ZILZILA OQIBATLARIDA HARAKATLAR: MIRZO ULUG‘BEK TUMANIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14–16 may kunlari «Mirzo Ulug‘bek tumanida boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari, aholi va hududlarni zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari» mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv mashqlari davomida tizim xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, shuningdek, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, avariya holatlarida hududiy boshqaruv organlarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish, mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida avariya-tiklash zahiralarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari yakunida kuzatuvchi va mas’ul mutasaddilar tomonidan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan qo‘shimcha taklif va tavsiyalar berildi.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram