"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.6K subscribers
34.9K photos
4.23K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yashnobod tumani hududidagi uylarda elektr kuchlanishi pastligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ushbu holat yuzasidan Yashnobod TETning tezkor guruh ishchi-xodimlari yuqorida ko'rsatilgan manzilga yetib borib tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rildi.

Ayni vaqtda, Yashnobod tumani hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr ta'minotidagi kuchlanish me'yorida ekanlihini ma'lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 TEXNIKA XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA NAVBATDAN TASHQARI YO`RIQNOMA O`TKAZILDI!

Uchtepa tuman elektr ta'minoti korxonasida 20-maydan 20-iyungacha davom etayotgan “Xavfsizlik texnikasi” oyligi doirasida navbatdan tashqari yo‘riqnoma mashg‘uloti o‘tkazildi.

⚡️ Unda:

• Himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish,
• Ularning sozligi va amal qilish muddati,
• Texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish — asosiy mavzular sifatida ko‘rib chiqildi.

📌 Ishchi-xodimlarga mehnat jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilish har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi.


📣 Eslatma: Texnika xavfsizligi — bu qog‘ozdagi talab emas, balki inson hayoti va salomatligini saqlashga xizmat qiluvchi eng muhim omildir!



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#JARAYON
#YASHNOBOD_TETK

🌿🛠 Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, tumanning «Birlashgan» mahalla fuqarolar yig'ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-2082–sonli transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

🌿🛠 Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini yuklamasini fazalar aro teng taqsimlash, salqi simlarni taranglash, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini yangilash, sozlash ishlari olib borilmoqda
.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram