"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
4.95K subscribers
29.9K photos
3.59K videos
16 files
15.5K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#YASHNOBOD_TET

🛠 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yashnobod tuman elektr ta'minoti ishchi–xodimlari tomonidan belgilangan mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🛠 Xususan, tumanning «Ko'ksaroy» MFY hududidagi HL-0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog'ida o'rnatilgan yangi temir beton ustunlardagi eski alyumin simlarni olib tashlash hamda yangi zamonaviy SIP rusumidagi izolyasion kabel tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirildi.

🛠 Ayni vaqtda esa ushbu yangi havo elektr uzatish SIP kabel tarmoqlariga aholini ulash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Buning natijasida 200 ga yaqin aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.

🛠 Bundan tashqari, Yashnobod tuman elektr ta'minoti ishchi–xodimlari tomonidan salqi simlar tarangligini tortish, avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni soz holatga keltirish ishlari ham olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
Energetika tizimidagi yangilanishlar: gigant loyihalar haqida reportaj efirga uzatildi.

Ushbu loyihalar haqida mazkur reportajda:

Buxoro va Navoiy viloyatlarida qurilayotgan yirik quvvatli shamol elektr stansiyalari,

Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida barpo etilayotgan 1065 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmalari qurilishiga start berilgani,

Yashnobod tumanida 30 mingdan ziyod xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan yangi podstansiya ishga tushirilgani haqida hikoya qilinadi.

➡️ https://t.me/toshetk

YouTube
Преобразования в энергетической отрасли: транслировался репортаж о гигантских проектах.

В этом репортаже вы можете узнать об этих проектах:

Крупные ветряные электростанции строятся в Бухарской и Навоийской областях,

Начато строительство новой парогазовой установки мощностью 1065 МВт на Талимарджанской ТЭС в Кашкадарьинской области.

В Яшнабадском районе запущена новая подстанция, которая обеспечит электроэнергией более 30 тысяч домохозяйств.

➡️
https://t.me/toshetk

YouTube
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli tumani «Quruvchilar» mahallasida 1 sutkadan beri elektr energiyasi yo`qligi haqida murojaat e`lon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma'lumki, havo isib ketganligi natijasida elektr energiyasiga bo'lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish qurilmalarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda.

Xususan, kecha 24-iyul kuni soat 11:50 da Sergeli tumani «Quruvchilar» mahallasi hududini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi «Fayzobod» podstansiyasidan chiquvchi fider «Stroitel-6» uzatmasidan ta`minlanuvchi yer osti yuqori kuchlanishli elektr uzatish kabel tarmog`ida yuklamanining ortishi natijasida avariya holatida uzilish sodir bo`lgan. Shu kunning o`zidayoq, Sergeli TET ning tezkor brigada xodimlari tomonidan laboratoriya tekshiruvi asosida nosozlikni aniqlash maqsadida katlavan qazilib, kabel tarmog`ining shikastlangan qismi aniqlanib ta`mirlash ishlari olib borilgan.

Shu kuni ushbu hududda «Suvsoz» suv quvurida avariya bo`lganligi sababli katlavanda suv toshqini yuzaga kelgan. Bu esa o`z navbatida ta`mirlash ishlariga halal berib, montaj ishlarinining to`xtatishga majbur bo`ldi. Bugun, 25-iyul kuni «Suvsoz» korxonasi avariya ishlarini tugatib, Sergeli TET mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda, mazkur nosozlikni to`liq bartaraf etish maqsadida, «Fayzobod» podstansiyasidan ta`minlanuvchi TP-7454 va TP-3971-sonli tarnsformator punktlari oralig`iga 180 metr uzunlikdagi yangi APVPU kabel tarmoqlari o`tkazilmoqda.

Sergeli TETning tezkor brigada xodimlari tomonidan ushbu ta'mirlash ishlari bugun yakuniga yetkaziladi va iste'molchilarning elektr ta'minoti tiklanishini ma`lum qilamiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
#DIQQAT_ELON

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 26-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Uchtepa tumani: «Diydor» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Olmazor tumani: «Paxta» va «Gulsaroy» MFYlarning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Bugun biz umrimizning yana bir sahifasini varaqlar ekanmiz uni ezgu amallar ila boyitish o'z qo'limizda ekanligini unutmaylik!

Yana bir yangi kun, yangi imkoniyat muborak, Azizlar...

Sog'–salomat uyg'otgan Robbimizga xamdlar bo'lsin.

Assalomu alaykum!



┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz ⬇️⬇️⬇️
https://t.me/toshetk 
#OB_HAVO

 ☀️ 26 - iyul haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
Pokiston elektr energiyasi tariflarini 19 foiz oshirdi

Pokiston hukumati mamlakatda 1 kVt·soat elektr energiyasi narxini 5,75 PKRga (kVt·soati 2 AQSH senti) oshirishga ruxsat berdi, bu esa 19 foiz oshganini bildiradi.

Shu bilan birga, 200 kVt·soat yoki undan kam quvvat iste’mol qiladigan uy xo‘jaliklari (barcha iste’molchilarning 63 foizi) tariflarni oshirishdan ozod qilinadi va yana 31 foizi qisman subsidiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Narx oshishi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan kelishuvning bir qismi bo‘lib, unga ko‘ra Pokiston elektr energiyasi va gaz sohasidagi barqaror bo‘lmagan davlat qarzini kamaytirishi kerak.

Elektr ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oldidagi qarzlar qariyb 2,600 milliard PKR (9,04 milliard AQSh dollari) miqdorida to‘plangan, bu esa gaz sektoriga 1,600 milliard PKR (5,56 milliard AQSh dollari) atrofida alohida davlat qarzini ko‘rsatadi.

2023-yil yanvar oyida hukumat 2023-2024- moliyaviy yillar uchun o‘rtacha quvvat tarifini 4,96 PKR/kVt·soatga oshirib, o‘rtacha tarifni 29,78 PKR/kVt·soatga oshirgan.

—————

Pakistan increases electricity tariffs by 19%

The Pakistani Government has authorised the increase of electricity prices in the country by up to PKR5.75/kWh (US$2c/kWh), which represents a 19% increase.

However, households consuming 200 kWh or less (63% of all consumers) will be exempt from the tariff increase, and another 31% would qualify for a partial subsidy.

The increase is part of a deal with International Monetary Fund (IMF) under which Pakistan must reduce unsustainable public debt in the power and gas sector.

Debts to power generation companies have accumulated to nearly PKR2,600bn (US$9.04bn), which show a separate government debt of around PKR1,600bn (US$5.56bn) to the gas sector.

Earlier in January 2023, the government also implemented an increase in the average power tariff by PKR4.96/kWh for the financial year 2023-24, raising the average tariff to PKR29.78/kWh.