"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.6K subscribers
34.8K photos
4.22K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#CHILONZOR_TETK

⚡️ ELEKTR TARMOQLAINI YANGILASH ISHLAR JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Dasturga asosan, tumanning «Nafosat» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, past kuchlanishli 0,4 kV boʻlgan kabel tarmoqlarini tortish ishlari belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.


🌿🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#JARAYON
#CHILONZOR_TETK

⚡️ ELEKTR TARMOQLAINI YANGILASH ISHLAR JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🌿🛠 Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tumanning «Nafosat» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, past kuchlanishli 0,4 kV boʻlgan kabel tarmoqlarini tortish ishlari belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yangihayot tumani Sputnik 8, 9, 11, 12, 13-14-mavze hududlaridagi ko'p qavatli uylarda soat 19:20da elektr energiyasidan uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 29-may kuni soat 19:00 da Yangihayot tumani Sputnik mavzelari hududidagi ko'p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi SRP va Galiley taqsimlovchi qurilmalari oralig'idagi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada, yuqorida ko'rsatilgan hududlarda elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Yangihayot tuman elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu holat nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so'ng mazkur hudud soat 21:00 da elektr ta'minotiga qayta ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirib o'tilgan manzil hududlaridagi ko'p qavatli uylar to'liq elektr energiyasi bilan ta`minlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram