#toponim #etimologiya
DABUSIYA – Samarqand viloyatining Narpay tumani. Zarafshon daryosining chap sohilidagi ulkan qal’a xarobasi.
Qal’a raboti 70 gektarni, shahristoni esa 22–23 gektarni tashkil qiladi.Shahar hukmdorini Dabusshoh deb ataganlar. Qal’a bir necha asrlar davomida viloyatning markazi bo‘lgan. Shahar xarobasida Imom Bahra ota maqbarasi (XVI asr) mavjud.
Dabus – “Temir qo‘rg‘on” ma’nosini bildiradi. Shahar mustahkam qurilgani
uchun shunday atalgan (Sanayev, 1996 : 14).
@toponomik

Hamma o‘z kanallarining bir yillik statistikalarini namoyish etyapti.Bizni kanal(cha)mizni statistikasi "yuqoriligi" uchun biz namoyish qilmaymiz 😁
👍1
#tarix
MESSINA ZILZILASI
1908-yilgi Messina zilzilasi, shuningdek, 1908-yilgi Buyuk zilzila sifatida ham tanilgan, Italiya janubidagi Messina, Sitsiliya va Reggio-Kalabriya mintaqalarida sodir bo'lgan halokatli tabiiy ofat edi.Zilzila sababi-tektonik plita yoriqlarini bir biri bilan to‘qnashishi deb izohlangan.U 1908-yil 28-dekabrda mahalliy vaqt bilan taxminan 5:20 da sodir bo‘lgan va magnitudasi Rixter shkalasi bo‘yicha 7,1 dan 7,5 gacha bo‘lgan.
Zilzila keng ko'lamli vayronagarchiliklarga olib keldi, ko'plab binolar va inshootlar qulab tushdi va natijada taxminan 70,000 dan 80 000 gacha odamlar halok bo'ldi. Vayronagarchilik ko‘lami va o‘sha paytda qutqaruv ishlari tashkillashtirilmagani sababli qurbonlarning aniq soni noma’lum.
Seysmik hodisa Sunamini keltirib chiqardi, bu vayronagarchilikni yanada kuchaytirdi, ayniqsa qirg'oqbo'yi hududlarida. Sunami to'lqinlari balandligi 40 futgacha yetdi va butun qirg‘oqbo‘yi hududlarini qamrab oldi, bu esa zararni kattalashishiga olib keldi.
Xalqaro hamjamiyat turli mamlakatlar va tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtirilgan yordam harakatlari bilan jabrlangan mintaqaga yordam bilan javob berdi. Tabiiy ofat, shuningdek, zilzilaga qarshi muhandislik va tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko'rish sohasidagi yutuqlarga turtki bo'ldi, chunki u kelajakdagi zilzilalar ta'sirini yumshatish uchun kuchli qurilish qoidalari va infratuzilmasiga ehtiyoj borligini ta'kidladi.

CHIG‘ANOQ – Namangan viloyatining Pop tumanidagi qishloq nomi.
Chig‘anoq so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib, o‘zbek tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi:
1) shilliq qurt // shilliq;
2) ba’zi umurtqasiz jonivorlarning, masalan, molluskalarning turli shakllarda bo‘ladigan kosasi;
3) anatomik termin: tirsak; tirsak suyagi.
Shuningdek, chig‘anoq so‘zi o‘zbek va qirg‘iz tillarida tirsak ma’nosida qo‘llanadi. Tirsak – qo‘lning bilak suyagi bilan yelka suyagi qo‘shiladigan, bukilib burchak hosil qiladigan joyi; narsalarning burchak hosil qilib bukilgan joyi yoki qismi. Qishloq Sirdaryoning ana shunday burchak hosil qilib bukilgan hududida joylashganligiga nisbat berib, Chig‘anoq deb atalgan.
Demak, Chig‘anoq oykonimi burchak joydagi yashash manzili degan toponimik ma’noga ega.

👍2
#shunchaki
ENG KEKSA FUTBOL KLUBI
1857-yilda tashkil etilgan Sheffild FC FIFA tomonidan eng qadimgi futbol klubi sifatida tan olingan.
Klubga Sheffild Kriket klubidan Nataniel Kresvik va Uilyam Perst asos solgan.
Boshqalar ham dunyodagi eng keksa futbol klubi unvoniga da'vo qilishdi, biroq FIFA rasman Sheffildni eng keksa klub deb tan oldi.

SHOFIRKON – Buxoro viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi.
Shofirkon O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri, tuman tashkil qilingan vaqtda uning nomi tumanga ham berilgan. Nomning qadimiy shakli – Shopurkom. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida yozilishicha, shahar nomi Shopurkom, ya’ni Shopur qazdirgan ariq (kanal) nomidan kelib chiqqan. Joy nomlari tarkibida kom so‘zi “ariq, kanal, irmoq, daryo” ma’nolarida qo‘llanilgan. Keyinroq ariq yonida paydo bo‘lgan qal’a va shaharga ham shu nom berilgan.
Shofirkon haqida ayrim ma’lumotlar Mahmud ibn Valining “Bahr ul asror” (Geografiya) asarida (XVII asr) ham keltirilgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Shofirkon va uning atrofidagi qishloqlarni bir necha marta qum bosgan.

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari.Hammangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman ☃️
#toponim #etimologiya
RISHTON – qishloq. Farg‘ona viloyati Rishton tumani.
Shahar sifatida ilk bor “Hudud ul-olam”da (list 24a) arab geograflari – Ibn Havqalda (БАГ, II, C. 395–396), Muqaddasiy asarlarida tilga olinadi (БАГ, III, C. 272). Mavjud talqinlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Rishton termini rashidon – “haqiqiy yo‘ldan yuruvchi” so‘zlaridan kelib chiqqan, ilmiy emas, diniy tushunchalar orqali asoslangan

Do‘Ita, do‘ltabo‘ri — adabiy tilda sirtlon deb ataladigan o‘limtikxo‘r yirtqich hayvon.
Samarqand tumanida Do'lta, G‘uzor, Qamashi tumanlarida Do‘ltaIi, Shahrisabz, Dehqonobod, Denov tumanlarida Do‘Itaxona degan toponimlar bor. T, Nafasov do'lta «yerto'la», «o‘ydim-chuqur», «past-balandlik» ma’nosini bildiradi deydi.
Biroq do‘ltaxonani «yerto‘la» deyish to‘g‘ri emas, chunki xona qo'shimchasi tabiiy obyektlar nomlaridan toponim yasamaydi

Ko‘rpa — joy nomlari shaklida uchraydigan qadimiy atama va etnonim, bu so‘zning «qavilgan yopinchiq» ma’nosidagi forscha-tojikcha so‘zga aloqasi yo‘q. Qadimiy turkiy tilda ko‘rpa so‘zi bir necha ma’noni anglatgan. Tarixiy yodgorliklarda ko'rpa so‘zining «barra o‘t», «yosh bola», «qo'zichoq», «uloqcha», «buzoqcha», «kераk» ma’nolari qayd qilingan. Lekin bu so‘zning ko'pgina ma’nolari unutilgan, shungaqaramasdan ba’zi joylarda barrabedani «beda ko‘rpabo‘lib qolipti»
deyishadi.
Ko‘rpa, Qorako'rpa,Ko‘rpasoy, Ko‘rpaqishloq, Ko‘rpacha, Yangiko‘rpa kabi toponimlar ko‘rpa degan urug‘ nomidan olingan. Urug‘larning hayvon nomlari bilan ham atalganini hisobga olsak, ko‘rpa etnonimi «qo'zichoq» degan ma’noni bildiradi. Chunonchi, mashhur tilshunos Abu Xayyon al-Andalusiy (XIII asr) asarlarida ko‘rpa so‘zi ana shunday izohlangan.
Qirg‘iz tilida qo‘zichoqning jingalak terisi (mo'ynasi) ko‘rpo‘ deyiladi.

#atama ma'nosi
KONKLAV (lot. conclave – berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida
chaqiriladigan kardinalar yig'ini (1274-yildan), shunday yig'in o'tkaziladigan bino.
Yig'in tashqi dunyodan butkul ajratib qo'yilgan binoda o'tadi. Konklav o'tkazish tartibi XIII asrda papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juz'iy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qo'shimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.

#tarix #atama
OPPONENT (lot. e‘tiroz bildiruvchi) — bahsda biror kishining fikriga,mulohazasiga e‘tiroz bildirib, uni qisman yoki to'la rad etuvchi kishi.
OPPONENT(eng. raqib )musobaqada, o'yinda yoki bahsda boshqasi bilan raqobatlashadigan yoki unga qarshi turadigan kishi

XIRABEK – Andijon viloyati Andijon tumanidagi qadimiy qishloq.
Qadimgi turkiy tilda “kara”, “xara” tepalik, o‘rtacha baland do‘nglik ma’nosida keladi. Darhaqiqat, Xirabek qishlog‘i adirlar yonbag‘rida joylashgan.
“Boburnoma"da “xarabuk” deb yozilgan. “Xirabek”dagi “bek”, bizningcha, tepaliklarning balandrog‘i degan ma’noda qo‘shilgan bo‘lsa kerak

PROTOKOL (fr. protocole, grek. protokollo – manuskript o'ramiga kleylab yopishtirib qo'yilgan birinchi varaq)
Turlari :
1) yig'ilishda, majlisda, so'roq vaqtida va h.k. bo'lib o'tgan gaplar yozilgan hujjat.
2) biror fakt, hodisa to'g'risida guvohlik beruvchi hujjat.
3) Biror maxsus masala bo'yicha davlatlar o'rtasidagi yozma bitim.
4) Diplomatik Protokol– turli diplomatik aktlarni amalga oshirish tartibini va turli mamlakatlar diplomatlari o'rtasidagi va rahbar davlat arboblari o'rtasidagi munosabatlarning tashqi shakllarini tartibga solib turuvchi qoidalar yig'indisi.

XARIZMA (yun. charisma - ilohiy qobiliyat) — biror shaxsning boshqalarga nisbatan alohida xususiyatlarga egaligi (donoligi, qahramonligi, avliyoligi) va shu xususiyat yordamida xalqni boshqarishga haqli ekanligini ifodalaydigan tushuncha.
Xarizma tushunchasini ilk bor italiyalik ruhoniy S.Paul mo'jizaviy qobiliyatga ega bo'lgan Iso payg'ambarga nisbatan ishlatgan.
Ammo Xarizmani ilmiy tushuncha sifatida M.Veber chuqur tadqiq qilib, uni ―"Xudo bergan ne‘mat" deb nomlagan.
Qadimgi davrlarda faqat ilohiy mazmunga ega bo'lgan tushuncha vaqt o'tishi bilan olimlar tomonidan real hayotga tadbiq etila borib, ilohiy qobiliyatga ega bo'lmagan, ammo alohida xususiyatlarga, yuksak fazilatlarga ega bo'lgan yetakchi tarixiy shaxslarga nisbatan ham ishlatila boshlangan
@toponimik

