"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.54K subscribers
34K photos
4.14K videos
16 files
17.1K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#MIROBOD_TETK

SAYYOR QABUL: MIROBOD TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALALARI KOʻRIB CHIQILDI

Hududlarda fuqarolarning elektr ta’minoti masalalarini o‘rganish va ularni joyida hal etish maqsadida Mirobod tumanining «Abdurauf Fitrat» MFY binosida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati va tuman elektr ta’minoti mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida aholidan elektr tarmoqlarini yangilash, tayanch ustunlarni almashtirish va yangi transformator punktlarini o‘rnatish bo‘yicha 5 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Shundan 3 tasi joyida hal etilib, 2 tasi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar belgilangan jadval asosida hududlarda davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 17-mavze Yunusota koʻchasi hududidagi piyodalar yoʻlagi chetida turgan tuproq TETK tomonidan yuqori kuchlanishli yer osti kabel oʻtkazish uchun kavlab koʻmilgandan soʻng qoldirib ketilgani hanuzgacha olib ketilmaganligi va bu yogʻingarchilik vaqtida noqulaylik keltirayotgani haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Yuqorida keltirib o'tilgan manzildagi murojaat jamiyat tomonidan nazoratga olinganligini hamda tez orada mazkur muammo joyiga chiqqan holda oʻrganilib ijobiy yechim topishini ma'lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸 Assalomu alaykum!

🌸 Xayrli tong, Azizlar!

🌸 Yangi kuningiz quvonchga, yuragingiz esa ezgulikka to‘lsin.

🌸 Har bir tong sizga yangi umid, yangi imkoniyat olib kelsin!


      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 8 -  may haftaning payshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌷 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin!


🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

MIRZO ULUG‘BEK TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 8-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Mirzo Ulug'bek tumani: «Amir Temur», «Temuriylar» hamda «Alisherobod» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.)ga muvofiq 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.


🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 8 - may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Yunusobod tumani: «Otchopar-1», «Shaxriston», «G`ayratiy», «Yunusobod», «Anorzor», «Akbarobod», «Husniobod», «Bog`ishamol», «Bog`ieram», «Uchqahramon», «Islomobod», «Yangi bog`», «Ahilobod», «Sevinch», «Yunus ota», «O`zbekiston Mustaqilligi», «Ahmad Donish», «Muruvvat», «Xalqabog`», «Bobodehqon», «Uvaysiy», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Adolat», «Billur», «Barhayot», «Kulol Qo`rg`on», «Mingchinor» hamda «Qo`shchinor» MFYlarsining ayrim hududlarida soat 14:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
APREL OYIDA KOMPLAYENS NAZORAT TUZILMALARI XODIMLARI TOMONIDAN  23 MLRD. SО‘MDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

Ma’lumki, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar kо‘rish yuzasidan tadbirlar о‘tkazilmoqda.

Xizmat xodimlari tomonidan  joriy yilning  aprel oyi davomida о‘tkazilgan  reyd tadbirlari davomida qiymati 23,7 mlrd. sо‘mlik 20,7 mln. kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Tо‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.

🌐 Telegram | Instagram | X | het.uz
#JARAYON
#PS_LAFARGA

⚡️YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram