"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.55K subscribers
34.3K photos
4.17K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
🇺🇿Toshkent shahar hokimligi tomonidan kommunal soha obyektlariga tashrifni o‘z ichiga olgan press-tur boshlandi.

📍Tadbir ishtirokchilarining ilk manzili – Yashnobod tumanida yangi barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” podstansiyasi bo‘ldi.

⚡️ Jurnalistlar va blogerlar ushbu zamonaviy 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiya bilan  tanishtirildi. “Toshkent elektr tarmoqlari” MCHJ mutaxassisi tomonidan texnik ko‘rsatkichlar, uskunalar va tizimlarning ishlash printsiplari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔌 Mutaxassisning qayd etishicha, bunday podstansiyalarning joriy yilda bir nechtasi foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ular yangi qurilayotgan uylar va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish va uzluksiz ta’minotni kafolatlashga qaratilgan muhim qadamdir.

⚡️ Shuningdek, press-tur ishtirokchilari fider qurilmalarining ishlash jarayoni va texnik xususiyatlari haqida bevosita obyekt rahbariyatidan ma'lumot olishdi.


➡️Press-tur davom etmoqda.

🌐 Telegram | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: “O‘zbekiston energetika haftaligi — 2025” doirasidagi tadbirlar.

—————

Ахборот 24: Мероприятия в рамках «Энергетической недели Узбекистана — 2025».

🌐 Telegram | Facebook | Instagram
#Xayrli_tong

🌸ASSALOMU ALAYKUM!🌸

🌟🌙GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN !🍃🌹🍃

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 16 -  may haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌷 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin!


🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

🌐 Telegram | YouTube | Instagram
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 16-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Yakkasaroy tumani: «Belariq» MFYning ayrim hududlarida soat  10:00 dan 17:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Chamanzor»  MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#JARAYON
#UCHTEPA_TETK  

⚡️ ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌱🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, joylarda elektr ta’minoti yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌱🛠 Xususan, Uchtepa tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Oʻrikzor» MFYning Bositxon 1-tor koʻchasi hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

🌱🛠 Ma'lumot o`rnida, tuman hududida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram