"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.56K subscribers
34.3K photos
4.17K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#CHILONZOR_TETK 

⚡️ YANGI TARMOQ TORTISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌱🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, joylarda elektr ta’minoti yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌱🛠 Xususan, Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Qozirobod» MFY hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, yangi zamonaviy SIP rusumidagi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

🌱🛠 Malumot o`rnida, tuman hududida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz

Uzilishlarning asosiy sababi — 35/10/6 kV boʻlgan «Astronomicheskaya» podstansiyasida olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Podstansiyadagi elektr qurilmalari yillar davomida jismonan va maʼnan eskirgan. Ularni zamonaviy va xavfsiz uskunalarga almashtirish, tarmoqdagi yuklamani teng taqsimlash hamda kelgusida barqaror elektr taʼminotini bilan  ta’minlash maqsad qilingan.

Shu sababli bugun, Yunusobod hamda Mirzo Ulug'bek tumanidagi ayrim MFY larda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Ta'mirlash ishlari soat 20:00 gacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 19-22 май кунлари расмий ташрифлар билан Венгрия ва Словения Республикасида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 19-22 мая посетит с официальными визитами Венгрию и Республику Словения.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #Sloveniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️ Toshkent shahrining elektr tarmoqlari infratuzilmasini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish haqida

💡Olib borilayotgan modernizatsiya natijasida 985 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. Bu poytaxtning 130 dan ortiq mahallasidagi 200 mingdan ziyod iste’molchining elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish va avariyalar sonini o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga qisqartirish imkonini berdi. Yangilangan uskunalar yozgi yuklama yuqori bo‘lgan davrda energiya ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlaydi.

💡 Shahar elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish maqsadida 37 ta podstansiyada (umumiy sonning 44 foizi) rejali rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

⚡️Loyiha doirasida:
• 5 ta yangi podstansiya qurilib, foydalanishga topshirildi: "Yangi hayot industrial" (Yangihayot), "Toshkent siti" (Shayxontohur), "Yangi O‘zbekiston" va "Olmos" (Yashnobod), "Yunusobod siti" (Yunusobod);
• yana 32 ta podstansiya modernizatsiya qilinmoqda, ulardan 18 tasida ishlar allaqachon yakunlangan;
• 35 va 110 kV kuchlanishli 269 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli kabel liniyalari yangilandi.
• Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida joylashgan 19 ta podstansiyada modernizatsiya va quvvatlarni oshirish ishlari davom etmoqda. Shu sababli ayrim hududlarda texnologik qayta ulanishlar va ishga tushirish-sozlash tadbirlari bilan bog‘liq elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkin.
• 50-60 yildan ortiq ishlatilgan 41 ta transformator va yordamchi uskunalar almashtirildi.

⚡️ Shahar energiya tizimining asosiy uzellariga, jumladan "Astronomik" podstansiyasi kabi muhim obyektlarga alohida e’tibor qaratildi. Ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• T-2-35 kV transformatorlarini demontaj qilish, yangilash va montaj qilish;
• T-1-35 kV transformatorni almashtirish va 35 kV kuchlanishni kiritish;
• kuchlanish transformatorlari (TN-35 kV), liniya ajratkichlari (LR-35 kV), qabul qilish portallari, himoya panellari va to‘siqlarni o‘rnatish;
• kabel liniyalarini qayta yotqizish, ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU-35 kV) va taqsimlash kameralari (KRUN-10 kV) elementlarini almashtirish.

📆 Bir qator obyektlarda ishlar o‘tgan yilning kuzida boshlangan bo‘lib, hozirda yakuniy bosqichga yetmoqda. Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Читать на русском языке 🇷🇺

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌷 Assalomu alaykum!

🌷 Shanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🌷 Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lsin.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 17 -  may haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌷 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin!


🌐 Telegram
#TUGʻILGAN_KUN_MUBORAK!

Bugun, 17-may – mehnatsevar, ziyrak va fidoyi inson, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Bosh muhandisi AHMEDOV ULUGʻBEK ABDULLAYEVICHning tavallud ayyomi!

Hurmatli, ULUGʻBEK ABDULLAYEVICH!

Sizni ushbu quvonchli kun – tavallud ayyomingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz! Yana bir yilni ortda qoldirib, hayotingizda yangi bosqich sari qadam qo‘yayotgan fursatda, Sizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilaviy osoyishtalik va xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umr yo‘lingiz doimo nurli va barakali bo‘lsin!

Farzandlaringizdan yutuqlaridan baxra olib yuring. Kasbiy faoliyatingizda qilayotgan xizmatlaringiz el-yurt ravnaqi yo‘lida yana-da samarali bo‘lishiga tilakdoshmiz. Sizdek fidoyi va halol insonlar borligi – biz uchun faxr va ibrat manbaidir. Orzularingiz ro‘yobga oshsin, qalbingizda esa doimo iliqlik va shukronalik hukm sursin!


TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!👏👏👏


┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar (Tashkent_land) orqali Toshkent shahar Olmazor tumani Sag'bon-Chig'atoy chorrahasidagi svetofor ertalabdan beri ishlamayapti, ehtimol elektr ta'minotidagi uzilish tufaylidir nomli murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 17-may kuni Olmazor tumani Sag'bon-Chig'atoy chorrahasidagi yoʻl patrul xizmatiga tegishli boʻlgan tarmoqda qisqa tutashuv natijasida mazkur svetoforni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-220-sonli transformator punktidan chiquvchi past kuchlanishli kebel tarmogʻining qizib ketishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Ayni vaqtda, tuman elektr ta'minoti korxonasi hamda yoʻl patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ushbu nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur nosozlik yuzaga kelgan tarmoq tuman elektr ta'minoti korxonasi balansida emasligini maʼlum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Joriy yilning, 18-may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/6 kV kuchlanishli «Karamurutskaya» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanining: «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Bodomzor», «Boʻzsuv», «Xiyobontepa», «Obod», «Posira», «Mingchinor», «Bogʻiboʻston», «Shivli», «Mirzo Ulug'bek» hamda «Firdavsiy» MFYlarining ayrim hududlarida
soat 00:00 dan 06:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar.

—————

Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.

🌐 Telegram| Instagram
⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:

🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang

Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.

🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying

Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.

3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang

Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.

💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang

Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.

🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang

Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang

Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing

Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.

👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating

Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.

💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi

Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqish holatlarini, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida avtomatik ravishda yoki qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot va xavfsizlik chorasidir.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi va xavfsizlik kafolatidir.

🌐 Telegram | Instagram