Tarix va Toponomika
1.53K subscribers
1.09K photos
16 videos
3 files
403 links
We opened this channel to help with "Zakovat"
Download Telegram
#shunchaki

Haid al Jazil-Hadramaut gubernatorligidagi Daw'an tumanidagi qishloqlardan biri bo'lib,2004-yil aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra 17 nafar aholi istiqomat qiladi.Qishloqning g'shtdan qurilgan binolari Vodi Davan vodiysiga qaragan ulkan tosh ustiga qurilgan

@toponomik
👍1
#shunchaki

"Orqa front" yodgorligi
Bronza va granitdan yasalgan yodgorlik,Rossiyaning Magnitogorsk shahrida joylashgan.Yakov Belopolskiy tomonidan chizilgan va Lev Golovnitskiy haykaltorishlik mahorati namunasi hisoblanadi

@toponomik
#termin
Boykot deb biror shaxs, tashkilot yoki davlatga eʼtiroz sifatida ular bilan tovar olish, sotish yoki ish koʻrishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishga aytiladi. Boykot isteʼmolchilar huquqlarini himoyalash yoki siyosiy sabablarga binoan qilinishi mumkin.
Bu termin XIX asrda yashagan Charlz Boykot nomidan kelib chiqqan.U adolatsiz ijaraga qarshi chiqqan ishchilarga qarshi kurashi bilan mashxur bo'ldi.Charlzning bu harakatlari o'z natijasini ko'rsatdi.Mahalliy aholi u bilan salomlashish va gaplashishni to'xtatdi,unga do'konlarda hizmat ko'rsatish rad etildi,cherkovda esa uning yonida hech kim o'tirmasdi.Natijada bu hikoya biz o'rganayotgan terminning paydo bo'lishiga olib keldi.

@toponomik
#shunchaki

"Uzuklar hukmdori"filmidan minora(deyarli)
Bu Shotlandiya milliy qahramoni Uilyam Uolles sharafiga qurilgan yodgorlik.Minora Stirlingda joylashgan bo'lib,u yerda 1297-yil 11-sentabrda Uolles va de Morey otryadlari Surrey ingliz grafining 10 ming jazo ekspeditsiyasini to'liq mag'lub qiladi.

@toponomik
#shunchaki
1986-yil 26-aprelda Chernobil AESda avariya yuz berdi.
Suratda:"Yadroviy hochga mixlanish" yodgorligi (A.Kovalchuk,V.Korsi)ushbu daxshatli avariyada halok bo'lganlarga bag'ishlangan.
Yodgorlikda yadroviy qo'ziqorin ichida odam qo'llari bilan yadro bulutini to'xtatadi.Xochga mixlanish bilan o'xshashlik qahramonning boshqalarning hayoti uchun fidoyiligini ko'rsatadi.Bu kuchli taassurot uyg'otuvchi yodgorlik hisoblanadi.

@toponomik
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Habibimiz
Чангларни ҳам қудуқга тўкишди...

Истунбулнинг Фотиҳ туманидаги Топкапи саройидаги музейда 5 асрдан бери Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг хирқаи шарифлари сақланади. Видеода ушбу «Has Oda» (махсус хона)нинг анъанавий 506-марта тозалаш ишлари тасвирланган. Эътиборли жиҳити шундаги ҳаттоки хирқаи шарифдан олинган чанглар ҳам эъзозланиб қудуқга тўкилган. Соллаллоҳу алайҳи васаллам...

ХИРҚА (араб. — ямоқ, қуроқ) — жунли матодан тикилган устки кийим.

———
@toponomik‌‌
#etimologiya

Rеykyavik- Islandiyaning poytaxti. Islandcha rеykya- «bug`», «tutun», vik- «qo`ltiqcha», «qishloq» ya`ni qaynar buloqlar ko`pligidan bug` otilib turadigan joy dеmakdir. 874-yilda Islandiyaga ko`chib borgan norvеglar asos solgan. 1786-yili shahar huquqini olgan. 1944-yildan Islandiya Rеspublikasi poytaxti

@toponomik
👍1
#toponim #etimologoya

Ba‘zi toponim, gidronimlar va terminlar ma‘nosi

Adan - «huzur-halovat».
Akmala - «Oq mulla».
Albaniya - «tog'lilar yeri». Alp o'zagi «tog'» ma'nosini bildiradi.
Aldan - «oltin».
Argentina - «kumush» degani (lotin).
Avstraliya - noma'lum janubiy yer (lotin).
Avstriya - «Sharqiy qirollik».
Bahrayn - «Ikki dengiz» (arab.).
Baykal - «Boyko'l».
Binokl - «ikki ko'z».
Boliviya - Ispanlarga qarshi kurash olib borgan mamlakatning 1-prezidenti Simon Bolivar sharafiga qo'yilgan.
Burundi - «rundi» tilida «gaplashuvchilar yeri» ma'nosida. I Delta - yunonlarning «delta» harfidan olingan.
Gobi - «cho'l».
Gonduras - ispancha «hurlik» so'zidan olingan.
Himolay - «qorlar makoni».
Hind - «daryo».
Indoneziya - «orollardagi Hindiston». Iroq - yahudiycha «ikki daryo oralig'i».
Irtish - «yertesh».
Islandiya - «muzlar mamlakati»., «muzlik yer».
Jazoir- «orol».
Kanada - Shimoliy Amerikaning algonquian hindu qabilasi tllida «kichik maskan» yoki «qishloq» ma'nosini bildiradi.
Kanar-«it» oroli.
Kolumbiya -Xristofor Kolumb sharafiga qo'yilgan.
Kosmos - «tartib».
Kosta-Rika - «boysohil».
Kuba - taino qabilasi tilida «Markaziy yer» degani.
Landshaft-joyning umumiy ko'rinishi ma'nosida.
Livan - yahudiycha «oq tog'».
Liberiya - lotincha «erkin».
Lyuksemburg - keltcha «kichik», nemischa «qasr» degani.
Marokash - «uzoq g'arb».
Mavrikiy - golland shahzodasi Mavrisius sharafiga deyilgan.
Michigan - «Oqtog'» (fransuz).
Missisipi - «katta daryo».
Musson - «mavsum».
Namibiya - nama tilida «hech narsa yo'q joy» degani.
Nepal - «jun bozori».
Niderlandiya - «quyi yerlar».
Norvegiya - «shimolga yo'l».
Oktyubinsk - «Oq tepa».
Oranj - Golland shahzodasi (Oronskiy nomidan).
Orbita - «yo'l iz» (lat.).
Orinoko - «daryo» (hindu).
Panama - «juda ko'p baliq» (hindular tilida).
Pekin - «shimoliy poytaxt».
Pentagon - «beshburchak».
Plankton - «adashgan».
Pluton - yerosti dunyosi (yunoncha), o'liklar saltanatining xudosi.
Pomir- «quyosh oyog'i».
Quvayt - arabcha «qo'rg'on» so'zidan olingan.
Rio-de janeyro - «yanvar daryosi».
Sahroyi Kabir- «katta cho'l».
San-salvador - «muqaddas haloskor».
Tundra - «tog' cho'li» (fin.).
Tyanshan - «osmono'par».
Venesuela - «kichik Venetsiya».
Viktoriya -g'alaba ma'budasi (rim.).
Vyetnam - «janubiy yer» (vyetnam).
Xuanxe - «sariq daryo».
Yaman - «yer cheti».
Yenisey - «enasoy».
Zambiya -Zambezi daryosi nomidan olingan.

Amur - sevgi Xudosi (rim.)
Afina - Olimpdagi yagona ayol ma'buda. Urush, g'alaba, aql ramzi, iffat homiysi (yun.)
Exolot - exo xudosi nomidan (rim.)
Mars - urush xudosi, otchopar va aloqa xizmati homiysi (rim.)
Merkuriy - Yupiterning o'g'li.Savdo-sotiq hudosi (rim.)
Neptun - oqar suv, buloq, daryo xudosi (rim.)
Titan - o'lmas xudo nomidan olingan (yun.)
Venera - bahor, sevgi va go'zallik xudosi (rim.)
Vulkan - «olov», «yong'in», «o'choq», temirchilik xudosi (rim.)

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍3❤1
#tarix

Vabo shifokori-bu O'rta asrlarda va Uyg'onish davrida shifokorlarning yangi toifasi uchun yaratilgan ta'rif bo'lib,ularning asosiy vazifasi-"bubon"li vabo yoki "qora o'lim" bilan kasallangan bemorlarni,ayniqsa epidemiyalar paytida davolash bo'lgan

@topomomik
#shunchaki

Valter Yeo-Tibbiyot tarixida birinchi marta plastik jarroh tomonidan operatsiya qilingan insonning ismi

@toponomik
#shunchaki

XIX asrning boshlarida "ustritsa"Fransiya va Angliyada go'sht uchun puli bo'lmagan kambag'allarning taomi hisoblangan.Biroq nazoratsiz baliq ovlash ustritsalarning tabiatda keskin kamayishiga olib keldi va XIX asrning ikkinchi yarmida u juda qimmatlashib noziklik va dabdabaga ahlandi

@toponomik
👍2🤮2
#shunchaki

Ferris g'ildidagi-buni odamlar an'anaviy ravishda istirohat bog'lari va dam olish maskanlari o'rtasiga o'rnatilgan ulkan ko'rgazma deb atashgan.Dunyodagi birinchi Ferris g'ildiragi 1893-yilda Chikagoda Xristofor Kolumb tomonidan Amerika kashf etilganligining 400-yilligiga bag'ishlangan Butunjahon ko'rgazmasida paydo bo'lgan.

@toponomik
#tarix

I.V.Stalinning 70 yoshga to'lishi munosabati bilan unga sovg'a qilingan eng o'ziga xos sovg'alardan biri bu polshalik (Lodz)ishchilar tomonidan yaratilgan san'at asari-globus shaklidagi telefon edi.Uning trupkasi bolg'a, dastagi esa o'roq shaklida yasalgan.
Sovg'a butun dunyoda jahon inqilobining yaqin g'alabasini va barcha mamalakatlar proletariatlarining birlashishini ramziy qilish uchun mo'ljallangan edi.

@toponomik
#shunchaki

Kinjal-Chap qo'l uchun xanjar-qilich,Italiya XVI asr.Ular dushman qurolini keskin burish orqali sindirish yoki dushman qurolini urib tushurish uchun mo'ljallangan.

@toponomik
👍2
#tarix
Falarid buqasi
Mis buqa eng murakkab va daxshatli qiynoq vositalaridan biri bo'lib,bir vaqtlar yunonlar tomonidan zolim Falaridning buyrug'i bilan yaratilgan.Qiynoq quroli butunlay misdan yasalgan buqaning hayotiy o'lchamdagi ichi bo'sh haykali edi.Buqaning yon (boshqa bir versiyaga ko'ra:orqa)tomonida maxsus eshik bor edi.Uning yordamida haykalning ichiga odam joylashtirilgan.Keyin hayvonning qorni ostida olov yoqiladi va "qurbonlik"asta sekin pishiriladi.Chiqishning esa iloji yo'q edi.

@toponomik
👍2
#tarix

Ilon bombalari-antik davrning asl quroli.
Qurolning mohiyati shundan iborat ediki-turli zaharli mavjudotlar sopol idishlarga solingan va katapultalar yordamida dushmanga qarata otilgan.Agar dushman "cheklangan joy"larda bo'lsa-ya'ni-qamal qilingan kichik shaharlarda yoki kemalarda bo'lsa,ta'sir ayniqsa kuchli bo'lgan.
Bu qurolni qo'llashda muvaffaqiyatga Karfagen qo'mondoni Gannibal erishgan.U o'z kemalarining palubasiga zaharli ilonlarni tashlab,ikki baravar katta Pergamon qiroli flotini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan.

@toponomik
👍3
#shunchaki

Fransiyaning bo'lajak qiroli Lyudovik XVI bolaligida,uning shaxsiy munajjimi har oyning 21-kuni u uchun omadsiz kun bo'ladi deb ogohlantirgan.Qirol bu bashoratdan shunchalik hayratda qoldiki u hech qachon 21-kun uchun muhim narsalarni rejalashtirmagan.Biroq hamma narsa qirolga bog'liq emas edi.1791-yil 21-iyunda qirol va qirolicha inqilobiy Fransiyani tark etishga urinayotganlarida hibsga olindi.O'sha yili 21-sentabrda Fransiya o'zini respublika deb e'lon qildi va 1793-yil 21-yanvarda qirol Lyudovik XVI gilyotinada qatl qilindi.

@toponomik
👍1😁1
#shunchaki

Eng qadimgi grafik belgilardan biri bo'lgan svastika ko'pchilik xalqlar orasida ijobiy manoga ega bo'lib,hayot harakati,quyosh,faravonlik ramzi edi.Hozir ham svastikaning natsizm bilan salbiy bog'lanishiga qaramay,ramz o'zining eski ma'nosida-masalan,Yaponiya xaritalarida Buddist ibodatxonalari belgisi sifatida qo'llanishda davom etmoqda.

@toponomik
👍1
#tarix

Amerika Qo'shma Shtatlari 1776 yilda o'z mustaqilligini e'lon qilgan o'n uchta Britaniya mustamlakalarining ittifoqi tomonidan tashkil etilgan.13 raqami AQSH gerbida tasvirlangan:Burgut boshi tepasida o'n uchta yulduzdan iborat 6 qirrali yulduz bor.Burgut chap panjasida o'n uchta ta o'q,o'ng panjasida o'n uchta bargi va o'n uchta rezavor mevasi bo'lgan zaytun novdasi bor.Shuningdek bayroqda o'n uchta qizil va oq chiziqlar mavjud.

@toponomik
❤1🔥1
#shunchaki

Qadimgi misrda mushuklar muqaddas hisoblangan.Biror oilaning sevimli mushugi vafot etganida,butun oila a'zolari qoshlarini oldirib,qoshlari o'sib chiqgunicha aza tutar edi.

@toponomik
👍1