"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
4.92K subscribers
30.1K photos
3.61K videos
16 files
15.6K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik
#YUNUSOBOD_TETK

YUNUSOBODDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi istemolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Turkqo`rg`on» MFYning A.Po`lat va A.Rahmat ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, 110/35/10 kVli «Sayilgoh» podstansiyasidan chiquvchi TP-729 hamda TP-4697-sonli transformator punktlari oralig'idagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarini yangilash maqsadida, uzunligi 2 kmga yaqin bo`lgan quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yangi kabel tarmoqlariga almashtirish amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

🌿🛠 Bu boradagi ishlar hali yakunlangani yo'q. Elektr energiyasi bo'yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong
                           
🌟🌙 Qutlug' JUMA ayyomi jumlai- jahon mo'min musulmonlarga muborak bo'lsin!

🌿 Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari mustajob bo'lsin.

🌿 Qalblarimizni o'zining muhabbati bilan shod aylasin!

🌟🌙 Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin, Azizlar!

🌿 Assalomu alaykum!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 2 - avgust haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 2 - avgust kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirildi:

Yunusobod tumani: «Posira», «Obod», «Oqtepa», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Mehnatobod», «Beg`ubor» hamda «Bobodehqon» MFYlarining ayrim hududlarida soat 24:00 dan 12:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Bog`bon» MFYning ayrim hududlarida soat 09:30 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroyr tumani: «Konstitutsiya» MFYlarining ayrim hududlarida bugun soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yashnobod tumani Tuzel 2-mavze 13-sonli ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-3446-sonli transformator punktining tom qismi ta'mirga muhtojligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat bo`yicha, Yashnobod tuman elektr ta`minotining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu murojaatda keltirilgan kamchiliklar o'z vaqtida va xavfsiz bartaraf etish ishlari olib borilib, hududdagi mavjud transformator punktining tom qismidagi nosozlik shu kunning o`zidayoq bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#ESLATMA
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISHGA BARCHA BIRDEK MA'SUL

🔹«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan tegishli bo‘lim, xizmatlar hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminotidagi barcha tezkor brigada a’zolari har kuni, har bir ish kuni avvalida maxsus yo‘riqnomadan o‘tkaziladi.

🔹 Bugun ham erta tongdan, Mirzo Ulug`bek tuman elektr taʼminotida mehnat qilayotgan ishchi xodimlar o‘rtasida ish jarayonida xavfsiz ish tashkil etish yuzasidan navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazildi.

🔹 Ishchi-xodimlarni nafaqat ish kuni avvalida balki, har bir bajarilayotgan ish jarayoni boshlanishida ham texnika xavfsizlik qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari, «Naryad yoki farmoyish berish», «Tashkiliy tadbirlar», «Ishlarni bajarish tartibi», «Texnik tadbirlar», «Kuchlanish yo`qligini tekshirish», «Havo tarmoqlarida ko`chma yerlagich o`rnatish» mavzularida tushunchalar berilib, savol-javob tarzda bilim sinovlari tekshirildi va navbatdan tashqari har bir xodim doimiy yo‘riqnomadan o‘tkazildi.

🔹 Texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishni esa, muntazam korxona rahbariyati va Mustahkamlik texnika xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

🔹Zero, buning barchasi sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarimizning xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#bugun
#Mavsum_oldi_hozirlik
#YUNUSOBOD_TET

⚡️YUNUSOBODDA YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG‘IDAGI SIMLAR YANGISIGA ALMASHTIRILMOQDA

🌿🛠 Poytaxt aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlash hamda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tarkibidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarida mukammal ta`mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Ayni vaqta, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ va uning tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan mazkur tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/10 kVli «Ikarus» podstansiyasidan chiquvchi HL-110 kV bo`lgan yuqori luchlanishli elektr uzatish tarmog`idagi mavjud tayanch ustunlaridagi elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari bajarilmoqda.


🌿🛠 Eslatib o`tamiz, mazkur ta`mirlash ishlari Yunusobod tumanining «Posira», «Obod», «Oqtepa», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Mehnatobod», «Beg`ubor» hamda «Bobodehqon» MFYlarini elekyt energiyasi bilan ta`minlaydi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram