"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.49K subscribers
33.8K photos
4.1K videos
16 files
16.9K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
«Toshkent IES» va 110/6 kV «DOK» podstansiyalari oralig`idagi L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog’ini yangilash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan,bu boradagi ishlarga 60 ga yaqin maxsus texnika, 6 ta brigada va 132 nafardan ortiq ishchi-xodimlar jalb qilingan bo`lib, mazkur jarayonda uzunligi 21 672 metr bo`lgan havo elektr uzatish kabel tarmog`i yangisiga almashtiriladi.

Mazkur ishlar elektr energiyasi uzatish jarayonidagi yo‘qotishlarni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish xavfsizligini oshirish hamda uzoq muddatli ishonchli faoliyatni ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
24-25-aprel kunlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tizim xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkaziladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Askarov tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan sport bayramida Jamiyat tizim korxona va tashkilotlarining jami 18 ta hamda rasmiy mehmon sifatida sohaga malakali kadrlar yetishtirib berayotgan Islom Karimov nomidagi TDTU va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalaridan iborat jamoalari ishtirok etadi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz