"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.6K subscribers
34.9K photos
4.23K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#UCHTEPA_TETK

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr qurilmalarida mukammal ta'mirlash ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Xususan, tumanning «Degrez» MFY hududida joylashgan RU-0,4 kV bo'lgan past kuchlanishli TP-1853-sonli transformator punktlida mukammal tamirlash ishlari olib borildi.

🌿🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borildi.

🌿🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Respublikadagi 64 ming uy xo‘jaliklarida umumiy quvvati 223,4 MVt⋅soat bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan

2024-yilning may — dekabr oylarida elektr energiyasi iste’moli 2023-yilning shu davriga nisbatan 10,6%ga kamayib, 1,3 mlrd kVt⋅soat tejalgan.

Ilgari oyiga 10 ming kVt⋅soatdan ortiq elektr energiyasi iste’mol qilgan uy xo‘jaliklari soni ayniqsa sezilarli darajada kamaydi. 2023-yilda bunday oilalarning soni 80 mingga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 15 mingtaga kamaydi.

Tabiiy gaz iste’molida ham shunday tendensiya kuzatildi, 2024-yilda abonentlarning 58%i 500 kub metrgacha tabiiy gaz ishlatgan bo‘lsa, 2023-yilda 54%ni tashkil etgan. Shunday qilib, tariflarning oshishi asosiy iste’mol hajmining keskin o‘zgarishiga olib kelmadi.

Eng keng tarqalgan amaliyot LED-yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘lib, uy xo‘jaliklarining 87%i svetodiodli yoritishga o‘tgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respubilkasi, Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlari kabi ayrim hududlarda bunday oilalar soni 90%dan oshdi.

Uy xo‘jaliklarining 44%i, ayniqsa, Qashqadaryo (84%), Buxoro (69%) va Xorazm (54%) viloyatlarida plastik deraza va eshiklarni o‘rnatish orqali energiya samaradorligini yaxshilagan.

Respublikadagi 64 ming uy xo‘jaliklarida umumiy quvvati 223,4 MVt⋅soat bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan. Yillik ishlab chiqarish qariyb 313 mln kVt⋅soatni tashkil etadi, bu orqali 104 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi.

✍️ Batafsil

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

BEKTEMIR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 3 - iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Bektemir tumani: «Mirishkor», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Rohat» hamda «Majnuntol» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸 Assalomu alaykum.

🌸 Seshanba tongi muborak bo‘lsin, Azizlar!

🌸 Bugun ham qalbingizda xotirjamlik, ishlaringizda esa omad hamroh bo‘lsin.

🌸 Yuzingizdan tabassum arimasin!


    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 3 -  iyun haftaning seshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish uchun endi bozorga yoki do‘konga borish shart emas. Hammasini energymarket.uz elektron platformasida bajarasiz.

Platforma orqali quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun onlayn ariza yuborsangiz kifoya. Siz tanlagan mahsulotni tadbirkor uyingizga yetkazib, o‘rnatib beradi.

To‘lovlar 2 xil usulda: qurilmalar xarajatlarning 30 % gacha qismiga kompensatsiya hamda 36 oyga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi.

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Mustaqillik ko`chasi hududidagi 6-sonli ko`p qavatli uyning elektr energiyasida uzilishlar bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek TETning tezkor guruh ishchi-xodimlari yuqorida ko'rsatilgan manzilga yetib borib tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, murojaat ijobiy bartaraf etildi.

Ayni vaqtda, tumanning Mustaqillik ko`chasi hududidagi 6-sonli ko`p qavatli aholi yashash xonadonlari elektr energiyasi bilan to`liq ta`minlanganligini ma'lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI ISTE’MOLCHILAR!

Elektr energiyasi ta’minotida siz yashab turgan xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo‘layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma’lumotga ega bо‘lishni istasangiz "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" kanaliga obuna bo'ling va mazkur kanal o'rqali о‘z murojaatlaringizni yо‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tmoqchimiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" Telegram-kanalining (@HET_admin) orqali elektr ta’minoti korxonalariga ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz о‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan javob olish hamda muammoli masalalarga yechim topish imkoniyatiga ega bо‘lasiz.

Bundan tashqari, kanalimiz orqali sohadagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bо‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

🌐 Telegram| YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ!

Еще раз хотим напомнить, что со стороны АО «Региональные электрические сети» запущен Telegram-канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, где можно получить достоверную информацию о плановых или аварийных отключениях электроэнергии по адресу Вашего проживания (махалли, района или города).

Подписавшись на наш канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot,  Вы сможете без лишних телефонных звонков в электроснабжающие предприятия получить ответы на интересующие Вас вопросы от компетентных специалистов (@HET_admin), а также найти пути решения проблемной ситуации.

Кроме того, став подписчиком канала Вы всегда будете в курсе новостей и проводимых реформ в сфере электроснабжения.

Пресс-служба АО "Региональные электрические сети"

Наши
официальные каналы👇👇👇

🌐 Telegram | YouTube | Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:

I. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish

1. 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshirilsin. Bunda:

(a) yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m etib;

(b) nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m etib;

(v) kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

(i) 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;

(ii) oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;

(iii) oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m etib;

(g) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib;

(d) fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.

2. 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilsin.

II. Bazaviy miqdorlarni belgilash

3. Quyidagilar:

(a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib;

(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab:

(i) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;

(ii) bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilansin.

III. Moliyaviy resurslar

4. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.

IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat

5. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov belgilansin.

8. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

🌐 Telegram | Instagram