Tarix va Toponomika
1.53K subscribers
1.09K photos
16 videos
3 files
403 links
We opened this channel to help with "Zakovat"
Download Telegram
#shunchaki

Benjamin Devis - 1960 yilda AQSh armiyasidagi birinchi qora tanli general bo'ldi.

@toponomik
👍2
​​#shunchaki

Norma Jan Beyker Mortenson

O'q dorilar zavodida ishlayotganida (Ikkinchi jahon urushi paytida) uni harbiy targ'ibot xodimi ko'rib qoldi.U ish joyida bir necha suratga tushdi.Ushbu fotosessiyadan keyin qiz o'zini model sifatida sinab ko'rishga qaror qiladi.

Merilin Monro shunday "tug'ilgan".

@toponomik
👍3
​​#tarix

"Men shifokorman va o'limdan qo'rqmayman.O'lim faqat bir lahza.Men sharmanda bo'lib yashashdan ko'ra,o'limni qo'llarimni ochib kutib olganim ma'qul".Farruhru Parsa Eronning birinchi ayol vaziridir.U 1980-yilda boshini sharf bilan yopishdan bosh tortgani uchun otib tashlangan.

@toponomik
👍3
#shunchaki

2005-yil martidan 2006-yil avgustigacha Yangi Zelandiyada barcha yuqori lavozimlarni (masalan,davlat rahbari,general-gubernator,bosh vazir,parlament spikeri va bosh sudya) ayollar egallagan.Bu jahon tarixidagi yagona holat.

@toponomik
👍1
#shunchaki

Qiziqarli fakt: 20-asrning eng muhim shaxslaridan ba'zilari 1913-yilda huddi shu shaharda, ya'ni Vena shahrida yashagan.Stalin,Gitler,Trotskiy,Freyd,Iosif Frants-bu odamlarning kvartiralari va turar joylari bir-biridan uncha uzoq bo'lmagan

@toponomik
👍2
#etimologiya

Davlatlar nomida aks etgan manolar

Avstraliya va Okeaniya mamlakatlari
:

1. Avstraliya – lotincha "Janubiy yer”
2. Vanuatu – polinizeycha "yer, mamlakat”
3. Garbiy Samoa – Moa qushining joyi
4. Kiribati – Gilbert orolining mahalliycha atalishi
5. Kuk oroli – sayohatchi Jeyms Kuk nomiga qoyilgan.
6. Marshall orollari – orollarni ochgan ingliz Marshall nomiga qoyilgan.
7. Mikroneziya – yunoncha "kichik orol”
8. Nauru – Nauran xalqi nomidan olingan.
9. Papua-Yangi Gvineya – indoneziycha "jingalak soch”
10. Solomon orollari – Sulaymon shohining boyliklari yashiringan Ofir mamlakati afsonasidan olingan.
11. Tonga – fidjiycha "g'arb”
12. Tuvali – mahalliy qabila nomidan olingan.
13. Fidji – polineziycha "sharqiy shamol”
14. Yangi Zelandiya – Gollandiyaning Zelandiya viloyati nomidan – "daryo va yer” manosini biliradi.

@toponomik
👍4
#etimologiya

Joylarga kim nom qo'yadi

Osiyo

Osiyo maydoni kattaligi jihatidan ham, aholisi ko‘pligi jihatidan ham birinchi o‘rinda turadigan qit’a. Ammo uning nomi qanday paydo bo‘lganligi haqida aniq, ishonchli ma’lumotlar yo‘q.
Taxminlarga ko‘ra, unga Yevropa bilan birga ism berilgan. Demak, shu jihatdan ikki qit’ani egiz desa bo‘ladi.

Qadimgi Ossuriya davlati (u hozirgi Iroq hududida bo‘lgan) tilidagi "asu” so‘zi "sharq”, "sharqiy o‘lkalar yeri” degan ma’noni anglatadi. Yevropaning nomi bu so‘zning antonimi "ereba” – "g‘arb”dan olingan.

Rimliklar o‘zlariga qarashli ma’lum bir viloyat – provinsiyani Osiyo deb ataganlar. Keyinchalik bu so‘zning ma’nosi kengayib, butun bir qit’aga nisbatan ishlatila boshlagan.

@toponomik
👍4
#shunchaki

Birinchi ayol kosmonavt Valentina Tereshkova "Vostok 6"kosmik kemasida parvoz qilishdan oldin, Boyqo'ng'ir kosmodromi 1963-yil.

@toponomik
👍4
#etimologiya

Joylarga kim nom qo'yadi

Avstraliya

Qadimgi yunon geografi va astranomi Klavdiy Ptolemey janubiy yarim sharda qandaydir qit’a borligi haqida taxmin qiladi. Va bu sirli qit’ani "TERRA AVSTRALIS INKOGNITA” ("Janubdagi noma’lum yer”) deb nomlaydi.

1605-yilda niderlandiyaning Ost-Indiya kompaniyasiga qarashli, Villem Yants (Yanszon) boshchiligidagi kema Avstraliya qirg‘oqlariga yetib keladi. Yanszon bu joyni Yangi Gollandiya deb ataydi. Mazkur materik sohillari XIX asr oxiriga kelibgina to‘liq o‘rganib chiqiladi.

1814-yilda ingliz dengizchisi va tadqiqotchisi Metyu Flinders boshidan kechirgan sarguzashtlari haqidagi kitobni nashr ettiradi. Mazkur asarda Yangi Gollandiyani afsonaviy Janubiy yer (Terra Avstralis) sharafiga Terra Avstralis deb nomlashni taklif etadi. Avstraliya nomi keyinchalik ommalashib ketdi.

@toponomik
👍4
#shunchaki

📰 320 yoshli gazeta o’zining so’nggi bosma sonini chiqardi

Gazetaning birinchi soni 1703 yilda Muqaddas Rim imperiyasida nashr etilgan va 2023-yil 30-iyun kunlik bosma nashrning oxirgi soni chiqdi.

Muqovada nashrning qancha vaqt davomida chiqqani ko’rsatilgan: “116 840 kun, 3839 oy, 320 yil, 12 prezident, 10 imperator, 2 respublika, 1 gazeta”.

Uning raqamli versiyasi har kuni chiqishda davom etadi. Aytgancha, ushbu gazetaga Motsart va Betxoven e’lon berishgan.

Raqamli davr qog’ozni yengdi.

@toponomik
👍2
​​#shunchaki

1828-yilda bo'lajak Amerika prezidenti Endryu Jeksonning raqiblari uning familiyasi orqali Endryuni karikaturalarda ahmoq va o'jar eshak sifatida tasvirlashdi (ingliz tilida "jackass" ham "eshak" ham "ahmoq"degan manoni bildiradi).Biroq,Jekson nomzodini ilgari surgan Demokratik partiya bu "taqqoslashni"o'z foydasiga aylantira oldi.Ular eshakning mehnatsevarligi,kamtarligi va qat'iyatliligini-ko'plab oddiy amerikaliklarga xos fazilatlarini ta'kidlab,tashviqot materiallariga joylashtira boshladi.Bunday to'g'ri marketing Jeksonni g'alabaga olib keldi.

@toponomik
👍3
​​#shunchaki

Dengizdagi jang yoki talonchilik paytida barcha qaroqchilar o'lim yoki jarohatdan ishonchli sug'urta qilingan.Agar kapitan Genri Morgan xizmatida bo'lgan qaroqchi ikki oyog'idan ayrilgan bo'lsa u bir yarim ming oltin tanga va uning barcha istaklarini bajaradigan o'n besh xizmatkorni olardi.Agar qaroqchi ikki qo'lini yo'qotsa,to'lov uch yuz tangaga ortadi va xizmatchilar soni ham uchtaga ko'payadi.Hatto qaroqchi bir barmog'ini yo'qotgan hollarda ham,u yuz tanga va bitta xizmatkorga ega bo'lardi.

@toponomik
👍3
#etimologiya

Joylarga kim nom qo'yadi

Antarktida


Muz qit’aning nomi Katta Ayiq yulduz turkumining yunoncha atalishi – "Arktos” ("Ayiq”) dan kelib chiqqan.
Yunonlar mazkur yulduz turkumi ostida joylashgan shimoliy yerlarni Arktikos deyishgan. Shu sababli shimoliy yarim shardagi yerlar Arktika deb nom olgan.

Antarktida Arktikaga nisbatan qarama-qarshi nuqtada joylashgan. "Anti” oldqo‘shimchasi qarama-qarshilik, teskarilik ma’nosini bildiradi. "Id” qo‘shimchasi esa yunoncha "eydos” so‘zidan olingan va yaqinlik, o‘xshashlik ma’nolarini bildiradi.

Garchi juda qadim zamonlardayoq janubiy yarim sharda qandaydir qit’a borligi haqida gipoteza – ilmiy farazlar aytilgan bo‘lsa-da, Antarktida eng oxiri bo‘lib kashf etilgan. Mazkur qit’a 1820 yilda Rus Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan kashf etilgan. Bu ilmiy safarga dengiz ofitser-tadqiqotchilari F. Bellinsgauzen va M. Lazarev boshchilik qilgan.

@toponomik
👍4
#etimologiya

Joylarga kim nom qo'yadi

Andalusiya


Ispaniyadagi bu qadimiy viloyatining nomi "vandallar o‘lkasi” ma’nosini anglatadi. Milodiy V asrning boshida jangari german qabilasi - vandallarning qo‘shini Yevropaning shimoli-sharqidan g‘arbiy hududlarga tomon yurish boshlaydi. Hech narsadan qaytmaydigan olomon Pireneya tog‘laridan o‘tib Ispaniyani zabt etadi. Keyin Gibraltar bo‘g‘ozi orqali Rim imperiyasi va Afrikaga yo‘l oladi. Qabila Rimni zabt etadi. Shahar ikki hafta mobaynida talanadi, madiniyat osori atiqalari vayron qilinadi.

Dahshatga tushgan Yevropa ahli johil, insoniylik qiyofasini yo‘qotgan bu olomonni "vandallar”, moddiy ma madaniy yodgorliklarga bo‘lgan yovvoyi munosabatni "vandalizm” deb ataydi. Vandallar haqidagi xotiralar Andalusiya nomida ham saqlanib qolgan. (Vandal – Andal).

@toponomik
👍2
#toponomika

Toponomikaning rivojlanish tarixi

Geografik joy nomlarining ma'nosi, uning kelib chiqishi bilan kishilar qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo'lsa, geografik joy nomlari ham shunchalik qadimiy bo'ladi.

Kishilar dastlab har qanday geografik ob'yektlarni oddiygina turdosh otlar–terminlar bilan atagan, ya'ni suv, tog', ko'l va hokazo. Bunday terminlar bora-bora atoqli otga–nomga aylangan. Masalan, qadimgi turkiy xalqlar katta daryoni o'kuz, edil, jayhun deb ataganlar. Amudaryoning qadimgi nomi Jayhun, O'kuz; Volga daryosining qadimgi nomi esa Edil bo'lgan. Demak ularning ma'nosi "katta daryo”.

Shimoliy Amerika indeyeslari "katta daryo”ni missisipi deyishadi, bu yerdagi eng katta daryo nomi Missisipi shundan olingan. Don, Amur, Ganga daryolari nomlarining ma'nosi "katta suv, daryo” demakdir.

"Ko'l qurisa ham, nomi qurimaydi” deyiladi xalq orasida. Haqiqatdan ham joy nomlari minglab yillar davomida saqlanib qoladi va turli tarixiy voqealar "guvohi” sifatida yashab keladi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Afrosiyob, Misr, Bog'dod, Makka, Hirot, Xuroson, Xitoy kabi ko'plab nomlar minglab yillik tarixga ega.


Muayyan hududda qadim zamonlarda qanday urug'-qabila, xalqlar yashaganligini shu yerdagi joy nomlaridan bilib olsa bo'ladi. Chunki ilmiy tilda etnonimlar deb ataluvchi toponimlar shu joyda qanday xalq yoki urug'-qabila yashagan bo'lsa, ularning nomi bilan atalgan bo'ladi.

Mamlakatimiz hududida bunday joy nomlari ko'plab uchraydi, chunki 92 bovli o'zbek urug'larining ko'plari unutilib ketayotgan bo'lsada, ularning aksariyati joy nomlari sifatida saqlanib qolgan.

Tabiiy ob'yektlar–daryolar, ko'llar nomlari shahar yoki qishloq nomlariga nisbatan qadimiyroq bo'ladi. Chunki aholi punktlari paydo bo'lmasdan avval ibtidoiy kishilar ko'pincha suv ob'yektlari bo'ylarida jamoa bo'lib yashashgan, hamda daryo, ko'l, soy, jilg'a, quduq kabi ob'yektlarga nom berishgan.

Toponimikaga oid dastlabki ma'lumotlar Gerodotning "Tarix”, Strabonning "Geografiya”, Pomioniya Melaning "Xorografiya” kabi asarlarida, O'rta Osiyo va O'zbekistondagi joy nomlariga oid ilk yozma ma'lumotlarni Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig”, Beruniyning "Qonuni Mas'udiy”, "Hindiston”, "Saydana”, Narshaxiyning "Buxoro tarixi”, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk”, Ibn Sinoning "Dengiz qirg'oqlari”, muallifi noma'lum "Hudud al-olam”, keyinchalik Mirzo Ulug'bekning "To'rt usul tarixi”, Boburning "Boburnoma” asarlarida uchratish mumkin.


O'zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan geograf olimlardan biri bu Hamidulla Hasanovdir (1919-1985). "O'zbek Magellani” deb nom olgan H. H. Hasanov dunyoning ko'plab mamlakatlariga sayohat qilgan. U geografiya tarixi, geografik terminshunoslik, tabiiy geografiya, geografiya o'qitish metodikasi kabi fan sohalari bilan toponimikaning rivojlanishiga ham katta hissa qo'shgan. H.Hasanovning toponimikaga oid "O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), "Geografik nomlar imlosi” (1962), "Yer tili” (1977), "Geografik nomlar siri” (1985), "Sayyoh olimlar” (1981) nomli asarlari va o'nlab ilmiy maqolalari bor.


O'zbekiston toponimlarini tadqiq etgan yana bir olim Suyun Qorayevdir. Bu tadqiqotchi joy nomlarining etimologiyasiga oid ancha ishlar qilgan. S.Qorayevning "Joy nomlari ma'nosini bilasizmi?” (1970), "Toponimika” (1970), "Geografik nomlar ma'nosi” (1978), "Etnonimika” (1979), "Toshkent toponimlari” (1991) kabi kitoblari geografik joy nomlarining ma'nosi, etimologiyasiga bag'ishlangan.

O'zbekistondagi joy nomlarini o'rganishda filologlardan H.Egamov, Z.Do'simov va T.Nafasovlarning xizmatlari diqqatga sazovor.

@toponomik
👍3
#tarix

AQSh ning Tinch okeani eskadroni Marshall orollarini Yaponiyadan qaytarib olish operatsiyasi paytida, 1944-yil.

@toponomik
👍3
​​#tarix

1984-yilda AQSH prezidenti Ronald Reygan tarixchi Robert Konkvestga o'zining prezidentlik kompaniyasi uchun "Amerika xalqini Sovet bosqiniga tayyorlash" uchun material yozishni topshiradi.Natijada siz ko'rib turgan surat paydo bo'ldi:

Ruslar kelganda nima qilish kerak?, Omon qolish uchun qo'llanma.

