"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.59K subscribers
34.9K photos
4.23K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#YAKKASAROY_TETK

⚡️DAMARIQDA BARQAROR ELEKTR TA'MINOTI YO‘LIDA NAVBATDAGI QADAM

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tarkibidagi Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr qurilmalarida reja asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, tumanning «Damariq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, 0,4 kV kuchlanishga ega bo‘lgan TP-536 raqamli transformator punktida kapital ta’mirlash ishlari bajarildi.

🌿🛠 Ta’mirlash jarayonida elektr uskunalarining texnik holati to‘liq tekshirilib, nosoz qismlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, tashqi ko‘rinishi yangilanib, estetik holati yaxshilandi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT
#YAKKASAROY_TETK

TP-536: DAMARIQ MFYDA SIFATLI TA’MIRLASH ISHLARI YAKUNLANDI


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

Ushbu muhim sana bizga yana bir bor tabiatni asrash, sog‘lom va toza atrof-muhitni saqlash borasidagi mas’uliyatimizni eslatadi.

Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya ishlab chiqarish jarayonida ekologik toza va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish masalalariga alohida ahamiyat qaratilayotgani e’tiborga loyiq.

Barchangizni tabiatga ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga, ekologik madaniyatni oshirishga hamda “yashil kelajak” uchun birgalikda harakat qilishga chorlaymiz.

—————

5 июня – Всемирный день окружающей среды


Эта знаменательная дата ещё раз напоминает нам об ответственности за сохранение природы, а также здоровой и чистой окружающей среды.

Заслуживает внимания тот факт, что в нашей стране вопросам охраны окружающей среды, внедрения экологически чистых и инновационных технологий в процессе производства энергии, а также рационального и эффективного использования природных ресурсов уделяется особое внимание.

Мы призываем всех бережно относиться к природе, повышать уровень экологической культуры и совместно трудиться ради «зелёного будущего».

🌐 Telegram
#JARAYON
#PS_SPUTNIK

⚡️YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram