"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.57K subscribers
34.5K photos
4.18K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Ertaga “Uzbekistan Energy Week 2025” boshlanadi

📍Yangi maydon: CAEx Uzbekistan / Toshkent

👇🏻Onlayn-beydjingizni bugun oling:

Power Uzbekistan 2025 - https://bit.ly/PU_uz_reg
OGU 2025 - https://bit.ly/OGU_uz_reg

—————

Завтра начинается «Uzbekistan Energy Week 2025»


📍Новая площадка: CAEx Узбекистан / Ташкент

👇🏻
Получите онлайн-бейдж уже сегодня:

Power Uzbekistan 2025 - https://bit.ly/PU_ru_reg
OGU 2025 - https://bit.ly/OGU_ru_reg

🌐 Telegram| Instagram | YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli markazida elektr uzatish kabel tarmog‘idan yongʻin sodir boʻlganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 12-may kuni Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti korxonasi tezkor brigada xodimlari tomonidan yiqorida koʻrsatilgan hududdagi fider Rossiya-1 uzatmasidan ta'minlanuvchi yer osti elektr uzatish kabel tarmog'ining shikastlangan qismini ta'mirlash maqsadida kotlavan qazilib maxsus laboratoriya tekshiruvi oʻtkazish maqsadida vaqtinchalik ish toʻxtatilgan. Maxsus laboratoriya xizmatini kutish jarayonida fider Rossiya-2 uzatmasidan ta'minlanuvchi yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv yuzaga kelgan. Mazkur yuzaga kelgan qisqa tutashuv shovqini natijasida ta'mirlash ishlari olib borilayotgan joydan oʻtib ketayotgan ayol kishi baland ovozdan qoʻrqib ketgan.

Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari zudlik bilan yordamga yetib kelgan va birinchi yordam koʻrsatilgan. Hozirda, ayol kishining ahvoli barqaror ekanligini ma’lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸 Assalomu alaykum.

🌸 Seshanba tongi muborak bo‘lsin, Azizlar!

🌸 Bugun ham qalbingizda xotirjamlik, ishlaringizda esa omad hamroh bo‘lsin.

🌸 Yuzingizdan tabassum arimasin!


    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 13 -  may haftaning seshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌷 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin!


🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Retro

Hayotning har lahzasi go'zal...

Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek boʻlib orasta,
Gul salomdan koʻtaradi bosh.

Hovli goʻyo yuvilgan chinni,
Yoʻllar goʻyo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak.

Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat...

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Anvar Obidjon,
Oʻzbekiston xalq shoiri


🌐
Telegram
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 13-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani: «Ahil» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Mirobod tumani: «Furqat» MFYning ayrim hududlarida soat  10:00 dan 17:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Oʻrikzor»  MFYning ayrim hududlarida soat 11:00 dan 17:30 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2025” o‘z ishini boshladi.

—————

«Энергетическая неделя Узбекистана — 2025» начала свою работу.


🌐 Telegram | YouTube | Instagram