@toponomik
👍3
#tarix

Miloddan avvalgi 46-yil 445 kun davom etgan va insoniyat tarixidagi eng uzun yil hisoblanadi.

Annus confusionis yoki "chalkashlik yili" laqabli bu yilga Yuliy Sezar tomonidan yana ikkita kabisa oyi kiritilgan. Bu uning yangi tuzilgan Julian taqvimi mavsumiy yilga mos kelishi uchun qilingan.

@toponomik
👍2
#shunchaki

Mashxur siyosatchilarning bolalikdagi suratlari

1.Duayt Devud Eyzenxauer
2.Adolf Gitler
3.Xiroxito
4.Getulio Vargas
5.Iosif Stalin
6.Benito Mussolini
7.Sharl de Gol
8.Uinston Cherchill
9.Franklin Delano Ruzvelt

@toponomik
👍3
​​#tarix

1762-yil 9-iyulga o'tar kechasi saroy to'ntarishi bo'lib o'tdi,natijada Pyotr III taxtdan ag'darildi va Yekaterina II Rossiya taxtiga o'tirdi

Yekaterina II shu kuni Peterburgga keladi va Izmailovskiy polkining kazarmalarida imperator den e'lon qilinadi.

Qirolicha senat islohotlarini amalga oshirdi,cherkov yerlarini dunyoviylashtirilishini amalga oshirdi,bu millionlab dehqonlarning ahvolini yengillashtirdi,Ukrainadagi "getmanizm"ni yo'q qildi,butun imperiya bo'ylab boshqaruvni birlashtirdi.U bir qator ta'lim muassasalariga,jumladan, ayollar uchun birinchi ta'lim muassasalariga asos solgan.

Yekaterina II Rossiya jahon miqyosida faol pozitsiyani egallashi,hujumkor siyosat olib borishi kerak,deb hisoblardi.Uning hukmronligi davrida, 1768-1774 va 1787-1791 rus-turk urushi natijasida Rossiya nihoyat Qora dengizda o'z o'rniga ega bo'ldi,Ahimoliy Qora dengiz mintaqasi,Qrim,Kuban mintaqalari anneksiya qilindi va Sharqiy Gruziya aholisi Rossiya fuqaroligi ostiga o'tdi.

Shuning uchun ko'plab tarixchilar Yekaterina II ni buyuk Pyotr ga tenglashtirishadi.

@toponomik
👍3
#shunchaki

Qiziqarli ma'lumotlar:

1. Dunyoda eng ko’p tilda gaplashadigan mamlakat Papua-Yangi Gvineyadir. Bu yerda aholi 820 dan ortiq tilda gaplashadi.
2. Yer yuzidagi eng qurg’oqchil mamlakat – Liviya. Mamlakat maydonining 99 foizini sahrolar tashkil etadi.
3. Jazoir sayyoramizda zilzilalar eng kam sodir bo’ldigan mamlakat sanaladi.
4. AQShning Nebraska shtatida insonlardan ko’ra qoramol ko’proq.
5. Avstraliya – butun kontinentni egallagan yagona mamlakat hisoblanadi(orollarni hisoblamaganda).
6. Ozarboyjon neftni zamonaviy uskunalar yordamida qazib chiqarishni boshlagan ilk mamlakat sanaladi.
7. Suriyaning poytaxti bo’lgan Damashq shahri Yer yuzidagi eng qadimiy poytaxt sanaladi.
8. Dunyodagi gazetalarning deyarli yarmi AQSh va Kanadada chop etiladi.
9. Italiya – dunyodagi bolalar uyi bo’lmagan yagona davlatdir.
10. Norvegiyada elektr energiyaning 99 foizi tabiatni ifloslantirmaydigan hamda qayta tiklanadigan energiya yordamida ishlab chiqariladi.

@toponomik
👍2