"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.98K subscribers
42.6K photos
5.55K videos
16 files
20.5K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
E-mail: info@toshetk.uz
Call center(7/24): 1154
Murojaat uchun: @Tosh_shah_ETK_admin

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk
Download Telegram
#JARAYON
#OLMAZOR_TETK

💡 ZAMONAVIY TAYANCHLAR O‘RNATILMOQDA

🍀🛠 Olmazor tumani «Qo‘shtut» MFY hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida eski yog‘och ustunlar o‘rniga yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda.

🍀🛠 Ishlar reja asosida jadal davom etmoqda.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar

Har bir murojaat e’tiborda: elektr tarmoqlari yangilanmoqda


Prezidentimiz rahbarligida 2026-yil 13-mart kuni “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida 1000 km elektr tarmoqlarini tortish, 7000 dan ortiq temir-beton tayanchlarni yangilash hamda 123 dona transformator o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jamiyat tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan 33 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Ayni paytda dasturda belgilangan vazifalarni tezkor va sifatli bajarish maqsadida hududlarga zarur jihoz va uskunalarni yetkazib berish ishlari boshlab yuborildi.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT TEZKOR IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yashnobod tumani yer usti metro liniyasining 4-Bekat va 5 - Bekat oralig'ida (Ohangaron shossesi)da piyodalar yoʻlagi ustida kabel tarmogʻi osilib qolganligi, bu holat yo'lovchilar uchun xavfli ekanligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

O‘rganish jarayonida Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan yetib borilib, hudud to‘liq ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv natijasida aniqlanishicha, mazkur kabel tarmog‘i tuman elektr ta’minoti korxonasiga tegishli emas.

Shunga qaramay, yuzaga kelgan xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida, TETKning tezkor brigada xodimlari tomonidan ushbu kabel tarmog‘i olib tashlanib, hudud to‘liq xavfsiz holatga keltirildi.

Ma’lum qilamizki, yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha murojaat qisqa muddatda to‘liq va ijobiy hal etildi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
#CHILONZOR_TETK

☘️🛠 Chilonzor tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, joylarda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

☘️🛠  Xususan, tumanning «3-Katta Chilonzor» MFY hududidagi transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur taʼmirlash ishlarida transformator punktidagi montaj qismlarini yangilash, moy sathini me'yor holga keltirish, bo‘yoqlash hamda estetik holatini yaxshilash ishlari bajarilmoqda.

☘️🛠  Olib borilayotgan ta'mirlash ishlari natijasida hududdagi 400 dan ortiq iste’molchilar sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olishga xizmat qiladi.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 11-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухару.

По приглашению главы нашего государства Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 11 апреля посетит нашу страну с рабочим визитом. В рамках программы в Бухаре пройдут переговоры на высшем уровне и другие мероприятия.

#Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

“Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filialida ASKUE guruhi boshlig'lari, muhandislari va dispetcher yo'nalishi xodimlar uchun muqobil energiya manbaalarini rivojlantirish yuzasidan “Ochiq dars” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida zarur bilimlarni oshirdilar.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_ELON

YASHNOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Ertaga, 11 - aprel kuni soat 00:00 dan soat 02:00 gacha Toshkent shahar Yashnobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Yashnobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10/6 kV kuchlanishli «Vodil» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

Yashnobod tumanining: «Doʻstobod», «Fidoyilar», «Mashinasozlar», «Boyqoʻrgʻon» hamda «Choʻlpon» MFYlarining ayrim hududlarida.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz
.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev eski Buxoroda bo‘ldi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил старую Бухару.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Buxorodagi bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Глава нашего государства ознакомился со строительными проектами в Бухаре.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌱🌱 Assalomu alaykum!

🌱🌱 Shanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

🌱🌱 Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌤 🌱🌱 🔤🌱🌱🌱 haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌱 🌱 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM