"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
6.04K subscribers
42.3K photos
5.5K videos
16 files
20.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
E-mail: info@toshetk.uz
Call center(7/24): 1154
Murojaat uchun: @Tosh_shah_ETK_admin

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk
Download Telegram
KASABA UYUSHMASI KONFERENSIYASI: NATIJALAR VA USTUVOR VAZIFALAR

➡️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kasbiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat korxonada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xodimlar manfaatlarini himoya qilish va o‘zaro majburiyatlarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️Shu nuqtayi nazardan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi yuqori tashkiliy saviyada tashkil etildi. Tadbirda soha vakillari, jamiyat rahbariyati, kasaba uyushmasi tashkiloti mas’ullari hamda hududlardan saylangan delegatlar ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, jamiyat rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan jamoa shartnomasining ijrosi yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi.


➡️Hisobotlarda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, rag‘batlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar keng qamrovda yoritildi.

➡️Tahlillarga ko‘ra, 2025-yil davomida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida sezilarli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 47 nafar ishchi-xodimlarning farzandlari «VEST KAMP», «Konstruktor», «Ugam» va «Anor» bolalar dam olish oromgohlarida sog‘lomlashtirildi. Yil davomida bo‘lib o‘tgan konsert dasturlarida xodimlar maroqli hordiq chiqardilar. Bundan tashqari, bayram sanalari munosabati bilan kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

➡️Shuningdek, jamoa a’zolari uchun ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlariga sayohatlar tashkil etilgani xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoaviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilgani ta’kidlandi. Konferensiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi. Savol-javoblar jarayonida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim dolzarb masalalar ham ko‘tarilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.


✍️Yakunda, jamoa shartnomasida belgilangan vazifalarning 2025-yildagi ijrosi qoniqarli deb baholandi. Shu bilan birga, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor chora-tadbirlar belgilab olinib, ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash asosiy vazifalar sifatida qayd etildi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KASABA UYUSHMASI KONFERENSIYASI: NATIJALAR VA USTUVOR VAZIFALAR

✏️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat hisoblanadi.

➡️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi. Unda jamiyat rahbariyati, kasaba uyushmasi vakillari va delegatlar ishtirok etdi.

➡️Yig‘ilishda jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglanib, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

➡️Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda 47 nafar xodimlarning farzandlari dam olish oromgohlarida sog‘lomlashtirildi, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatildi hamda xodimlar uchun ichki turizm yo‘nalishida sayohatlar tashkil etildi.

✍️ Konferensiya yakunida jamoa shartnomasi ijrosi qoniqarli deb baholanib, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KASABA_UYUSHMASI_KONFERENSIYASI_NATIJALAR_VA_USTUVOR_VAZIFALAR