"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.53K subscribers
34K photos
4.14K videos
16 files
17.1K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
APREL OYIDA KOMPLAYENS NAZORAT TUZILMALARI XODIMLARI TOMONIDAN  23 MLRD. SО‘MDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

Ma’lumki, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar kо‘rish yuzasidan tadbirlar о‘tkazilmoqda.

Xizmat xodimlari tomonidan  joriy yilning  aprel oyi davomida о‘tkazilgan  reyd tadbirlari davomida qiymati 23,7 mlrd. sо‘mlik 20,7 mln. kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Tо‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.

🌐 Telegram | Instagram | X | het.uz
#JARAYON
#PS_LAFARGA

⚡️YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди ҳамда "Хотира нури" композицияси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию памятника "Ода стойкости", ознакомился с композицией "Свет памяти".

#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #Galaba

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#FaxriylarFaxrimiz

🔥🇺🇿«Xotira va qadrlash kuni» — ulug'vor o'tmishni yod etish, fidoyilarni qadrlash, tinchlikning naqadar bebaho ne'mat ekanini anglash kunidir

Yurt tinchligi, osmon musaffoligi va bugungi farovon hayotimizning asosida ko'plab fidoyilarning jasorati, sabr-matonati va beqiyos jasoratlari yotadi. Ikkinchi jahon urushi maydonlaridan omon qaytgan, og'ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan faxriylarimizga yuksak ehtirom ko'rsatish – bugungi kunda ham davlatimizning doimiy e'tiborida.

Shu ma'noda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati nomidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.N. Nuritdinxodjayev «Buyuk Turon» mahallasi, Markaz-2, 23-uy, 64-xonadonda istiqomat qilayotgan ulug` vatan urushi faxriysi Murina Vera Vasilevnani 9-may — «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan qutlash uchun uyiga bordi.

Urushda mardlik bilan ishtirok etgan Vera Vasilevnaga hurmat-ehtirom ko`rsatildi. Uning mayus, ammo shukronalik bilan to'lgan nigohlarida kechgan hayotning og'ir onlari, urushning dahshatli izlari va bir umrlik sabr ko'zga yaqqol tashlanardi. Uning diqqatga to'la va mayus nigohlarida kechgan umrning og'ir sahifalari, urush azoblari va qiyinchiliklari namoyon edi. Ammo shu bilan birga, bugungi tinchlik uchun shukrona ham bor edi.

Vera Vasilyevna yaqin kunlarda 102 yoshni qarshi oladi. Uning buyuk jasorati, G‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz. Mustahkam sog‘lik va eng ezgu tilaklarni tilaymiz!


Hech kim unutilmaydi, hech narsa unutilmaydi!

Faxriylarimiz — faxrimiz, g'ururimiz!

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram