4-sinf Fayllar Bazasi
124K subscribers
45.4K photos
3.11K videos
10.6K files
3.4K links
Bu bazamizda 4-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Download Telegram
3-4-SINFLARGA MATEMATIKADAN TEST

1. Ifodani soddalashtiring: 60•m-6•4
A) 60•m-24
B) 36•m
C) 60-24•m
D) To‘g‘ri javob yo‘q

2. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning to‘la sirti yuzini topish formulasi qaysi javobda berilgan?
A) S=a•b•c
B) S=a³
C) S=2•(a•b+b•c+a•c)
D) To‘g‘ri javob yo‘q

3. Hisoblang: 5400000:300
A) 18000000
B) 18000
C) 1800000
D) To‘g‘ri javob yo‘q

4. To‘g‘ri to‘rtburchakning bir burchagi kesilsa, faqat to‘g‘ri to‘rtburchak hosil bo‘ladi.
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri

5. Bir son ikkinchisidan 40 taga ko‘p. Bu sonlarning yig‘indisi esa 100 ga teng. Bu sonlarni toping.
A)  70, 30
B)  75, 35
C)  80, 40
D) To‘g‘ri javob yo‘q

6. 1 m necha dm ga teng?
A)  10
B) 100
C) 1000
D)  To‘g‘ri javob yo‘q

7. Agar a=12110; b=4256; c=98 bo‘lsa,(a+b) : c ifodaning qiymati nimaga teng?
A) 16366
B) 80
C) 167
D) To‘g‘ri javob yo‘q

8. Yuz minglar xonasida 4 raqami bo‘lgan sonni aniqlang.
A) 456786
B) 645647
C) 865467
D) 644667

9. Bir shahardan ikki tomonga qarab ikki mashina yo‘lga chiqdi. Birinchisi soatiga 60 km,  ikkinchisi undan 10 km ko‘p masofani bosib o‘tsa, 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi?
A) 480
B) 420
C) 130
D) To‘g‘ri javob yo‘q

10. Tenglamani yeching:  (x-720): 30=400-392
A) 744
B) 480
C) 960
D) To‘g‘ri javob yo‘q

Tuzuvchi:  JUMAYEVA FOTIMA