Tarix va Toponomika
1.53K subscribers
1.09K photos
16 videos
3 files
403 links
We opened this channel to help with "Zakovat"
Download Telegram
#shunchaki #fobiya

Bolshefobiya-Bolsheviklar yoki kommunizmdan qo'rqish yoki nafrat.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1😁1
#toponim #etimologiya

MASHAD – Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi mahalla nomi.

Arabcha Mashhad so‘zidan olingan bo‘lsa, “shahid qoni to‘kilgan yoki shahid ko‘milgan joy” degan ma’noni anglatadi. Mashad so‘zi urug‘ nomi bo‘lishi yoki suvlik, daryoga aloqador bo‘lishi haqidagi fikrlar ham aytiladi.

Do‘stlaringizga ham ualshing;

@toponomjk
🔥2👍1👏1
#shunchaki

Bugun O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tug'ulgan kun.Hayot bo'lganlarida 86 yoshni qarshilardilar

@toponomik
👏1😢1
#toponim #etimologiya

NURSUQ – Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi qishloq.

Nom ikki qismdan tuzilgan, birinchi qismidagi Nur “tog‘”, “tog‘ tizmasi” so‘zi bilan bog‘liq. Ikkinchi komponenti “suq” yoki “suuq” toponimiyada ko‘p uchraydigan geografik termindir. U “o‘zan, jar, soy” kabi ma’nolarni bildiradi.

Nursuq – “tog‘ o‘zani, tog‘dagi o‘zan” degan ma’noni bildiradi (Do‘simov, 1977; Murzayev, 1974).

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍2🔥1
#shunchaki #fakt

Piyoz🧅 va kartoshkani🥔 birga saqlamaslik kerak.Piyoz- kartoshkaning unib chiqishini tezlashtiradigan gaz hosil qiladi.

Do‘stlaringziga ham ulashing:

@toponomik
👍2🔥1
Yutdiga vey
#shunchaki

Buxta (nem. Bucht-qo‘ltiq,xavfsiz joy )- Okean dengiz,qo‘ltiq yoki ko‘lning quruqlikka yorib kirgan yoki orollar bilan o‘ralgan kichik bir qismi.Odatda kema to‘xtab turishi chun qulay bo‘ladi

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1
#toponim #etimologiya

G‘anchi — it g'ajib uzmasligi uchun arqonga bog'lanadigan yog‘och; jul — to'qimini tishlab iflos qilmasligi uchun otning bo‘yniga bog‘lanadigan tayoq. Xon yoki bekning mollariga qaraydigan cho‘pon ham g‘anchi deyilgan.

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” asarida g'anchi so'zi o‘rniga ba’zi kotiblar qoychi so'zini ishlatganlar. G'anchi so'zining ana shu ikkinchi ma’nosi joy nomlari shaklida saqlanib qolgan. Kogon tumanida G'anchi, Olot tumanida G'anchichandir, Uchko'prik tumanida G'anchiqishloq, Asaka tumanida G'anchiyuz toponimlari qayd qilingan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1👏1
#shunchaki #fakt

Yong'in gidranti ixtirochisining ismi hanuzgacha sir bo'lib qolmoqda, chunki bu ixtironing patenti olovda🔥 yoqib yuborilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
🔥1😁1
#shunchaki #fakt

Birinchi pitsa🍕 yetkazib berishni 1889- yilda Italiya qirolichasi Margaret buyurgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
#toponim #etimologiya

Jilvon:

1)Buxoro viloyatining shimoliy chekkasidagi cho'l landshafti

2)Buxoro xonligidagi amallardan biri.

Buxoro xonligi davrida Jilvon mansabidagi shaxs- kishilarni o‘g‘ri, qaroqchi, yo‘lto‘sar va boshqa qonun buzarlardan himoya qilib turgan va asosan Chegara posbonlari hisoblangan.Bu atama keyinchalik joy nomiga aylangan

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Jilvon qishlog'i, G'ijduvon va Shofrikon tumanlarida Jilvonariq degan kanal bor.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1
#shunchaki #fobiya

Dromofobiya
🚸 -Yo'llarni yoki ko'chalarni kesib o'tishdan qo'rqish

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1
#shunchaki #fakt

Arslonning jag'lari 600 kg kuchga ega.Solishtiradigan bo'lsak odamning jag'lari 80-90 kg kuchga ega

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1
#tarix

Kremona jangi⚔️

Kremona jangi 1702-yil 1-fevralda Ispaniya🇪🇦 taxti uchun kurash paytida bo'lib o'tgan. Bu marshal Villerua boshchiligidagi fransuzlar va ular ittifoqchilarining Savoy shahzodasi Yevgeniy boshchiligidagi imperator qo'shinlari ustidan hal qiluvchi g'alabasi edi.

Jang Italiya shimolidagi yirik kampaniyaning bir qismi bo'lib, fransuzlar Kremona shahrini egallab olishadi. G'alaba fransuzlarga Lombardiya ustidan nazoratni mustahkamlashga va Italiyaning shimolida o'z mavqeini ta'minlashga imkon beradi.

Kremona jangi muhim ahamiyatga ega edi, chunki u taxst uchun kurashda burilish nuqtasi bo'ldi, fransuzlar Italiyada ustunlikni qo'lga kiritdi. Shuningdek, u o'z davrining eng muvaffaqiyatli qo'mondonlaridan biriga aylanadigan Savoy shahzodasi Yevgeniyning harbiy jasoratini namoyish etdi.

Kremona jangi Ispaniya taxti uchun kurashning natijalariga sezilarli ta'sir ko'rsatdi va Yevropada kelajakdagi kuchlar muvozanatini shakllantirishga yordam berdi

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍2
#toponim #etimologiya

Qopqa — darvoza, shahar darvozasi.

Toshkentning Sebzor dahasida Teshikqopqa mahallasi bo'lgan. Toponimiyada qopug, qapi, qovuq shakllarida (tor dara ma’nosida uchraydi).Surxondaryo viloyatidagi Darband darasi Darbandi Ohanin (tojikcha), Bobil Hadid (arabcha),O'rxun yozuvlarida Temirqopig‘ shaklida qayd qilingan.

Forish tumanida tor dara yonida Temirqoviq qishlog'i bor. Jizzax shahri yaqinidagi mashhur Ilono'tti darasi ham asli Temirqoviq bo'lgan, keyinchalik Amir Temur nomiga nisbat berilib, ruscha adabiyotlarda Tamerlanovi Vorota («Amir Temur darvozasi») shaklini olgan.

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👏1
Sayyidul Ayyom muborak azizlar
❤1
#toponim #etimologiya

《Boburnoma》da tilga olingan asosiy geografik atamalar quyidagilar:

tarnov (ariq),
qasaba (shaharcha),
shayjoy (ariq),
ko‘hpoya (tog‘ etagi),
pushta (tepalik),
yayloq (yozgi qo'nish joyi),
tuz (tekislik),
tangi (tor dara),
obgir (botqoqlik),
qo‘ruq (qo'riqxona),
o‘rchin (okrug),
Ko‘xpoya (tog‘ etagi),
uchma (tik yonbag‘ir),
yoz (ko‘klam),
dobon (dovon),
ko‘tal (dovon, oshuv),
julga (vodiy, soylik),
qo‘l (soy),
quruq qo‘l (quruq soylik),
bandar (savdo shahri),
takob, tagob (o'zan, zax yer),
pargana (viloyat),
band (dovon, tog' yo‘li),
gardona (bo‘yin),
liyor (yo‘l),
suvsiz qol (soylik),
o‘lang (o‘tloq, ko‘kalamzor),
quruq rud (quruq o‘zan),
sumj (g‘or),
chig‘ir (chiyir, tor yo‘l),
kimson (oltin),
chopqun (bo'ron),
uchma (tik yonbag'ir),
langar, yozi (dala, dasht),
o‘rdu (o‘rda),
oila (xo'jalik),
yakraqa (yolg‘izoyoq yo‘l),
balandi (tepalik),
yurt (qo‘nish joyi),
jangal (o‘rmon),
la’limi (bahorikorlik),
jazoyir (orol),
birinj (bronza),
chiyni (chini),
qiyo (qoya),
yomchi (yom xodimi),
chordara (qorovulxona),
to'qay (daryo tirsagi),

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍2
#shunchaki

Sibir Rossiya hududining 73% ni tashkil qiladi.

@toponomik
🤯1
#tarix

Miloddan avvalgi 52-yilda Aleziyani mudofaa qilish paytida Yuliy Sezar legionerlari tomonidan qamal istehkomlari, minoralarining qurilish texnologiyasi.

Do'stlarizngizga ham ulashing:

@toponomim
👍1
#shunchaki

SETSUBUN-🇯🇵YAPON🍱 BAYRAMI🎎

Setsubun - yaponlarning an'anaviy bayrami bo'lib, oy taqvimiga ko'ra bahorning boshlanishini belgilaydi. Odatda 3 yoki 4-fevralda nishonlanadi va bayram odatlari yovuz ruhlarni haydab chiqaradi va yangi mavsum uchun omad keltiradi, deb ishoniladi.

Setsubunning kelib chiqishi Yaponiyada qadimgi davrlarga borib taqaladi. "Setsubun" so'zining o'zi "mavsumiy bo'linish" degan ma'noni anglatadi va u 1000 yillardan ortiq vaqt davomida nishonlab kelinmoqda

Setsubun davridagi eng mashhur odatlardan biri mamemaki deb ataladi, u qovurilgan soyani ("fukumame") uloqtirish.Yana bir odat "Oni va soto! Fuku va uchi!" bu "Jinlar chiqib ketdi! Omad kirdi!"odati bo‘lib, Ushbu odat uylarni tozalash orqali kelgusi yil omadli keladi deb ishoniladi.

Setsubun davridagi yana bir keng tarqalgan an'ana - ehomaki deb nomlangan maxsus sushi🍱 rulosini iste'mol qilish.Bu an‘analar kelgusi yil uchun omad va baxtni ta'minlashi mumkin, deb ishoniladi.

@toponomik
🤡1
#shunchaki

Abdal so‘zi ma‘nolari:

1)Abdal urug‘i Hindiston, Afg‘oniston va xususan O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezida muhim rol o‘ynagan qadimiy xalq — eftalit, ya’ni xaytallarning avlodidir. Xaytallar (eftalitlar) suriya, yunon manbalarida abdel deb atalgan.

2)Tarixchi Bal’amiy (X asr) fikricha, xaytal so'zi Buxoro tilida «pahlavon», «jasur odam» degan ma’noni bidiradi.

3)Shu bilan birga keyingi vaqtlarda abdal deganda «gadoy», «darvesh» kishi tushuniladi.

4)Shuningdek, artistlar, sozandalar, qalandarlar,maddohlarning jargoni «abdal (abdol) tili» deyilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍1👏1