"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.57K subscribers
34.5K photos
4.18K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA TARG`IBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va «kompleans-nazorat» bo'limi rahbari O.Yaxshiyev tomonidan, Chilonzor tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari bilan korrupsiya va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.


Uchrashuv davomida mas`ullar tomonidan barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq va kasb etika qoidalariga rioya qilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 1000 so‘mdan sotib olinadi

“Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt⋅soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning I choragida 12 746 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8 mlrd 147 mln so‘m davlat byudjetidan subsidiya oldi.

🌐 Telegram | YouTube | Instagram
#JARAYON
#UCHTEPA_TETK

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr qurilmalarida mukammal ta'mirlash ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Xususan, tumanning «Farhod» MFY hududida joylashgan RU-10 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli TP-1915-sonli transformator punktlida mukammal tamirlash ishlari olib borilmoqda.

🌿🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram