"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.59K subscribers
34.9K photos
4.23K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor

Mazkur jinoyatlar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

—————

За самовольное подключение к электрическим сетям предусмотрена уголовная ответственность

За данное преступление может быть назначено наказание в виде лишения свободы до 5 лет.

🌐 Telegram
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi  doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani  yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida  yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

🌐 Telegram | YouTube |
📢TEZKOR!

Toshkent shahridagi 110/35/10 kV podstansiyada modernizatsiya dasturi doirasida olib borilayotgan mukammal ta'mirlash ishlari vaqtida kichik nosozlik yuzaga keldi.

Ushbu nosozlikni bartaraf etish, taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida Olmazor tumani hudididagi ayrim iste’molchilar vaqtincha elektr ta'minotidan uzilgan.


Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasining avariyaga qarshi tezkor guruhi tomonidan zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, qisqa vaqt ichida tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
📢TEZKOR! Toshkent shahridagi 110/35/10 kV podstansiyada modernizatsiya dasturi doirasida olib borilayotgan mukammal ta'mirlash ishlari vaqtida kichik nosozlik yuzaga keldi. Ushbu nosozlikni bartaraf etish, taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida…
#Tezkor

⚡️ NOSOZLIK TOʻLIQ  BARTARAF ETILDI

Toshkent shahridagi 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Ayni vaqtda, Olmazor tumanining ayrim hududlaridagi iste’molchilarning elektr  ta’minoti toʻliq tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun  iste'molchilardan uzr so‘raymiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌿 Erta tongdan uyg'onganlarga, sahar-mardondan ish boshlagan mehnatsevarlarga bugungi kun muborak.

🌿 Yangi kunga mushtoq ko'nglingiz siz istagan barcha hislarga, mo''jizali tasodiflarga, g'aroyib voqealarga to'la bo'lsin Azizlar.

🌿 Assalomu alaykum!

      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ    
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 4-  iyun haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

BEKTEMIR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, bugun 4 - iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Bektemir tumani: «Bektemir», «Abay», «Ustozlar» hamda «Sohil» MFYlarining ayrim hududlarida soat 13:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
🎉 #BUGUN_TUGʻILGAN_KUN 🎉

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ jamoasi nomidan bizning hurmatli va tajribali hamkasbimiz — Valiyeva Mahfuza Toʻxtamurodovnani 60 yosh yubileyi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌹

Siz ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, halolligingiz va mas’uliyatli yondashuvingiz bilan jamoamizda katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgansiz. Yetakchi hisobchi sifatidagi samarali faoliyatingiz ko‘plab yutuqlarga zamin yaratgan.

🎂 60 yosh — bu hayotning eng barakali, eng nurli pallasidir. Sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, yana ko‘plab yutuqlar va omadlar tilaymiz! Yana uzoq yillar davomida biz bilan birga bo‘lib, o‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlarga namuna bo‘lib yurishingizni istaymiz.

Yubiley muborak! 🌟

  ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
         ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | O‘zbekiston energetika transformatsiyasi: 7 yilda 11000 megavatt yangi quvvatlar yaratildi.

—————

Факт 24 | Энергетическая трансформация Узбекистана: за 7 лет введено в эксплуатацию 11 000 мегаватт новых мощностей.

🌐 Telegram
#Sayyor_qabul
#YAKKASAROY_TETK

YAKKASAROY TUMANINING «MEROS» MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

🔹 Aholi muammolarini joyida o‘rganish va hal etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati hamda Yakkasaroy tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

💬 Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, elektr energiyasi sohasiga oid murojaatlar tinglandi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, vaqt talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📌 Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va mavjud muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram