"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.57K subscribers
34.5K photos
4.18K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#SHAYXONTOHUR_TETK

⚡️«SHOFAYZI» MAHALLASIGA YANGI KABEL TARMOG’I TORTILMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan yoz mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, Shayxontohur tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tumanining «Shofayzi» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-2185-sonli transformator punktidan ta’minlanuvchi HL - 0,4 kVli havo elektr uzatish kabel tarmoqlarida ham rejaga asosan mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, tarmoqdagi eski alyumin similar olib tashlanib o`rniga 1,5 km uzunlikdagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi izolyastion kabel tarmoqlariga almashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌿🛠 Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan uzatmani nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, simlarni yangilash, salqi simlar tarangligi rostlash hamda tarmoqni to‘liq daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarildi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#JARAYON |⚡️ SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI «SHOFAYZI» MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

🌿🛠 Shu jumladan, Shayxontohur tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tumanning «Shofayzi» MFY hududida joylashgan xonadonlarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida TP-2185-sonli transformator punktiga ulangan 0,4 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

🌿🛠 Ta’mirlash jarayonida mavjud eskirgan alyumin simlar demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, izolyatsiyalangan va xavfsiz SIP rusumidagi kabel tarmog‘i tortildi. Umumiy uzunligi 1,5 km bo‘lgan yangi kabel tarmog‘i aholi xonadonlariga sifatli va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlaydi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Olmazor tumanidagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “V.K.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qurilish obyektini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

🌐 Telegram| Instagram | YouTube
Kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar.

—————

Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.

🌐 Telegram| Instagram
⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:

🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang

Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.

🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying

Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.

3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang

Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.

💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang

Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.

🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang

Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang

Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing

Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.

👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating

Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.

💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi

Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqish holatlarini, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida avtomatik ravishda yoki qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot va xavfsizlik chorasidir.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi va xavfsizlik kafolatidir.

🌐 Telegram | Instagram