#Sayyor_qabul
#YANGIHAYOT_TETK
SAYYOR QABUL: YANGIHAYOT TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Hududlarda fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini joyida hal etish maqsadida Yangihayot tumanining «Al-Fargʻoniy» mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonasining mas'ul xodimlari, «Al- Fargʻoniy» MFY raisi hamda Toshkent shahar Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida aholidan elektr tarmoqlarini yangilash, elektr hisoblagichlar bilan bogʻliq muammolar hamda yangi transformator punktlarini o‘rnatish bo‘yicha 5 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 2 tasi joyida hal etildi, qolgan 3 ta murojaat yuzasidan esa tegishli choralar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabullar poytaxtimizning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM