"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
6.08K subscribers
42.2K photos
5.49K videos
16 files
20.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
E-mail: info@toshetk.uz
Call center(7/24): 1154
Murojaat uchun: @Tosh_shah_ETK_admin

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Axborot 24  |“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida "Hududiy elektr tarmoqlari”  AJ  Boshqaruv raisining  talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilari bilan  ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tafsilotlari bilan  “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌱🌱 Assalomu alaykum!

🌱🌱  Seshanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

🌱🌱 Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni a'lo kayfiyat tark etmasin!

      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ        
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌱 🔤🌱🌱🌱 haftaning seshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🌱 🌱 Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin.

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholi bilan samarali muloqot qilish hamda iste’molchilar murojaatlariga tezkor javob qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tizim orqali yashash hududingizda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, murojaatingizni bevosita hududiy rahbarlarga yuborishingiz mumkin.

Yuborilgan murojaat hudud rahbari tomonidan shaxsan nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tegishli javob taqdim etiladi.

Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga kiruvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining murojaatlarni yuborish uchun aloqa botlari hamda guruh administratorlari manzillari keltirilgan.

Shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yoki mazkur sohaga oid taklif va mulohazalaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram messenjeridagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanali orqali ham yuborishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
@HET_admin
📞 1154

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Har bir murojaat — biz uchun muhim!

Sizning har bir murojaatingiz — bizning diqqat markazimizda. Elektr ta’minoti bilan bog‘liq har qanday muammo, taklif yoki savollaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 Call-markaz operatorlari 24 soatlik ish rejimida qabul qiladi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JAMOATCHILIK MUHOKAMASI VA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

➡️Toshkent shahar hokimligida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan jamoatchilik muhokamasi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbirda “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari, soha vakillari, OAV hamda jamoatchilik ishtirok etdi. Unda poytaxt transport tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yirik loyihalar — tezyurar avtobus tizimi (BRT)ni joriy etish va “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati hududida zamonaviy yo‘l o‘tkazgichi qurilishi masalalari taqdim etildi.

➡️ Muhokama davomida BRT tizimining asosiy afzalliklari, jumladan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklar, yo‘nalishlarning shaharning asosiy arteriyalarini bog‘lashi, transport oqimlarini qayta taqsimlash imkoniyati va harakat tezligini oshirish kabi jihatlar atroflicha tushuntirildi.

➡️ Shuningdek, shaharning eng tirband nuqtalaridan biri hisoblangan chorrahada ikki bosqichli yo‘l o‘tkazgichi qurilishi rejalari, uning o‘tkazuvchanlikni oshirish, harakat tezligini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgani ta’kidlandi.

✍️Tadbir davomida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Bildirilgan fikrlar loyihalarni yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olinishi qayd etildi.

_____

СОСТОЯЛИСЬ ОБЩЕСТВЕННОЕ ОБСУЖДЕНИЕ И ПРЕСС-КОНФЕРЕНЦИЯ


➡️В хокимияте города Ташкента состоялись общественное обсуждение и пресс-конференция, посвящённые развитию дорожной инфраструктуры столицы.

➡️ В мероприятии приняли участие АО “Toshkent Invest Kompaniyasi”, специалисты Центра организации дорожного движения, представители профильных организаций, СМИ и жители города. Были представлены ключевые проекты, направленные на модернизацию транспортной системы, включая внедрение системы BRT и строительство новой транспортной развязки в районе метро «Буюк Ипак Йўли» .

➡️В ходе обсуждения были подробно раскрыты преимущества BRT, в том числе организация выделенных полос для общественного транспорта, повышение скорости и предсказуемости передвижения, а также снижение нагрузки на основные магистрали.

➡️Особое внимание было уделено проекту новой развязки, которая позволит существенно сократить время проезда, увеличить пропускную способность и повысить безопасность дорожного движения.

✍️В ходе мероприятия журналисты и жители получили развернутые ответы на интересующие вопросы. Все озвученные предложения будут учтены при дальнейшей реализации проектов.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

🇺🇿 Poytaxtning yagona dizayn-kodini joriy etish va qo‘llashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda Toshkent shahar hokimligi,  “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ rahbariyati va mutaxassislari, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Davlat arxitektura-qurilish nazorati idoralari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

🟢 Matbuot anjumani davomida dizayn-kod konsepsiyasi, uning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati taqdim etildi. Unda shahar muhitini yaxlit, estetik va tartibli shakllantirish, tashqi ko‘rinish, peshlavha va reklama joylashtirish, fasadlar va jamoat makonlarini tartibga solish bo‘yicha asosiy yondashuvlar muhokama qilindi.

🟢 Shuningdek, dizayn-kodni ishlab chiqish asoslari, uni joriy etish bosqichlari va mexanizmlari, tarixiy muhitni saqlash, obodonlashtirish standartlari hamda jamoat makonlarini rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🪶  Tadbir davomida jurnalistlar, jamoatchilik vakillari va biznes hamjamiyati tomonidan bildirilgan savol va takliflarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Bildirilgan fikrlar kelgusidagi ish jarayonida inobatga olinishi ta’kidlandi.

_____

В ТАШКЕНТЕ ОБСУДИЛИ ВНЕДРЕНИЕ ЕДИНОГО ДИЗАЙН-КОДА

🇺🇿  Состоялась пресс-конференция, посвящённая внедрению и применению единого дизайн-кода города.

🟢 В мероприятии приняли участие руководство и специалисты хокимията столицы,  АО Toshkent Invest Kompaniyasi, представители Центра организации дорожного движения, Главного управления архитектуры и строительства, органов государственного архитектурно-строительного надзора, а также профильные эксперты.

🟢 В ходе пресс-конференции была представлена концепция дизайн-кода, его содержание и практическое значение. Обсуждались подходы к формированию целостной и эстетически упорядоченной городской среды, регулированию внешнего облика зданий, размещению вывесок и рекламы, а также организации общественных пространств.

🟢Также были освещены вопросы нормативно-правового регулирования, этапов внедрения, механизмов реализации, сохранения исторической среды и стандартов благоустройства.

🪶 В ходе мероприятия журналисты, представители общественности и бизнеса получили развернутые ответы на интересующие вопросы. Озвученные предложения будут учтены в дальнейшей работе.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT TEZKOR IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mironod tumani Mehrjon ko`chasida kabel trotuarda osilib turganligi, bu holat yo'lovchilar uchun xavfli ekanligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xususan, Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadasi murojaatda ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, hududni atroflicha ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, vaqtinchalik qurilish ishlari davomida iste’molchiga tegishli bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘i texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda tortilgani sababli, kabel trotuar hududida osilib qolgan. Mazkur xavfli holatni bartaraf etish maqsadida elektr simlari olib tashlanib, muammo shu kunning o‘zidayoq to‘liq bartaraf etildi.

Hozirda mazkur manzilda elektr ta’minoti tizimi xavfsizlik talablariga muvofiq holatga keltirilgan bo‘lib, murojaat tezkor va ijobiy hal etilganini ma’lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KASABA UYUSHMASI KONFERENSIYASI: NATIJALAR VA USTUVOR VAZIFALAR

➡️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kasbiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat korxonada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xodimlar manfaatlarini himoya qilish va o‘zaro majburiyatlarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️Shu nuqtayi nazardan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi yuqori tashkiliy saviyada tashkil etildi. Tadbirda soha vakillari, jamiyat rahbariyati, kasaba uyushmasi tashkiloti mas’ullari hamda hududlardan saylangan delegatlar ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, jamiyat rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan jamoa shartnomasining ijrosi yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi.


➡️Hisobotlarda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, rag‘batlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar keng qamrovda yoritildi.

➡️Tahlillarga ko‘ra, 2025-yil davomida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida sezilarli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 47 nafar ishchi-xodimlarning farzandlari «VEST KAMP», «Konstruktor», «Ugam» va «Anor» bolalar dam olish oromgohlarida sog‘lomlashtirildi. Yil davomida bo‘lib o‘tgan konsert dasturlarida xodimlar maroqli hordiq chiqardilar. Bundan tashqari, bayram sanalari munosabati bilan kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

➡️Shuningdek, jamoa a’zolari uchun ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlariga sayohatlar tashkil etilgani xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoaviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilgani ta’kidlandi. Konferensiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi. Savol-javoblar jarayonida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim dolzarb masalalar ham ko‘tarilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.


✍️Yakunda, jamoa shartnomasida belgilangan vazifalarning 2025-yildagi ijrosi qoniqarli deb baholandi. Shu bilan birga, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor chora-tadbirlar belgilab olinib, ijtimoiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash asosiy vazifalar sifatida qayd etildi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KASABA UYUSHMASI KONFERENSIYASI: NATIJALAR VA USTUVOR VAZIFALAR

✏️O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat hisoblanadi.

➡️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJda 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi. Unda jamiyat rahbariyati, kasaba uyushmasi vakillari va delegatlar ishtirok etdi.

➡️Yig‘ilishda jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan hisobotlar tinglanib, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

➡️Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda 47 nafar xodimlarning farzandlari dam olish oromgohlarida sog‘lomlashtirildi, kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatildi hamda xodimlar uchun ichki turizm yo‘nalishida sayohatlar tashkil etildi.

✍️ Konferensiya yakunida jamoa shartnomasi ijrosi qoniqarli deb baholanib, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM