Tarix va Toponomika
1.53K subscribers
1.09K photos
16 videos
3 files
403 links
We opened this channel to help with "Zakovat"
Download Telegram
#shunchaki

Qadimgi misrda mushuklar muqaddas hisoblangan.Biror oilaning sevimli mushugi vafot etganida,butun oila a'zolari qoshlarini oldirib,qoshlari o'sib chiqgunicha aza tutar edi.

@toponomik
👍1
#tarix

1888-yil 4-iyunda Nyu York shtat kongressi osishni bekor qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi.Bunday "insoniy"harakatga o'lim jazosining yangi usuli-elektr stulning joriy etilishi sabab bo'ldi.

@toponomik
👍1
#shunchaki

Kemada oq bayroq ko'tarilsa,bu "taslim bo'lamiz"degani emas.Bu belgi kapitan muzokaralarni boshlamoqchi ekanligini va shu paytdan boshlab dushman xalqaro konventsiyalarga ko'ra jangni to'xtatib,bu muzokaralarga kirishishi kerakligini bildiradi.Kemada so'zsiz taslim bo'lish-barcha bayroq va bannerlarni tushurish orqali ifodalanadi.

@toponomik
👍3
#shunchaki

Inkvizitsiya davrida 50 kgdan ortiq vaznga ega bo'lgan ayollar "shayton bilan aloqasi"uchun hukm qilinmagan.Aynan 50 kg supurgining maksimal yuk ko'tarish qobiliyati ekanligiga ishonishgan.Vazn 50 kg dan ortiqmi-demak supurgi bu vaznni ko'tara olmaydi va ayol shayton bilan aloqa bog'lamagan degan xuloasaga kelishgan.

@toponomik
❤1
#shunchaki

Qadimda rus dengizchilari o'zlari dengizdan topgan dur va marvaridlarini tozalash uchun tovuqlardan foydalanishgan.Dur va marvaridlarni tovuqqa yegizishgan va 2-3 kundan so'ng tovuqni so'yib,uning oshqozonidan tozalangan dur va marvaridlarni olishgan.

@toponomik
#etimologoya

Shimoliy Yevropa poytaxt shaharlari:

Dublin– Irlandiyaning poytaxti. Shaharga dastlab 140-yilda asos solingan. Dublin – "qora moy” degani, shahar Liffi daryosi bo’yida joylashgan bo’lib, daryo suvi torf zonasi ta’sirida qoramtir tusga ega. Shahar boshqacha Bale – Axa – Kliaxbeil – "shahar”, ath –"kechuv”, cliath – "tol”) – "tolli kechuvdagi shahar” deb ham ataladi.

Kopengagen– Daniyaning poytaxti. 1043-yilda xozirgi shahar o’rnida Xavn nomli qishloq bo’lgan. Qishloq yonida 1167-yilda qal’a bunyod etilgan. Mana shu qishloq va qal’a atrofida vujudga kelgan shahar Kjobmannshavn - savdogarlik bandargohi nomini olgan. Zamonaviy shakli Kobenhavn; rus tilida Копенгаген shakli nemis reformasi (Kopenhagen) ta’sirida paydo bo’lgan.


London – Buyuk Britaniyaning poytaxti. Tatsita tomonidan eramizdan avvalgi 115-yilda lotinchada Londinium shaklida eslab o’tiladi va shuning asnosida kelt tilida qayta tiklangan Londin nomi kelib chiqadi.

Oslo– Norvegiyaning poytaxti. Shaharga 1048-yili asos solingan. Lo daryosi mansabida joylashgani uchun (os – "daryo quyarjoyi, mansabi”, Lo – daryo nomi) Oslo deyilgan.

Reyk’yavik– Islandiyaning poytaxti. Shaharga 875-yilda vikinglar asos solishgan. Reyk’yavik islandcha reyk’ya – "bug’”, "tutun” va vik – "qo’ltiqcha”, "qishloq” so’zlaridan yasalib, geyzerlar – issiq buloqlar ko’pligidan "bug’ otilib turadigan joy” degan ma’noni beradi.


