TopPodcast | O’zbek Futboli
5.45K subscribers
139 photos
197 videos
277 links
Hammasi o’zbek futboli haqida
Download Telegram
BAAning eng katta xatosi Paulu Bentuning iste’foga chiqargani bo’ldi. Jamoa Bentu qo’l ostida chiroyli va mazmunli futbol o’ynayotgandi. Shunchaki jamoa Eron va O’zbekistondan kuchli emasdi va buni xolis qabul qilishi kerak edi.

To’rtinchi bosqichda esa Qatar yoki O’mon bilan bemalol raqobatlashib, JCH yo’llanmasini qo’lga kiritish ehtimoli katta bo’lardi.
👍261😱1😍1
O’FA Kannavaroga jamoalarimizning OCHLdagi safar o’yinlarini tomosha qilgani borishi uchun ham sharoitlarni qilib beradi, degan umiddamiz. Chunki kattaroq o’yinlarda, yuqori darajadagi boshqa toifadagi bahslarda nomzod futbolchilarning harakatini stadiondan tomosha qilish va baholash faqat foydaga ishlaydi.
👍304🥴3💯3👏1
Forwarded from Qobiljonov
Bu video avvalgilaridan biroz farq qiladi. Koʻrsatuvdan Zeytullayev bilan suhbatdan tashqari, Buxoroga qarshi oʻyin payti va undan keyingi emotsiyalar, Bunyodkorning mashgʻuloti hamda Ilyos Bakirovichning Superligaga kelishiga eng katta hissani qoʻshgan Bunyodkor sport direktori Islom Inomov bilan intervyu oʻrin olgan.

Sizga sifatli kontent taqdim etish uchun 1 oydan oshiq ter toʻkdik, baʼzi ruxsat etilmagan joylarda syomka qilish uchun bazoʻr ruxsat oldik, montaj va professional dublyaj uchun bir necha kun vaqt sarfladik. Mehnatimizni qadrlab, videoga layk bosishingizga, uni qoʻldan kelgancha tarqatishingizga ishonaman! Maroqli tomosha 😊

18:00da PREMYERA.

https://youtu.be/H1Yj4tkEsic?si=gCppz-is90rLyA5M
8👍4
Timur Kapadzega noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin 🇦🇪 BAA yoki 🇮🇶 Iroq terma jamoasi ham qiziqib qolish ehtimoli mavjud.

Indoneziya esa tarkiban mahalliylashtirish natijasidan keyin yaxshi va raqobatbatdosh jamoaga aylangan. Rostan ham Indoneziya varianti jiddiylashib, taklif bilan chiqsa bu Kapadze uchun ancha qiziqarli chorlovga aylanishi mumkin.

Kapadzega juda ko’plab qiziqishlar haqida matbuotda yangiliklar ko’paygan. 🇰🇿 Qozog’iston, 🇨🇳 Xitoy va endi 🇮🇩 Indoneziya. Mutaxassis oldida aniq taklif bilan murojaat qilganlar orasida esa Navbahor navbat kutib turibdi.
👍5827🤣14👏6🔥1
Forwarded from Qobiljonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu Pep Gvardiola emas. Bunyodkor ustozi Ilyos Zeytullayevning Superliga 19-turidan o'rin olgan Buxoroga qarshi bahs tannafusidagi nutqi.

To'liq intervyuni QobiljonovUz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ko’rishga arziydi 😊

📹 https://youtu.be/H1Yj4tkEsic?si=VCh4NnZNNq6NwhKs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍289
Nasaf Alibek Davronov bilan shartnomani 2028 yil 31 dekabrga qadar uzaytirdi.
45👍17👏5
Nasaf Murod Rahmatov bilan ham o’rtadagi bitimni yana 2 yilga uzaytirgan.
39👍15🤔3
Neftchi Ibrohimhalil Yo’ldoshevga yangi shartnoma taklif etgan va futbolchi bitimni uzaytirishni rad qilgan.
🔥21👏18🤔8😁5👍43
Neftchi yetakchisi Ikrom Aliboyevni Toshkent jamoasi ortga qaytarmoqchi. Biroq futbolchi hali yakuniy qarorga kelgani yo’q. Aliboyev yil so’nggida avvalo xorij variantlarini ko’rib chiqadi.
23👍13🔥3👏2
Navbahor jamoasi Temur Kapadze bilan muzokara o’tkazmoqda va Namangan tomoni farg’onalik mutaxassisning yakuniy javobini kutmoqda.
👍80😁18🔥8🤔6👏54
Samvel Babayan kelasi mavsum Andijon bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
😁108👍33🤣134🔥3👏2
OKMK futbolchisi Xurshid G’iyosovga Bunyodkor, So’g’diyona va Nasaf jamoalari qiziqmoqda.
👍41😱14🔥72👏2
Forwarded from Qobiljonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murabbiylik futbolchilikdan butkul farq qiladi – Ilyos Zeytullayev.

To’liq intervyuni QobiljonovUz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

📹 https://youtu.be/H1Yj4tkEsic?si=U2Kq5suW6F-MZwnr

@qobiljonovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Narzulla Saydullayevning ushbu insaydi 100% rost. Biz bu haqida esa 25 sentyabr kuni yozgandik.

Batafsil aytadigan bo’lsak, Nasrullayev va Bozorovni o’zbek futboli muxlislari poytaxtda ko’rishadi.
😱19👍6🥴41🏆1
Husayn Norchayev ham 2026 yilni Nasafda boshlamaydi.
🤔71👍19🥴16😱43🏆1
Navbahor jamoasi vaqtincha bosh murabbiyi vazifasini boshqarayotgan Sherzod Jo’rayev asosiy tarkibni klub rahbariyati bilan maslahatlashgan holda hal qilishini tan olibdi. Izohga hojat yo’q.

Tarkibni rahbariyat bilan emas, balki murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib qo’yardi. Ammo rahbariyat bilan maslahatlashib tarkib qo’yadigan murabbiy uzoqqa boradi…
🤣46👍6💯4😱3🥴2🏆1
Bugun Nasaf muxlislari OKMKga muxlislik qilishadi. Keyingi turda esa OKMKni Nasaf yutishini istashadi.

Neftchi muxlislari bugun OKMKni yutishni va kelasi turda esa OKMK g’alaba qozonishini xohlashadi.

Mirjalol Qosimov chempionlik poygasidagi hal qiluvchi raqib va raqiblarining raqibi rolida bo’ladi.
👍29😁21🔥42🥴1
Neftchi OKMKni mag’lub etdi va endi Farg’ona ularga keyingi turda chin yurakdan omad tilab kuzatib qo’yadi.
😁33🤣16👏4🤔31👍1
Navbahor futbolchisi Shohmalik Komilovga Superliganing 3 jamoasi qiziqmoqda va ayni paytda tomonlar muzokara o’tkazmoqda. Komilov ushbu mavsumda gol+pas tizimida 1+7 ochko ishladi.

Shohmalik Komilov kelasi mavsumda Toshkent yoki voha jamoasiga o’tishi deyarli aniq.
👍17🔥5😁31👏1