#bird
Ucha olmaydigan 10 ta qush
1. Tuyaqush
2. Emu
3. Kivi
4. Pingvin
5. Kazuarlar
6. Rhea
7. Kakapo
8. Weka
9. Takahe
10. Dodo (yoʻq boʻlib ketgan)
@toponomik
Ucha olmaydigan 10 ta qush
1. Tuyaqush
2. Emu
3. Kivi
4. Pingvin
5. Kazuarlar
6. Rhea
7. Kakapo
8. Weka
9. Takahe
10. Dodo (yoʻq boʻlib ketgan)
@toponomik
👍1
#tarix #atama
DEMAGOG (yun. demagogos – xalq dohiysi) — dastlab Yunonistonda xalqni orqasidan ergashtirgan siyosiy guruhchalar rahbarlari, demokratik kayfiyatdagi siyosiy arbob-keyinchalik bu so‘z salbiy ma‘no olgan.
DEMAGOGIYA (yun. demos – xalq va ago – boshlayman) — faktlarni ataylab buzib ko‘rsatish, yolg‘on-yashiq va‘dalar berish va tilyog‘lamalik qilish yo‘li bilan aldash, g‘arazli, ko‘pincha siyosiy maqsadlarni yashirgan holda balandparvoz muhokama yuritish.

MIQCHAAR – qishloq. Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani.
Mahalliy aholi vakillari so‘zlariga ko‘ra, u yerda Andijon shahrigacha bo‘lgan katta shahar joylashgan. Shahar Niq deb nomlanib, u “mustahkam”ma’nosini ifodalagan. Niqshahar vaqt o‘tishi bilan Miqchaarga aylangan. Aslida bu otashparastlik – mug‘ nomi bilan bog‘liqdir

#noodatiy
G‘ALATI IXTIROLAR (1)
"The Pet Petter" - "uy hayvoni Petter"bu ijtimoiy tarmoqdagi virusli post orqali ommalashgan kulgili ixtiro hisoblanadi.
"Uy hayvoni Petter" ixtirosi xayoliy qurilma bo'lib, siz juda band bo'lganingizda yoki charchaganingizda uy hayvonlaringizni boqish uchun mo'ljallangan mashina sifatida hazil bilan tasvirlangan. "Uy hayvoni Petter" g'oyasi hayvonlarga bo'lgan muhabbat va hatto egalari juda band bo'lsa ham, ularga mehr va e'tiborni qaratish istagini o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy tarmoqdagi “uy hayvoni Petter”ni taqdim etgan asl postda qo‘l shaklidagi qo‘shimchasi bo‘lgan mashinaning kulgili tasviri taqdim etilgan bo‘lib, u uy hayvonlarini avtomatik ravishda boqish va erkalash mumkinligini hazil bilan taklif qilgan. Post tezda diqqatni tortdi va uy hayvonlarini parvarish qilishni avtomatlashtirish kontseptsiyasi haqida ko'plab yengil munozaralar va memlarni keltirib chiqardi.

KAPPON – Namangan shahridagi Yangiariq kanalidan suv olib, Namangan tumaniga oquvchi ariq nomi.
KOPPON-Qo'qon shahridagi dehqon bozori
Kappon yoki Koppon so‘zi fors-tojikcha bo‘lib, “don, g‘alla bozori” degan ma’nolarni anglatadi. Aslida, kappon so‘zi “og‘ir narsalar tortiladigan bir pallali ulkan tarozi”ni anglatgan.
Kappon g‘alla bozoriga o‘rnatilib, unda bir necha qop g‘alla tortish mumkin bo‘lgan. Keyinchalik shunday tarozi o‘rnatilgan, usti tim don bozori, g‘alla bilan savdo qilinadigan rasta ham kappon deb atalgan. Hozir bozorda, umuman, g‘alla sotiladigan joy kappon deyiladi.Demak, “bir pallali ulkan tarozi” ma’nosini anglatuvchi kappon so‘zi til taraqqiyoti davomida metonimiya asosida “don bozori” tushunchasini ham anglatadigan bo‘lgan. Gidronimga ana shu kappon so‘zi asos bo‘lgan. Ariq Namangan shahridagi kappon, ya’ni don bozori hududidan oqib o‘tganligiga ko‘ra shunday nomlangan. Anglashiladiki, ariq o‘zi oqib o‘tgan hududga, ya’ni kappon bozoriga nisbat berish asosida nomlangan.