Riga– Latviyaning poytaxti. Mahalliy tilda riga – "tirsak”, "daryoning burilgan joyi” degan ma’noni beradi.


Stokgolm – Shvesiyaning poytaxti. XIII asrda Melarni ko’li va Baltika dengizi sohillarida bunyod etilgan. Shved tilida xolm – "orol”, stok – "tor ko’rfaz(qo’ltiq)”, demak "tor ko’rfazdagi orol” degan ma’noni beradi.

Tallin– Estoniyaning poytaxti. Dastlab yozma manbalarda 1154-yili tilga olingan, lekin IX-X asrlarda shahar o’rnida estonlarning qishlog’i mavjud bo’lganligini arxeologik manbalar ko’rsatadi. Dastlab shahar Kovolen, keyinchalik Revel deb nomlangan. XIII asrda shaharni daniyaliklar bosib olgan va ular shahar o’rnida qal’a qurishgan. Shuning uchun estonlar uni Tallin (estoncha taani linn – "Dan shahri” ya’ni "daniyaliklar shahri”) deb nomlashgan.


Xelsinki – Finlandiyaning poytaxti. Shaharga 1550-yilda asos solingan. Xelsing xalqi nomidan olingan.

@toponomik
#etimologoya

G'arbiy Yevropa poytaxt shaharlari:

Amsterdam– Niderlandiyaning poytaxti va yirik port shahar. Gollandcha "Amstel daryosidagi damba” degan ma’noni beradi.

Berlin– Germaniyaning poytaxti. XIII asrdan boshlab Berlin shaklida eslab kelinadi. Ishonarli aniq farazlarga qaraganda shahar nomi "Birl/Berl” – botqoqlik, botqoq qadimgi slavyan tilidan kelib chiqqan. Shuningdek shahar nomi Berla ismidan yoki boshqa qadimgi kelt, slavyan tillaridan kelib chiqqanligi haqida mulohazalar bor.


Bern– Shveysariyaning poytaxti. Bern shahri 1191-yildan ma’lum. Shahar nomi kelt tilidan "Bren” – tog’ kelib chiqqan. Shuningdek shahar nomi italyancha Verona nomining Bern sifatida qayta ishlangan, o’zgartirilgan degan qarashlar ham mavjud. Xalq etimologiyasi esa shahar ayiq o’ldirilgan joyda bunyod etilgan degan va shuning uchun "ayiq” ya’ni shahar nomi Bern. Bu afsona shahar bayrog’ida ayiqning tasvirlanganligida o’z aksini topadi.

Bryussel – Belgiyaning poytaxti. Shahar nomi dastlab VII asrga oid yozma manbalarda tilga olingan. Bryussel – "botqoqlik yaqinidagi shahar” degan ma’noni beradi.


Kiyev– Ukrainaning poytaxti. Kiyev nomi birinchi bo’lib, 860-yildagi qo’lyozmalarda eslab o’tiladi. Kiyev so’zi ikki qismga bo’linadi. Kiy so’zi cho’p tayoq, ev so’zi esa qo’shimcha ma’nosini bildiradi. Demak tayoqlar shahri degan ma’noni bildiradi.

Monako– Fransiya sarxadlari bilan o’ralgan O’rta dengiz qirg’og’ida joylashgan Janubiy Yevropadagi davlat. Rim mualliflari tomonidan eramiz oraliqlarida Gerkukles ibodat qilinadigan joy sifatida eslanadi. Portus Monoecus yakka tanxo yashovchi degan ma’noni bildiradi. Bu esa Gerkulesning ismlaridan biri.


Parij– Fransiyaning poytaxti. Miloddan avvalgi I asrdan Lyutiseya nomi bilan ma’lum. Parij – parizi qabilasi nomidan olingan.

Vena– Avstriyaning poytaxti. Miloddan avvalgi IV asrda kelt qabilalari hozirgi shahar o’rnida qishloq barpo etib, Vindobara – "Oq dala” deb atagan. Vena nomini boshqacha talqin etuvchilar ham bor.

@toponomik
#shunchaki

Ronald Reygan 1981-yildan 1989-yilgacha Qo'shma Shtatlarning 40-prezidenti bo'lgan.Donald Tramp prezidentlikka saylanguniga qadar u AQSH ning ajrashgan yagona prezidenti edi.

@toponomik
#shunchaki

1974-yil 26-iyunda do'kon kassasida indekslangan birinchi shtrix kodli mahsulot Wrigley's Juicy Fruit saqichining to'plami edi.Ulardan biri hozir Smitson Amerika tarixi muzeyida saqlanmoqda.

@toponomik
#etimologoya

Sharqiy Yevropa poytaxt shaharlari

Budapesht– Vengriyaning poytaxti. Zamonaviy shaharga 1872-yilda asos solingan. Shahar Dunay darypsining qarama-qarshi qirg’og’larida joylashgan. Buda va Pesht shaharlarining ma’muriy jihatdan qo’shilishidan kelib chiqqan.

Buxarest– Ruminiyaning poytaxti. 1459-yillarda qishloq sifatida tilga olingan. Buxarest nomi Bukur ismi va qishloqqa tegishlilik ma’nosini beruvchi qo’shimcha "eshti”ning qo’shilishidan birikmasidan paydo bo’lgan.


Bratislava– Slovakiyaning poytaxti. Xozirgi shahar o’rnida eramiz boshlariga qadar rimliklarning Posonium nomli lageri joylashgan. Keyinchalik uning o’rnida Preslav Slovakiya shahri vujudga keldi. O’rta asrlarda Avstriya tarkibida shahar nomi Pressburgga aylandi. 1867-yilda Avstro-Vengriyaning tuzilishi bilan Pozsony nomini oladi. 1918-yilda Chexoslavakiyaning shahar Bratislava nomini oladi.

Minsk– Belorrusiyaning poytaxti. Birinchilardan bo’lib 1067-yillarda Menesk, Mensk shaklida tilga olingan.


Moskva – Rossiya Federatsiyasining poytaxti. Daryo nomidan kelib chiqqan bo’lib, Moskva gidronimini tushuntirish uchun fin-ugor tillari etimologiyasi asosida ko’plab misollar keltirilgan. Masalan, коровья река sut daryosi "boquvchi”, "to’yg’azuvchi daryo” ma’nosida, приток река или река с притоком "daryoning ko’p quyiladigan joyi” ma’nosini bildiradi.

Praga– Chexiyaning poytaxti. Uning nomi X asrdan buyon ma’lum. Uning nomi praziti (kuydirish, pishirish) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, shudgor qilingan o’rmonlarning yonib ketishi bilan yoki prahnouti (qurmoq) so’zidan kelib chiqqan bo’lib shaharning quruq baland yerda paydo bo’lganligi bilan bog’lanadi. 1908-yildan Praga nomi bilan yuritiladi.


Sofiya– Bolgariyaning poytaxti. Shaharga eramizdan avvalgi I asrda qadimgi rimliklar asos solishgan. Ular Bibi Sofiya ibodatxonasini qurdirganlar va shaharni Sofiya deb atashgan. Grekcha sofis – "oqil”, "dono” degan so’zlardir.

Varshava– Polshaning poytaxti. XIV-XV asrdan boshlab tilga olinadi. Shahar nomi Varsh shahsiy ismdan kelib chiqqan. XV asrdan boshlab mazovetskiy bitimiga ko’ra Varshava – Varshava qishlog’i deb atala boshlandi. Shuningdek xalq etimologiyasida shahar nomi bilan bog’liq afsonalar ham mavjud.

@toponomik
👍1
#etimologoya

Janubiy Yevropa poytaxt shaharlari

Afina – Gretsiyaning poytaxti, dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. Shaharga dastlab aholi eramizdan avvalgi XVI – XIII asrlarda o’troqlasha boshlagan. Nomi esa afsonaviy Afina(qadimgi yunonlarning xudosi) ismidan olingan. Lekin qadimgi yunon tilida tepalik yerni bildiruvchi atinai so’zi ham bo’lgan. Shahar shunday tepalikda joylashganligi uchun unga atina, afina – "tepa” nomi berilgan bo’lishi mumkin, deb hisoblaydi H.Hasanov.

Belgrad– Serbiyaning poytaxti. Keltlar tomonidan eramizdan oldingi IV-III asrlarda asos solingan. Eramizdan avvalgi 33-yilda rimliklar tomonidan bosib olingan va qal’aga aylantirilgan va shu bilan bir qatorda Singudunum nomi ham berilgan. IX asrda slovyanlar tomonidan bosib olingandan so’ng Belgrad nomi bilan atala boshlangan.

Lissabon– Portugaliyaning poytaxti. Shahar o’rnida eramizdan avvalgi I asrda Yuliy Sezar tomonidan asoss solingan rimliklar lageri joylashgan bo’lgan. Shahar Yuliy Sezar sharafiga Baxtli Yuliy – Felisitas-Yuliya deb nomlangan. Eramiz boshlarida Ulisea nomi bilan keyinchalik esa Olisippo, Olisippona, Lisabon shakllari uchraydi.

Lyublyana– Sloveniyaning poytaxti. Shahar eramizdan avvalgi I asrda Emona Rim koloniyasi sifatida shakllangan. IX asrda franklar tomonidan qayta tiklangan, X asrdan boshlab Lyublyana (Ljubljana) deb nomlana boshlangan. Shahar nomining kelib chiqishi Lyuvigan daryosi atrofida joylashganligi bilan izohlanadi.

Madrid– Ispaniyaning poytaxti. Shaharga 927-yilda mavritanlar qarorgohi sifatida asos solingan. Magerit arab tilidan Madarat shahar ma’nosini bildiradi. Magarat shaklida tilga olinadi. Boshqa bir faraz bo’yicha arablargacha ya’ni arabcha nomga qadar shahar nomi eski ispan tilidan olingan bo’lib, maderita – o’rmon novdasi degan ma’noni anglatadi.

Rim– Italiyaning poytaxti. Asl nomi Rumo – hozirgi Tibr daryosi nomidan olingan. Daryo nomi esa uning qirg’oqlari bo’yida yashagan qadimgi rumo qabilasi nomidan olingan, deb hisoblanadi. Rim – "abadiy shahar” degan ibora yasama nomdir. Uni "bo’ri emizib katta qilgan bolalar – Ramul bilan Rem – miloddan avvalgi 750-yil ilgari bunyod etgan” degan afsona ham to’qilgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Rim shahri qurilishidan 500 yilcha avval uning o’rni ko’cha, yo’l va kanallar bo’lgan.

Sarayevo– Bosniya va Gersegovinaning poytaxti. XIII asrdan Vrxbosna (gora nad bosnoy) nomi bilan mashxur. Vrx – tog’, balandlik, Bosna – daryo nomi. Vrxbosna – Bosna daryosi ustidagi tog’ ma’nosini anglatadi. Bosna daryosi nomidan butun tarixiy joy Bosniya nomi kelib chiqqan. Ottomanlar hukmronligi imperiyasi davrida shahar Bosna-Saray (Saray turkchadan Saroy, qal’a) deb atalgan. Bu esa Bosnadagi saroy ma’nosini beradi. Bosnadagi saroyni XVI asrda Xusrav-Bek qurdirgan. Turklar imperiyasidan ozod bo’lgandan keyin shahar nomi slavyan tilida Sarayeva tarzida nomlangan. Sarayeva – qal’ali, saroyli degan ma’nolarni anglatadi.

San-Marino– Appenin yarim orolidagi kichik davlat. Hozirgi davlat o’rnida milodning IV asrida Marino ismli kishi dindorlar jamiyati qurish maqsadida bunyod etgan. Shuning uchun uning nomiga Santo-Marino – "Muqaddas Marino” deb atalgan.

Tirana– Albaniyaning poytaxti. Ushbu nom XVI asrda paydo bo’lgan. Tirana eramizdan avvalgi I ming yillikda Apennin yarim orolida yashagan tirren qabilasi nomidan olingan.

Vatikan– shahar – davlat. Rim shahri ichida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng kichik davlat hisoblanadi. Rim shahri yetti tepalikda joylashgan bo’lib, tepaliklardan biri Monte-Vatikano tepaligida qadim zamonlarda kohinlar (latincha "vatikinatio”) yashagan. Shahar – davlat nomi shundan olingan.

Zagreb– Xorvatiyaning poytaxti. XIII asrda Zagrabia hozirda esa Zagreb shaklida qo’llaniladi. Shahar nomi slavyan tilidan Zagreb tepalik ma’nosini bildiradi ya’ni tepalikdagi shahar ma’nosini anglatadi.

@toponomik
👍3
#shunchaki

1968-yilda Sovet kosmik kemasi Zond-5 dunyoda birinchi marta Oy atrofida parvoz qildi.Kosmik kemada ikkita Markaziy Osiyo toshbaqasi bo'lgan.Ular tarixda Oy atrofida uchib, Yerga qaytgan birinchi tirik mavjudot bo'ldi.Bu hodisa Apollon-8 parvozidan uch oy oldin bo'lgandi.

@toponomik
👍1
#shunchaki

1972-yildan beri "shakoladli tuxum"lar hammamizni quvontirib kelmoqda.Ularning ixtirochisi shveytsariyalik dizayner Genri Rot edi,u Kinder Surprise-ichiga mos keladigan o'yinchoqlar yaratish g'oyasini ilgari surdi.

@toponomik
❤1👍1
#shunchaki

Tete a tete

Asrlar davomida bu jihoz juda ko'p nomlar va shakllarga ega bo'lgan - suhbat kursisi,skameyka,tete a tete,chaperon stuli,vis a vis,"g'iybat stuli" yoki "yashirincha".Viktoriya davrida bu jihoz nafislik va o'zgacha uslub hisoblanib, elita vakillarining uylaridan mustahkam o'rin egalladi.Bu jihoz o'tiruvchilarga ehtiyotkorlik bilan suhbatlashish,o'zaro masofa yaratmay yaqinroq va jimgina gaplashish imkoniyatini berardi.Fransiyada ikki o'rindiqli-"le confidant"-maxfiy suhbatlar uchun,uch o'rindiqlilari esa-"indiscret" deb nomlandi.Napoleon uch o'rindiqli stullarni vazirlarining Luvrdagi kvartiralari boylab joylashtirishni buyurdi,go'yo maslahatchilari va fuqarolarini bir-birlariga quloq solishga undadi.

@toponomik
👍1
#shunchaki

Bir kuni "aqldan ozgan"Rim imperatori Kaligula dengizlar xudosi Poseydonga qarshi urush e'lon qilishga qaror qildi va askarlariga suvni qamchilashni va nayzalarini suvga uloqtorishni buyurdi.
Aytgancha,Rim tilida Kaligula "kichik poyabzal"degan mq'noni bildiradi.

@toponomik
👍1
#shunchaki

Askarlarga o'ng va chapni farqlashni o'rgatish uchun Pyotr I ularning chap oyog'iga-pichan, o'ng oyog'iga-somon bog'lashni buyurdi.Serjant-mayor faqat:"Pichan-somon,pichan-somon" deb buyruq berishi mumkin edi va askarlar tog'ri harakat qila boshladi.Umuman olganda bundan 300-yil avval Yevropa xalqlari orasida "o'ng" va "chap" tushunchalarini qo'llashni faqat dehqonlar emas o'qimishli odamlar bilishgan.

@toponomik
👍1
#shunchaki

Birinchi pochta qutilari Florensiyada bundan 400 yillar oldin paydo bo'lgan.Ular shahar hokimiyatining eshiklariga osib qo'yilgan.Ular anonim "qoralash,arz qilish" uchun xizmat qildilar-"Masalan: "Iblis bilan aloqada"gumon qilingan odamlarga,ilg'or fikr va qarashlarini tarqatuvchi faylasuflarga,xiyonatda ayblangan siyosatchilarga qarshi ishlatilgan.

