"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.48K subscribers
34K photos
4.12K videos
16 files
17K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-daha hududidagi Ma`daniyat uyi qarshisida elektr kabeli ochiq holda qoldirib ketilganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Yunusobod tumanining 14-daha hududidagi Ma`daniyat uyi qarshisida ochiq holatda turga yer osti elektr uzatish kabel tarmog'ida kuchlanish mavjudmasligini, eski yaroqsiz holda ekanligi aniqlandi hamda joyida uzib olib tawlandi.

Ayni vaqtda, Yunusobod tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqorida ko'rsatilgan manzil hududidagi kuchlanishsiz eski kabellar olib tashlanganligini ma'lum qilamiz.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
#JARAYON
#PS_KARAMURUTSKAYA

⚡️YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#xorij_xabarlari / #yashil_transport

AQShda elektromobillar elektr energiyasi iste’molini deyarli 70 foizga oshirdi

AQShda 2025-yilning dastlabki ikki oyi yakunlariga ko‘ra, elektromobillar va gibrid avtomobillar tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talab 69 foizga oshib, 2,9 milliard kVt⋅soatga yetdi. Taqqoslash uchun: 2023-yilda Lyuksemburgda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,3 milliard kVt⋅soatni tashkil etgan.

Energetika axborot boshqarmasi (EIA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-fevral oylarida elektr energiyasi iste’molining 78 foizi elektromobillar, 22 foizi esa gibrid avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Boshqa shtatlarga kelsak, elektr energiyasiga talabning 51 foizi Kaliforniya, Florida, Texas, Nyu-York va Vashington shtatlaridagi elektromobil egalariga, 49 foizi esa qolgan hududlarga to‘g‘ri kelgan.

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy
tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-mavze «Astrobod» MFY hududidagi 17-sonli ko`p qavatli aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi transformator punktiga yuridik iste`molchilar tomonidan qo`shimcha yuklama ulanayotganligi haqidagi e`tirozli murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat bo`yicha shuni ma`lum qilamizki, murojaatda ko'rsatilgan kabellar yuridik iste'molchilarning rasmiylashtirilgan xat-hujjatlari va loyiha smetalari asosida 10 kVli kabel tarmog`iga ulanadi. Yuqorida keltirilgan manzilda ko`rsatilgan hududdagi ko`p qavatli aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-2574-sonli transformator punktiga qo`shimcha yuklama ulanmasligini va bu holat aholi iste`molchilariga elektr energiyasi yetkazib berish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
2025-YIL 1-MAY KUNIDAN AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN ELEKTR ENERGIYASI TARIFLAR HISOBI HAQIDA MA’LUMOT

🌐 Telegram | YouTube | Instagram
О РАСЧЕТЕ ТАРИФОВ ЗА ЭЛЕКТРОЭНЕРГИЮ, УСТАНОВЛЕННЫХ С 1 МАЯ 2025 ГОДА ДЛЯ БЫТОВЫХ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ (НАСЕЛЕНИЕ)

🌐 Telegram | YouTube | Instagram
#JARAYON
#PS_LAFARGA