"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
6.08K subscribers
42.2K photos
5.49K videos
16 files
20.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
E-mail: info@toshetk.uz
Call center(7/24): 1154
Murojaat uchun: @Tosh_shah_ETK_admin

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk
Download Telegram
#JARAYON
#OLMAZOR_TETK

🍀🛠 Olmazor tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «Ziyo» mahalla fuqarolar yig'ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-3109–sonli transformator punkti tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan mukammal ta’mirdan chiqarildi.

🍀🛠 Ta’mirlash jarayonida transformator punktida bo‘yoqlash, montaj ishlari amalga oshirildi, nosoz elektr jihozlari almashtirildi hamda moy sathi belgilangan me’yor darajasiga keltirildi.

🍀🛠 Mazkur ishlar hududda elektr ta’minotining barqarorligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

🍀🛠 Ayni paytda boshqa hududlarda ham elektr qurilmalari va uzatish tarmoqlarini ta’mirlash hamda modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi

O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.

– Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt!

– dedi davlatimiz rahbari.

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.

Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.


Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

KIBERFIRIBGARLARDAN OGOH BOʼLING!

Soʼnggi vaqtlarda Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining telefon raqamlariga xorijdan shubhali qoʼngʼiroqlar boʼlishi koʼp kuzatilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan oʼtkazilgan tahlillar natijasida quyidagilar aniqlandi.

Xususan:
- bunday qoʼngʼiroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Firibgarlar ushbu tizimlar yordamida oʼzlarining haqiqiy raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini koʼrsatishlari mumkin;

- ular qoʼngʼiroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalashtirib qoʼyganliklari bois, mobil kompaniyalar tizimida bu qoʼngʼiroqni kim va qaerdan amalga oshirganligini aniqlash mushkul;

- bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda hech qanday maʼlumot boʼlmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qoʼngʼiroq paytida soxtalashtirilgan va vaqtinchalik raqamlar ekanligini anglatadi.

Taʼkidlash joizki, shubhali qoʼngʼiroqlar abonentlar uchun quyidagi xavflarni yuzaga keltiradi:
- bunday xorijiy raqamlarga qoʼngʼiroq qilish telefon balansidagi mablagʼning yechib olinishiga sabab boʼladi;

- firibgarlar oʼzlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi;

- goʼshakni koʼtarish raqamingizning “faol” ekanligini bildiradi va natijada sizga boʼladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi;

- sizning ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sunʼiy intellekt yordamida soxtalashtirish orqali yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmaslik uchun notanish va shubhali chet el raqamlaridan boʼlayotgan qoʼngʼiroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qoʼngʼiroq qilmaslik, ushbu raqamlarni bloklash hamda shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga oshkor qilmaslikni tavsiya etamiz.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtlarida ehtiyot choralariga qat’iy amal qiling


Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz:

Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;

Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;

Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;

Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning;

Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang.


Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

⚡️ Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌱🌱 Assalomu alaykum, xayrli tong Azizlar!

🌱🌱 Murodbaxsh chorshanba tongingiz xayrli boʻlsin!

🌱🌱 Umrimizning yana bir qaytarilmas tongi muborak boʻlsin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌦 🌱🌱 🔤🌱🌱🌱 haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌱 🌱 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

➡️Xalqparvar

Ushbu ijtimoiy rolik bir nafas to‘xtab, mulohaza qilishimiz uchun...


Bugun davlat xizmati uchun millionlar ichidan biz tanlandik! Kimdir uchun "davlat xizmati" shunchaki tushuncha! Lekin turli sohalarda sadoqat bilan ishlayotgan kadrlar bu sohaning zalvorini, sharafli yo‘l ekanligini yaxshi anglashadi.  Bugun shunday yuzlab, minglab davlat xizmatchilari sabab, turmushimiz farovon!

Ba’zan, go‘yoki hammasi avval ham bo‘lgan yoki bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz. Aslida bularning tagida minglab davlat xizmatchilarining ko‘rinmasdek tuyulgan mehnati mujassam bo‘ladi. 

Hurmatli davlat xizmatchisi, ushbu videorolik sizni yangi maqsadlar, yanada rivojlanish, xalqimiz bilan hamfikr bo‘lib, shijoat bilan ishlashga undashiga ishonamiz!

🛎 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 💙💙💙

⚡️YASHNOBODDA SAYYOR QABUL O'TKAZILADI!!!

Bugun, 🌱🌱🔤🌱🌱🌱kuni soat 10 :30 da sayyor qabul o'tkaziladi:

📍«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati hamda tuman elektr ta'minoti korxonasining mas'ul xodimlari ishtirokida «Mohirlar» MFY binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul boʻlib oʻtadi.