@toponomik
👍1
#shunchaki

Tomas Jefferson Amerika Qo'shma Shtatlarining asoschilaridan biri va uchinchi prezidenti bo'lgan.Ammo amerikaliklar uning quldorligini eslashni yoqtirmaydilar.Jefferson qora tanlilarni "past irq"deb hisoblagan.Jefferson o'zining "Virjiniya shtati haqida eslatmalar" kitobida qora tanlilarni "buyrakdan kichik ammo bezlardan katta bezlari bor va ular shu qadar ko'p sekretsiya ajratadiki bu juda kuchli va yoqimsiz hidga olib keladi"deb yozgan.

@toponomik
👍1
#etimologoya

Davlatlar nomida aks etgan ma'nolar

Yevropa mamlakatlari:

1. Avstriya – nemischa "sharqiy mamlakat”
2. Albaniya – illiriycha "qishloqcha”
3. Andorra – baskcha "quruq hudud”
4. Belorussiya – ruscha "erkin” (Oltin Ortadan erkin)
5.
Belgiya – keltlar qabilasi "belgi” nomidan olingan.
6. Bolgariya – bolgar xalqi nomidan olingan.
7. Bosniya va Gersegovina – Bosna daryosi va vengercha "voyevoda” sozidan olingan.
8. Buyuk Britaniya – britlar qabilasi nomidan olingan.
9. Vatikan – "fol ochish joyi” degan manoni bildiradi.
10.
Vengriya – vengr xalqi nomidan olingan.
11. Germaniya – german qabilasi nomidan olingan.
12. Gibraltar – arab lashkarboshisi "Jabal-al Tariq” nomidan olingan.
13. Gretsiya – grek xalqi nomidan olingan.
14. Daniya – german qabilasi nomidan olingan.
15. Irlandiya – garbiy mamlakat.
16. Islandiya – muzli mamlakat.
17. Ispaniya – finikiycha "quyonlar qirgogi”
18. Italiya – "buzoqlar mamlakati” italyan qabilalari nomidan olingan.
19. Latviya – "Latviye” qabilalar nomidan olingan.
20. Litva – Letava daryosi nomidan olingan.
21. Lixtenshteyn – Lixtenshteyn sulolasi nomidan olingan.
22. Lyuksemburg – nemischa "kichik shahar”
23. Makedoniya – qadimgi yunoncha "baland”, "kelishgan” manolarini bildiradi.
24.
Malta – finikiycha "korfaz”
25. Moldaviya – Moldova daryosi nomidan olingan.
26. Monako – qadimgi yunoncha "manax” sozidan olingan.
27.
Niderlandiya – "daryoning quyi etagidagi yerlar”
28. Norvegiya – norvegcha "shimoliy yol”
29. Polsha – polyak xalqi nomidan olingan.
30. Portugaliya – Portu shahri nomidan olingan. "Issiq port” manosini bildiradi.
31.
Rossiya – rus qabilasi nomidan olingan.
32.
Ruminiya – "rimniki" degan manoni bildiradi.
33. San-Marino – "davlat tuzuvchisi” nomidan olingan.
34. Serbiya va Chernogoriya – Serb va Chernogor xalqi nomidan olingan.
35. Slovakiya – Slovak xalqi nomidan olingan.
36. Sloveniya – sloven xalqi nomidan olingan.
37. Ukraina – ruscha "chegara va chegara ortidagi hudud”
38. Finlandiya – shvedcha "finlar mamlakati”
39. Fransiya – franklar qabilasi nomidan olingan.
40. Chexiya – chex qabilasi nomidan olingan.
41. Shvetsiya – skandinavcha – "svenlar mamlakati”
42. Shveytsariya – shvits "kantoni” nomidan, nemischa "yopmoq”
43. Estoniya – estonlar qabilasi nomidan olingan.

@toponomik
👍2❤1
#shunchaki

Ulug' vatan urushining noyob rekordi katta leytenant Zinoviy Kolobanov ekipaji tomonidan 1- panzer dviziyasining KV tankida o'rnatildi.Leytenant Kolobanovning 5 tankdan iborat guruhi Luga,Volosovo, va Kingissepdan Lelingradga keladigan uchta yo'lni to'sib qo'yishi kerak edi.Jang boshlanganidan 30 daqiqa o'tgach,nemislar 43 tankni yo'qotdilar va ulardan 22 tasi Kolobanov tankining tankeri tomonidan shaxsan yo'q qilindi.Uning jasorati Ginnesning rekordlar kitobiga urushlar tarixidagi eng muvaffaqiyatli va samarali tank jangi sifatida kirdi.

@toponomik
👍2
#etimologoya

Davlatlar nomida aks etgan manolar

Osiyo mamlakatlari:

1. Ozarbayjon – "Olov yiguvchi”
2.
Armaniston – armanlar urugi asoschisi Armanik nomidan olingan.
3. Afgoniston – afgonlarning afsonaviy bobokaloni Afgon nomidan olingan.
4. Bangladesh – bengalcha "Bengallar mamlakati”
5. Bahrayn – arabcha "ikki dengiz”
6. Bruney – arabcha "Dunyo hukmdori”
7. Butan – tibetcha "Tibet atroflari”
8. Vyetnam – "sharqiy vyetlar mamlakati”
9. Gruziya – Sakartvello (kartvellar - gruzinlar)
10. Indoneziya – "orolli Hindiston”
11. Iordaniya – Iordan daryosi nomidan olingan.
12. Iroq – arabcha "qirgoq yoki quyi yer”
13. Isroil – isroil xalqi nomidan olingan.
14. Kambodja – Kambu urugi asoschisi nomidan olingan.
15.
Qatar – Qadimgi Qadaru qishlogi nomidan olingan.
16. Kipr – yunoncha "kiparis” sozidan olingan.
17.
Qirgiziston – qirgiz xalqi nomidan olingan.
18. Qozogiston – qozoq xalqi nomidan olingan.
19. Koreya – X-XIV asrlarda qollangan etnonim.
20.
Quvayt – arabcha "shahar, qala”
21. Laos – laos xalqi nomidan olingan.
22. Livan – "Livan togi”, yani semit tilida "oq” degan manoni anglatadi.
23. Malayziya – malayya xalqi nomidan olingan.
24. Maldiv – sansritcha "orol”
25. Mogiliston – mogul xalqi nomidan olingan.
26.
Myanma – birmacha "Oltin ibodatxonalar mamlakati”
27. Nepal – sanskritcha "tog etagidagi manzilgoh”
28. Pokiston – urducha "pok mamlakat”
29. Saudiya Arabistoni – saudiylar sulolasi nomidan olingan.
30. Singapur – sanskrticha "Sher shahar”
31. Suriya – Ossuriya mamlakati nomidan olingan.
32. Tailand – tai xalqi nomidan olingan.
33. Tayvan – xitoycha "korfaz yoli”
34.
Tojikiston – tojik xalqi nomidan olingan.
35.
Turkiya – turk xalqi nomidan olingan.
36.
Turkmaniston – turkman xalqi nomidan olingan.
37.
Ozbekiston – ozbek xalqi nomidan olingan.
38.
Ummon – shahar asoschisi Ummon bin Ibrohim nomidan olingan.
39.
Filippin – Ispaniya qiroli Filipp II nomiga qoyilgan.
40. Hindiston – Hind daryosi nomidan olingan.
41. Xitoy – mogullar qabilasi "kidanlar” nomidan olingan.
42. Shri-Lanka – sanskritcha "shon-sharafli yer”
43. Eron – oriylar qabilasi nomidan olingan. "Oliyjanob”
44. Yaman – arabcha "ongda, Makkadan ongda”
45. Yaponiya – qadimgi yapon tilidan "tog' mamlakati odamlari”,to'g'ridan-to'g'ri "Quyoshning ildizi" manosini bildiradi.

@toponomik
👍1