"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
4.89K subscribers
29.5K photos
3.53K videos
16 files
15.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#SERGELI_TET

📺 Ayni vaqtda, "O'zbekiston 24" TV kanalining ijodkorlari tomonidan  Sergeli TET xodimlari tomonidan tumanning Sergeli 8A-mavzesi xududidagi "Sohibqiron"  hamda "Madadkor" MFYlari hududlaridagi aholi iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, hududda olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda.

🎥Tasvirga olish jarayonidan fotolavhalar...



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
#JARAYON
#SERGELI_TET

📺 Ayni vaqtda, "O'zbekiston 24" TV kanalining ijodkorlari tomonidan  Sergeli TET xodimlari tomonidan tumanning Sergeli 8A-mavzesi xududidagi "Sohibqiron"  hamda "Madadkor" MFYlari hududlaridagi aholi iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, hududda olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda.

🎥Tasvirga olish jarayonidan fotolavhalar...



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌼🍃Assalomu alaykum...

🌼🍃Yana bir aziz va goʻzal tong muborak boʻlsin!

🌙JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!🌟

      •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
   •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•


Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 02 - iyun haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchamizga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

Bugun, 02 - iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir, Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy hamda Mirzo Ulugbek tumanlari hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub'ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

MIRZO ULUGBEK tumanining:  «Pastki yuz», «Geologlar» va «Geofizika»MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YAKKASAROY tumanining:  B.Hiloliy, Chopon ota, Chopon ota 1-, 2-, 3-, 4-tor, Sirojiddinova, Beshyog`och, Andijon hamda Sh.Kulol ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

YASHNOBOD tumanining: S. Azimova, Chashma, Shavkat, Ibrat, Iftixor, Iftixoxor 1-, 2-, 3-, 4-, 5-berk ko'chalari, Aviasozlar 3-mavze hududidagi 13-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24- hamda 25-sonli kop qavatli aholi yashash xonadonlarida;

MIROBOD tumanining: Fayzobod, Eski otchopar, Bashkent, Bashkent 4-, 5-, 7-, 8-, 9-tor hamda Bashkent berk kochalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

BEKTEMIR tumanining:  «Iyik ota» MFYning Fazilat, Muborak, Marifat hamda Zartuproq kochalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.

Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan davlat dasturi asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Agarda sizga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslari hamda ishchi-xodimlari bilan korrupsion holatlar haqida ma’lumotlar bо‘lsa, Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limining ishonch raqamlari va boshqa aloqa kanallari orqali xabar berishingizni sо‘raymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Sergeli TET xodimlari tomonidan tumanning Sergeli 8-A mavzesi "Sohibqiron"  hamda "Madadkor" MFYlari hududlaridagi aholi iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida bu erda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" иккинчи саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Чўлпонота шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Чолпон-Ату для участия во втором саммите "Центральная Азия - Европейский Союз".

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #YI

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Tuzel» MFY hududidauch yil oldin ushbu tumanga o`tkazilgan bo`lsa-da, elektr ta`minotini Qibray tumanidan olishi va doimiy ravishda elektr energiyasidan uzilishlar bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, Yashnobod tuman elektr taʼminoti tomonidan ham tuman hududida keng koʻlamli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Hozirgi kunda, tumanning «Tuzel» MFY hududi Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarorlariga asosan «og`ir hudud» sifatida o`tkazilgan bo`lib, ushbu mahalla hududlarida elektr ta’minotini yaxshilash, transformatorlarni mukammal ta’mirlash va yangidan o’rnatish, simyog’ochlarni temir beton ustunlarga almashtirish kabi ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Shuningdek, tuman hududiga o`tkazilgan ushbu hudud elektr energiyasi iste`molchilarining hisob raqamlari Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahrining Yashnobod tuman elektr ta`minoti korxonasiga to`liq otkazib berilmaganligi va bu ma`lum bir vaqt talab etganligi sababli yil yakuniga qadar to`liq o`tkazilishini ma`lum qilamiz.

Ayni vaqtda, elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirish ishlari Davlat dasturlariga binoan olib borilayotganligini hamda ushbu jarayon tez kunlarda yakuniga yetkazilishini ma`lum qilamiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga doir asosiy tushunchalar

Lokal tarmoq
– elektr, issiqlik energiyasini yoxud biogazni tashish (uzatish) va (yoki) taqsimlash uchun mustaqil ravishda ishlovchi elektr, issiqlik va (yoki) gaz tarmog‘i;

mikro va kichik gidroelektr stansiyalar – elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv oqimlarining tabiiy harakati energiyasidan foydalanuvchi, o‘rnatilgan quvvati tegishincha 0,2 MVt va 30 MVtgacha bo‘lgan to‘g‘onsiz gidroelektr stansiyalar;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari – atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish – ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, qidiruv, joriy etish, loyihalash, qurilish-montaj ishlari va foydalanishga doir ishlar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, uni tashish, to‘plash, realizatsiya va isteʼmol qilish bilan bog‘liq faoliyat;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, o‘zgartirish, to‘plash va (yoki) uzatish, shuningdek hisobga olish bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar majmuasi, texnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar – qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar.

(O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda)


➡️
https://t.me/toshetk
TOSHKENT SHAHAR KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HUDUDIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

🔹 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Toshkent shahridagi bosh boshqarma, boshqarma va tashkilot rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

👉
BATAFSIL

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.me/toshetk