 
📣 Qabulda iste’molchilarning elektr ta’minotiga oid murojaat va takliflari o‘rganib chiqiladi.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari #bu_qiziq

👨‍👩‍👧‍👦Xitoyda quyosh botgach ham 6 soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiya qurilmoqda

Loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, oftob nurini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan an’anaviy panellar o‘rniga maxsus moy bilan to‘ldirilgan yoysimon ko‘zgular o‘rnatiladi.

“Samarador quyosh energiyasi” texnologiyasi deb atalayotgan bu yondashuvda, ko‘zgular quyosh nurini yig‘ib, tizimdagi moyni qizdiradi. Qizigan moy esa, o‘z navbatida, qum bilan to‘ldirilgan ulkan rezervuarni isitishga xizmat qiladi. Odatda an’anaviy quyosh panellari quyosh botganda yoki bulutli havoda energiya ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Yangi stansiya esa oftob issiqligini zaxiralab, kech tushgach ham 6 soatgacha elektr energiyasi hosil qila oladi.

2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur loyiha yiliga 719 mln kVt·soat toza energiya ishlab chiqarib, atmosferaga 652 ming tonnadan ziyod zararli moddalar chiqarilishining oldini oladi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Hurmatli dehqon va fermer xo‘jaliklari! Mavsumiy agrotadbirlarni amalga oshirishda magistral elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga oid talab va qoidalarga qat’iy rioya eting!

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga yaqin hududlarda joylashgan ekin maydonlarida mavsumiy agrotadbirlarni olib borishda alohida e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz: Magistral elektr uzatish tarmoqlari va porstansiyalarining muhofaza zonalarida chiqindilarni to‘plash, olov yoqish qat’iyan taqiqlanadi.

Mazkur talablar Vazirlar Mahkamasining 1050-son qarori — “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjatga muvofiq belgilangan.

Xususan:
– 35 kV
kuchlanishli tarmoqlar uchun — 15 metr;
– 110 kV
kuchlanishli tarmoqlar uchun — 20 metr;
– 220 kV
kuchlanishli tarmoqlar uchun — 25 metr;
– 500 kV
kuchlanishli tarmoqlar uchun — 30 metr.

Qarorga ko‘ra, elektr tarmoqlari obyektlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida muhofaza zonalarida ekologik zarar yoki yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi har qanday harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

⚖️ SUG‘URTA TASHKILOTLARI DIQQATIGA❗️

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24-iyundagi 177-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tajribali va maxsus litsenziyaga ega sug`urta tashkilotlarini hamkorlikka taklif etadi.

🤝 Hamkorlik qilish istagini bildirgan barcha sug`urta tashkilotlari «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJga 5 kun muddat ichida o`z takliflarini berishlarini so`raymiz.

🗺Lokatsiya ➡️ toshshetk

✉️ Pochta manzilimiz:

100007, Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek ko'chasi, 30-uy.

📞 Telefon: +99871 268-44-08

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muofiqdir.

Unutmang, energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy g‘alabasi bilan tabrikladi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

📖 Uyingizni kitob bilan nurga to'ldiring...

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

OQTEPA KANALI BO‘YIDA OLIB BORILGAN QAZISH VA TA’MIRLASH ISHLARI TO‘LIQ YAKUNLANIB, HUDUDNING YO‘L QOPLAMASI TO‘LIQ TIKLANDI

Ijtimoiy tarmoq orqali Shayxontohur tumani hududidagi (Seul ko‘chasi, Oqtepa kanali bo‘yi) piyodalar yo‘lagi qismida olib borilgan qazish ishlari yuzasidan murojaat e’lon qilindi.

Mazkur holat «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, mazkur hududdagi iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 35 kV kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirilgan. Mazkur tarmoqni ishga tushirish jarayonida zarur texnik tadbirlar olib borilgan bo‘lib, ushbu jarayon doirasida yo‘l qismida vaqtinchalik qazish ishlari bajarilgan.

Hozirgi kunga kelib, barcha ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan. Qazilgan hududlar belgilangan tartibda tiklanib, yo‘l qismi asfalt qoplamasi bilan qayta ta’mirlandi.

Hurmatli iste'molchilar!

Joylarda amalga oshirilayotgan mazkur ishlar elektr ta’minoti sifatini oshirshga qaratilgan bo‘lib, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌱🌱 Assalomu alaykum!

🌱🌱 Payshanba tongi barchamiz uchun fayzli va barakali boshlansin!

🌱🌱 Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa umid arimasin.

      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM