

Для удобства потребителей на официальном веб-сайте АО "Региональные электрические сети" разработано специальное приложение – калькулятор стоимости электроэнергии, с помощью которого можно легко и удобно рассчитать стоимость за электроэнергию по различным тарифам, установленным с 1 мая 2024 года.

Также запущен телеграм-бот, с помощью которого у вас будет возможность быстрого доступа расчета с помощью калькулятора и получения актуальной информации о вашем энергопотреблении.

Напоминаем, что на официальном сайте АО «Региональные электрические сети» введя логин и пароль через «Персональный кабинет» в режиме реального времени (оn-line) можно получить подробную информацию о состоянии Вашего лицевого счета потребления электроэнергии – показания счетчиков, произведенные оплаты и т. д.

Инструкция пользования Персональным кабинетом

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” АЖ “L4326: Декарбонизация учун рақамлаштириш – электр узатиш тармоғини такомиллаштириш” лойиҳасини муваффақиятли амалга оширганлиги учун тақдирланди.

Сертификат Осиё Тараққиёт Банкининг Ўзбекистондаги доимий миссияси директори Канокпан Лао-Арая хоним томонидан топширилди.